Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
Mavzu yuzasidan mashqlar.
1-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi ko‘makchilarni aniqlang. 1. Kun botishda anhor bo‘yida salqin nam havo yutib o‘tirishning gashti-safosiga nima yetsin! (H.G‘.) 2. Mana bir qish kechasi qanday dahshatli qo‘rquv, tahlika ostida bu uyga kirib, Yo‘lchi bilan bir necha minutgina so‘zlashishga jur'at qilgan edi! (O.) 3. Qishlog‘ida, shunday uylarining ichida, toqiga yopishtirib qaldirg‘och uya solgan edi. (O‘.H.) 4. Qayoqdan qayoqqa mashina, ot-arava ovora, odam ovora qilib paxta tashigandan ko‘ra yonginangda hammasi ro‘yobga chiqqaniga nima yetsin.(J.Abd.) 5. Mana shu kundan boshlab, Yo‘lchi shu qizning asiri, maftuni bo‘ldi.(O.) 6. Odamlar, o‘g‘ri devorni qachon va qanday asbob bilan teshgani, ho‘kizni qaysi tomonga olib ketgani, uni qaysi bozorda sotishi mumkin ekanligi to‘g‘risida bahslasha-bahslasha tarqaldi. (A.Q.) 7. Ammo nima uchun bunday qildi – Anvar uchun ham, uning atrofidagilar uchun ham sir edi. (T.Malik) 8. Sen borsanki, kelajak quyosh kabi munavvar, Gulshanimga mal'un yov yaqin kelmas, yo‘lamas. (S.Z.) 9. Karomatov unga Akbarov va Toshev haqida savollar berdi. (P.Q.) 10. Beda orasi juda issiq, go‘yo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. (O.) 11. O‘g‘lining ham o‘zi kabi bo‘lmog‘i-chun Mamaniyoz sarf qilarkan butun kuchin.(G‘.G‘.) 2-mashq. Teng bog‘lovchilarni guruhlarga ajratib yozing. 1. Umarali dam kulardi, dam xafa bo‘lardi. (O.) 2. Devordan va yerdan namunalar olib, maxsus xaltachalarga soldi. (S.Karomatov) 3. Abror Shukurovich Otaqo‘zining o‘rinsizroq maqtovidan xijolat chekdimi yo boshi xumdek bu baquvvat cholning savlati bosdimi, iymanibroq ko‘rishdi. (O.Yo.) 4. Bu manzara Saidiyga ilgarigidan ham yoqdi, ammo uyning xilvatligi yo‘qolganday o‘ldi. (A.Q.) 5. Qachon ko‘rsang, kutubxonada yoki yotoqxonada muk tushib mutolaa qilayotgan bo‘ladi. (Sh.) 6. Valixon so‘fi o‘n kuncha goh o‘zidan ketib, goh o‘ziga kelib, ko‘ziga allanimalar ko‘rinib ketdi. (A.Q.) 7. Shu ayolni qaerdadir ko‘rganday bo‘ldi, lekin harchand xotirlamasin, yodiga keltirolmadi. (Olmos) 8. Ammo-lekin ko‘nglim to‘ldi: ana shu shivir-shivirchi otamiz bo‘ladi. (T.Murod) 9. Yormat eski mijozim ham chin musulmon odam. (O.) 3-mashq. Yuklamalarni tuzilishiga ko‘ra turlarga ajratib yozing. 1. Kim biladi, balki Vahobjon afsonavor bu oqshomda o‘z baxtini, muhabbatini qo‘riqlayotgandir. (S.Ahm.) 2. Topdi-yu, shu ondayoq qayta yo‘qotdi. (S.Anorboev) 3. Uning qahqahasi bir lahzada arazga aylanar, qanday bo‘lmasin, bir bahona topib, kelinoyilari va hatto akasi bilan ham tez-tez aytishib olar edi. (O.) 4. Yaxshiyam o‘zi kelmabdi... Bo‘lmasa, haligacha necha marta ko‘z yoshini to‘kib, tirikchiligidan zorlangan bo‘lardi. (O.) 5. Shunday ajoyib odamlar bo‘ladilarki, ulurni mansab ham, daraja ham, shon-shuhratlar ham o‘zgartirmaydi. (H.G‘.) 6. – Shunday odamni yolg‘iz tashlab-a! Unda mendan xafa bo‘ladi-ku? Yo‘q, qittay xafa qilishni istamayman. (J.Abd.) 7. Mana shunaqa janjal qilishingizni bilib aytmay yurgan edim-da! – dedi past tovush bilan. – Siz nima, bu yerda hammaga tomosha bo‘lib urishmoqchimisiz? (P.Q.) 8. Qarang, qanchadan-qanchasi isrof bo‘lyapti, axir, bu yerda hir bir qadog‘i qimmat-ku! (M.G.) 9. Qandoq qilamiz, eng kamida sakson kilometr yo‘l bosib kelsa-yu, bolasini ko‘rolmay ketsa, yaxshimas-da, doktor. (S.Ahm.) 10. Bundan buyon sira minmaganim bo‘lsin, necha marta naq uchib ketay-ketay dedim. (O.) 11. Xuddi oq yaktak kiygan chavandozga zxshaydi. (O‘.Umarbekov) 12. Shu xotinni ko‘rganimda “Nima balo, qiladigan ishi yo‘qmi, nevaralarining yirtiq-yamog‘iga qarasa bo‘lmaydimi” deb dilimdan o‘tkazaman. (S.Ahm.) Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling