Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


SAVOL-JAVOB ASOSIDA TALABALAR BILIMINI ANIQLASH VA MUSTAHKAMLASH


Download 4.13 Mb.
bet236/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

SAVOL-JAVOB ASOSIDA TALABALAR BILIMINI ANIQLASH VA MUSTAHKAMLASH:
1. Yordamchi so`zlar turkumi deb nimaga aytiladi.
2. Ko`makchi nima?
3. Ko`makchining qanday turlari bor?
4. Ko`makchilar qanday qo`llanadi?
5. Bog`lovchi nima?
6. Bog`lovchining qanday turlari bor?
7. Yuklama deb nimaga aytiladi?
8. Yuklamaning qanday turlari bor?


Uyga vazifa:
1-topshiriq: Ko‘makchilarni topib, ularni bog‘lanib kelayotgan so‘zlar bilan qanday so‘roqqa javob bo‘layotganligini va qanday gap bo‘lagi vazifasida kelayotganligini aniqlang.
1. Mehnat, bilim va qunt bilan kular chin havas.
2. Ko‘rishmoq uchun u uzoqdan quchoq ochib keldi. (O.)
3. Daryoning u betiga ko‘prik orqali o‘tdik.
4.Beg‘ubor osmonda tayyora qanotlari kumush kabi yaltirab ko‘rindi.
5. Jamoa xo‘jaligi a'zolari dala tomon yo‘l oldilar.
6. Sug‘oriladigan ekin maydonlari yil sayin ko‘paytirilmoqda.
7. Sut bilan kirgan, jon bilan chiqar. (Maqol)
2-topshiriq: Ko‘makchilarning qanday sintaktik munosabat ifodalayotganini, ularning mustaqil so‘zlardan farqini ayting.
1. Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan.
2. Ertaga albatta mening qoshimga keling.
3. Taqdirni qo‘l bilan yaratur inson, g‘oyibdan kelajak baxt bir afsona. (G‘.G‘.)
4. Toshpo‘latov uch kundan beri shu yerda. Kecha kun bo‘yi tepalik yonida g‘isht quyayotganlar bilan birga bo‘ldi. (R.F.)
5. Inson so‘zlash qobiliyati orqali hayvonlardan farq qiladi .
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling