Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: So‘zlarning teng va ergash bo g‘lanishi (aloqasi), ergash
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B. 2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B. 3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti 4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti. 5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU. Elektron ta’lim resurslari 1. www.tdpu.uz 2.www.pedagog.uz 3.www.Ziyonet.uz 4.www.edu.uz 5. tdpu-INTRANET.Ped 5.www.Google.uz II-semestr 1-amaliy mashg’ulot Mavzu: So‘zlarning teng va ergash bo g‘lanishi (aloqasi), ergashbo g‘lanishning turlari yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.RЕJA: Teng bog’lanish. Ergash bog’lanish. So‘zlarning teng va ergash bo g‘lanishi yuzasidan mashqlar. Mavzu bayoni:Gapda so`zlar, umuman оlganda, o`zarо ikki хil sintaktik alоqa yordamida bоg`lanadi: Tеng alоqa. Tоbе alоqa. Teng aloqa yordamida o`zaro birikkan so`zlar semantik-grammatik jihatidan mustaqil bo`ladi, biri ikkinchisiga tobe bo`lmaydi, formal jihatdan bir xilda shakllanadi. Bunday aloqani yuzaga chiqaruvchi so`zlar gapda bir xil sitaktik vazifani bajaradi, bir xil so`z turkumidan ifodalanadi. Tengaloqayordamidauyushiqbo`laklarhosilbo`ladi. So`zlarningtengaloqasitengbog`lovchivazifasidakeluvchiayrimyuklamalaryordamidahamhosilqilinishimumkin. Masalan: Ona-yubola-gul-ulola. Demak, ikki va undan ortiq mustaqil so`zlarning grammatik-semantik jihatdan teng munosabatga kiruvchi teng aloqa deb aytiladi. Bunday aloqani yuzaga chiqaruvchi so`zlar alohida olinganda ham, gap doirasida ham mustaqil tushunchani anglatadi. So`zlarning tobe aloqaga kiruvchi bir so`zning ikkinchi bir so`zga semantik va grammatik jihatdan ergashib, hokim-tobelik munosabatni hrsil qilinishi natijasida yuzaga keladi. Tobe aloqa yordamida so`z birikmasi hamda gap hosil qilinadi. tobe aloqa orqali birikkan so`zlardan-komponentlardan biri hokim (bosh so`z), ikkinchi tobe (ergash so`z) bo`ladi. Hokim tobelik qo`shilmasining xarakteridan, boshqaruvchi so`zning semantik hamda so`z formasi va so`z tartibidagi almashinib turadi. Tobe aloqada so`zning ma’nosini aniqlaydi, konkretlashtiradi, to`ldiradi, izohlaydi, unga qo`shimcha ma’no beradi. Hokim tobelikni belgilashda komponentlarning faqat ichki ma’no tomoni asos qilib olinmaydi. Aks holda Navoiy g`azali (g`azal Navoiyniki), temirchining qizi (qiz temirchiga qarashli), daraxtning bargi (barg daraxtniki) kabi birikmalarda aniqlovchi komponent hokim, aniqlanuvchi komponent tobe hisoblangan bo`lar edi. Holbuki, grammatika til faktlarini o`rganayotganda, uning formasini, grammatik ma’nosini hisobga oladi. SHuning uchun ham yuqoridagi birikmalarda mantiqan hokim bo`lak aniqlovchi komponentlar hisoblansa-da, grammatik jihatdan hokim bo`lak aniqlanuvchi komponentlardir. Tobe komponentlarning ergashtiruvchi vositalar (kelishik qo`shimchalari, ko`makchilar) bilan kelishi ham hokim so`zning talabi bilan bo`ladi: Baxtga erishmoq, ozodlik uchun kurashmoq, sizni ko`rmoq, telefon orqali gaplashmoq kabi. Komponentlar ichki ma’no yaqinligi tufayli munosabatga kirishganda, hokim-tobelikni ko`rsatuvchi formal belgilar bo`lmaydi. Bu vaqtda so`z birikmasining hokim va tobe komponentini shu birikmaning umumiy semantikasidan bilib olish mumkin. Masalan: qiziqarli kitob narsaga oid (tobe hokim), tez yurmoq-belgi harakatga oid (tobe-hokim). Hokim tobelikni aniqlashda so`z tartibi ham katta rol o`ynaydi. O`zbek tilida hokim komponent ko`pincha tobe komponentdan so`ng joylashadi: Alisherning asari, chiroyli shahar, Vatanni sevmoq, yaxshi o`qimoq. Tobe aloqa uch xil sintaktik aloqa usulini o`zida mujassamlashtiradi: Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling