SAVOL-JAVOB ASOSIDA TALABALAR BILIMINI ANIQLASH VA MUSTAHKAMLASH:
O‘zbek tilida fe’llar necha xil usul bilan yasaladi?
Fe’lning tuzilish jihatdan turlarini ayting.
Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllarini aytib bering.
Fe’llarda modal ma’no qanday ifodalanadi?
Ko‘makchi fe’llar haqida gapiring.
To‘liqsiz fe’llarni sanab bering.
Uyga vazifa:
1-topshiriq.Harakatning kuchli va kuchsiz darajasini ifodalovchi fe'llarni topib ko‘chiring, qo‘shimchalarning tagiga chizing.
1. Kundan–kun jussam to‘lishib bormoqda, rangim qip-qizil, baquvvatlashib ketganman.(G‘.G‘.) 2. Uning turayotganini ko‘rgan Omon Ikromov yugurgilab keldi-da, uni qo‘ltig‘idan ushlab turishga yordam berdi.(To‘xtamish, Hakimbek) 3. Uning ko‘ngli g‘azabli faryodga o‘xshash bir to‘lqin bilan to‘lishdi.(As.M.) 4. Shoshmay tursang-chi, hyech narsani tushunmay, nimalar deb vaysalayapsan? (To‘xtamish, Hakimbek) 5. Xotin bir oz ozib, rangi sarg‘ayinqiragan bo‘lishiga qaramay, yuzlarida o‘tkir husnning izlari barq urib ko‘rinib turardi.(G‘.G‘.)
1-topshiriq.Fe'llarni tuzilishiga ko‘ra turlarga ajratib yozing.
1. Shokir ota uncha ro‘yxush bermaganini payqaganidan gapning po‘skallasini aytdi-qo‘ydi: - Unsin qalay? – so‘radi tishlarini tirjaytirib. (O.) 2. Shoyad qizim yayrab-yashnab ketsa, deb umid qilgan edim, shu vajdan menga ma'qulday ko‘ringan edi... (O.) 3. – Ie, ana, qara, qara! – deydi Hulkarga. – Ana u soch qo‘ygan yigit Akmalmi? (P.Q.) 4. Qani og‘zimga gap kelsa, tilim o‘lgurga kaltak keldi-qo‘ydi. (S.Ahm.)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |