MAVZUGA OID TARQATMA MATERIALLAR
1-Tarqatma material.
Gap tarkibidagi tobe bog’lanishni aniqlang.
Barotning haqqoniy so‘zi, hukmi mingboshini yerga kirgizib yubordi.
2-Tarqatma material.
Savolllarga javob bering
So’z birikmalari qanday aloqaga kirishadi?
Moslashuvli birikishga misol keltiring.
3-tarqatma material.
So’zlarning tobe bog’lanishini Klaster texnologiyasi orqali ko`rsatib bering.
MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1-mashq.Gaplar tarkibidagi teng va tobe bog‘langan so‘zlarni aniqlab ko‘chiring.
N a m u n a : Kuz va qishda – teng bog‘langan, sokin maskaniga – tobe
(ergash) bog‘langan.
1. Kuz va qishda moyjuvoz qo‘shadi, ko‘klam va yozda dehqonchilik qiladi. (A.Qod.) 2. Tabiatning sokin va lekin benihoya go‘zal maskaniga turli tomonlardan so‘qmoqlar ochiladi.(S.Ahm.) 3. Biz hamma bo‘rilarni, hamma qonxo‘rlarni, zolimlarni yanchib tashlaymiz! (O.) 4. Barotning haqqoniy so‘zi, hukmi mingboshini yerga kirgizib yubordi. (M.Ism.) 5. Trubkani shaqillatib tashladi-yu, motorga gaz berdi. (S.Ahm.) 6. Bu gapdan keyin Kesakpolvon bilan Chuvrindi ma'nodor ravishda ko‘z urishtirib olishdi. (T.Malik) 7. O‘ttiz besh yoshdagi Barot polvon o‘zining hyech kimda yo‘q kuchi, ajoyib va qaltis hunari bilan shuhrat cho‘qqisida turib, Madumarni o‘z ko‘lankasida qoldirib kelardi. (M.Ism.) 8. U shaharning serqatnov ko‘chalariga, gavjumroq joylariga shoshildi.(As.M.)
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLARI
Sintaktik munоsabat dеganda nimani tushunasiz?
Sintaktik alоqa haqida gapiring.
Sintaktik vоsitalarga nimalar kiradi?
Gapda so`zlar qanday usullar bilan bоg`lanadi?
Bоshqaruv alоqasi qanday rеallashadi?
Mоslashuv alоqasining хususiyalari nimada?
Bitishuv alоqasi haqida tushuncha bеring
Do'stlaringiz bilan baham: |