Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Modal so‘zlarning tahlili
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Undovlarni tahlil qilish tartibi
- Taqlid so‘zlarni tahlil qilish tartibi
- Mavzu yuzasidan tarqatma materiallar Modal so`zlarni aniqlang va ma’nosini izohlang.
Modal so‘zlarning tahlili
Ma’no turi. Qaysi turkumdan o‘sib chiqqanligi. Qo‘llanishiga ko‘ra turi. Sinonimi. Gapdagi vazifasi. Namuna: --chindan-chindan: mundan so‘ng Toshkand bormayman, - dеgan javobni bеrar edi (A.Qodiriy). Chindan – chindan – modal so‘z. 1. Fikr aniqligini ifodalovchi modal so‘z. Fikrning rostligi ta’kidlanyapti. 2. Sifatdan o‘sib chiqqan: chin+dan. chin - qanday so‘rog`iga javob bo‘ladi. 3. Takror holda qo‘llangan. 4. Rostdan, haqiqatdan. 5. Kirish so‘z. Undovlarni tahlil qilish tartibi Ma’no turi. Qo‘llanishiga ko‘ra turi. Otlashgan-otlashmaganligi. Gap mazmuni bilan aloqasi va qo‘llanish o‘rni. Sinonimi. Gapdagi vazifasi. Namuna: Oh, bеvafo dunyo! (P.Qodirov) 1.Holat undovi. Afsuslanish ma’nosini ifodalagan. 2.Yakkaholdaqo‘llangan. 3.Otlashmagan. 4.Gap mazmuniga mos. Gapning boshida kеlgan. 5.Eh. 6.Kirish so‘z. Taqlid so‘zlarni tahlil qilish tartibi: Ma’no turi. Qo‘llanishiga ko‘ra turi. Otlashgan – otlashmaganligi. Gapdagi vazifasi. Namuna: Uzoqdan duk-duk ovoz kеlardi. Duk-duk – taqlid so‘z. 1.Tovushga taqlid. Jonsiz, qattiq jismlar tovushiga taqlid. 2.Takror holda qo‘llangan. Tovushning davomiyligini, takrorlanib turishini anglatadi. 3.Otlashmagan. 4.Aniqlovchi vazifasida kеlgan. Mavzu yuzasidan tarqatma materiallar Modal so`zlarni aniqlang va ma’nosini izohlang. 1.Nihoyat, Alisher jilmaydi va Jomiyga ta`zim qildi. (L.Bat) 2.Darhaqiqat, uni qayta birinchi kursga qabul qilishdi. (S.An) 3.Chamasi, u yangilikka ishonch bilan qaraydigan, zehnli odam edi. (J.Adb) 4.Xullas, haqiqat doimo g`alaba qilib kelgan.(J.Abd) Testlar 1. Qaysi gapda modal so‘z bor? A) Balki, uning kimligini aftidan bilsa bo‘lar. B) Obbo, yana ish pachava deng. C) Bu yil hamma fanlarni «a’lo» bilan yakunlashim shubhasiz. D) Ofarin, azamatlar, ishni do‘ndiribsiz. 2. Qaysi gapdagi chamasi so‘zi gap bo‘laklaridan vergul bilan ajratilmaydi? A) Ertaga havo ochiladi chamasi. B) Kechasi chamasi bir oz yomg‘ir yog‘di. C) Chamasi Nodir bu gapni eshitdi. D) Uning amasi to‘g‘ri chiqdi 3. Quyidagi sifatlardan qaysi biri modal so‘z vazifasida qo‘llanishi mumkin? A) to‘g‘ri B) tabiiy C) yaxshi D) A, B, C 4. Otlashgan taqlid so‘z qaysi gap tarkibida qo‘llangan? A) Yomon ishning oxiri voy. B) Mayna uyda yolg‘iz o‘tirib, uy tomini chertayotgan yomg‘irning taqir-tuqurini tinglardi. C) Suvning shildir-shildiri kuchaydi. D) B, C. 5. Tovushga taqlidni bildiruvchi so‘z qaysi gap tarkibida qo‘llangan? A) Osmonda yulduzlar g‘uj-g‘uj. B) Bay-bay, zap choy bo‘libdi-da. C) Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi. D) Ko‘chadan mashinalar viz-viz o‘tadi. 6. Tarkibida haydash-chaqirish (buyruq-xitob) undovi bo‘lgan gapni aniqlang. A) Salom, ey yulduzlar, oshnolarim! B) «Chu» deb otini savaladi. C) Er kurrasida qadim-qadim zamonlardan yangragan musiqiy «Qur-ey!» bundan keyin ham tinmaydi. D) B, C. 7. Ha, albatta, qatnashamiz! E, otangizga rahmat! Barakalla, do‘stim! Ushbu matndagi undov so‘zlarni toping. A) ha, albatta, e B) rahmat, barakalla C) e D) e, barakalla, rahmat Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling