Uyga vazifa:
1-topshiriq. Ravishga berilgan to‘g‘ri va to‘liq javobni aniqlab, tushuntiring.
A. Ish-harakat va holatning belgisini bildirgan so‘z turkumi ravish deyiladi.
B. Ish-harakatning belgisini - holatini, paytini, o‘rnini, daraja-miqdorini bildirgan so‘z turkumi ravish deyiladi.
S. Mustaqil ma'noli o‘zgarmas so‘zlar ravish deb nomlanadi.
D. Ravishlar fe'l bildirgan harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o‘rni, maqsadi, daraja-miqdorini bildirgan so‘zlardir.
E. Ravish, asosan, ish-harakatning belgisini bildirib, fe'lga bog‘lanadi, shuningdek, belgini bildirib sifatga, ravishga, ba'zan predmetning belgisini bildirib otga bog‘lanadigan so‘zlardir.
2-topshiriq. Ravish so‘zlarning o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan birikkandagi ma'nolarini aniqlang va tushuntiring.
A. Tez o‘qidi, bugun o‘tkaziladi, uzoqdan ko‘rindi.
B. Juda chiroyli, g‘oyat go‘zal, nihoyat tez.
S. Fidokorona mehnat, oqilona ish, tonnalab paxta.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.Ziyonet.uz
4.www.edu.uz
5. tdpu-INTRANET.Ped
5.www.Google.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |