Qo‘shma ravishlar ikki so‘z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi.
Juft ravishlar ikki so‘z asosining teng bog‘lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi.
Takroriy ravishlar esa bir so‘z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o‘zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a kabi.
Takroriy ravishlar so‘zning leksik ma’nosini o‘zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo‘shimcha ma’nolarni ifodalab keladi.
Ravish tahlili namunasi
1. So‘rog‘i.
2. Ma’no turi.
3. Darajasi.
4. Otlashgan yoki otlashmaganligi.
5. Tuzilish turi.
6. Tub yoki yasamaligi.
7. Gapdagi sintaktik vazifasi.
Namuna: U sеkin qo`l ko`tardi.
Sеkin – ravish; qay holda? holat ravishi; oddiy daraja; tub ravish; otlashmagan; kеsimga bog`lanib ish-harakatning bajarilish tarzini, holatini ifodalagan; gapda ravish holi vazifasida kеlgan.
Mavzu yuzasidan tarqatma materiallar.
1-tarqatma material
Otlashgan va otlashmagan ravishlarni ikki guruhga bo‘lib yozing.
1. Ko‘pga kelgan to‘y ekan, qandoq qilay, qirq yil qirg‘in bo‘lsa, ajali yetgan o‘ladi, ishqilib yolg‘izim sog‘-omon kelsin. (S.Ahm.) 2. Ikromjon butun borlig‘ini, bugunini, ertasini bag‘ishlagan yolg‘iz farzandiga qarab birdan jirkandi.(S.Ahm.) 3. Gulnor titroq lablari bilan bazo‘rgina: “Yaxshi... ammangizni sevintiring, man nima?” – dedi-da, kir yoyishni bahona qilib uzoqlashdi. (O.) 4. Yulduzlar juda yaqinda chaqnayotganidan, mashinaning old oynasiga tushgan oy yorug‘idan yo‘lni durust ilg‘ab bo‘lmas edi. (S. Ahm.) 5. Ertaga. Lekin bu yerdan hozir, darhol jo‘namog‘im kerak.
2-tarqatma material
Quyidagi so’zlardan ravish yasovchi qo’shimchalar yordamida ravish yasang.
do`st,dehqon,taxmin, butun,yashir, ko’p,qator, tirik,mard, yigit.
Do'stlaringiz bilan baham: |