Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet223/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Mavzu yuzasidan mashqlar
1-mashq. Yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasalgan fe'llarni topib ko‘chiring, fe'llar qaysi turkumdan yasalganini aniqlang.
1. Issiq qaytib, odam siyraklashib qolganda, Eshonboev keldi. (P.Q.)
2. Cholning qo‘lidagi miltiqning uchi unga to‘g‘rilangan, cholning ikki ko‘zidan o‘t chaqnardi. (S.Ahm.) 3. Bunday so‘zlarni eshitganida Asadbek qanday ajablangan bo‘lsa, hozir Manzura ham shunday taajjublandi. (T.Malik) 4. G‘oyibnazarni yangi mavsum oldidan hisobchilikdan bo‘shatishdi. (O.Yo.) 5. Shamni o‘chirganda, atrof oqarib, havoda tong shabadasi g‘irillar edi. (O.) 6. Qani ayting-chi, onasining dardli hayotini ko‘rib ulg‘aygan odam ayolga qo‘l ko‘tarishi yoki haqorat qilishi mumkinmi? (T.Malik) 7. Uning gaplari Nurmat tog‘aning qulog‘iga kirmaydi, boshi g‘uvillab, ko‘zlari tinib, holsizlanib kursiga o‘tirib qoladi. (S.Ahm.) 8. Bularni ko‘rganda Saidiy afsuslanar edi: “Shular ham student!” (A.Q.) 9. Qish-qirovli kunlar xayrlashdi. (G‘.G‘.) 10. Rashid bu g‘ovg‘aning sababini tez angladi: oshig‘ich chekinish. (O.) 11. Nima bo‘ldiki, chol kutilmaganda cho‘lga otlanib qoldi. (S.Ahm.) 12. Bu odamlar Saidiyga mavzular berar va yozishda ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirar edi. (A.Q.) 13. Uch kishilashib arang uchta olchani uzib olib og‘izlariga solishsa – g‘ajir-g‘ujur toshginaning o‘zi.(G‘.G‘.)


2-mashq. Gaplar tarkibidagi qo‘shma fe'llarni aniqlab, “fe'l + fe'l” va “boshqa turkum + fe'l” tarzida guruhlarga ajratib yozing.

1. Qosimtoy filbonlarni hind tarjimon orqali so‘roq qila boshladi. (P.Q.) 2. – Qaydan bilay, yana domla pochchamning jahllari chiqmasin, deb ikkinchi so‘roqdayoq javob berib qo‘ya qoldim. (O.) 2. – Bizga va'da bergan hofiz kasal bo‘lib qolibdi-da. (P.Q.) 3. Lekin shu onda nimadir «qars” etdi. (O.) 4. Kechki shamol g‘irillab, dimoqqa xushbo‘y hidlar olib keladi. (I.R.) 5. Qobil bobo hamyonini qoqishtirib, borini ellikboshiga berdi, yana qancha duo qildi. (A.Q.) 6. Davolovchi vrach Latofatning hampalatasini emlash bahonasida olib chiqib ketdi. (T.Malik) 7. Saidov qanday masala bilan chaqirilayotganini va qanday materiallar olib borish kerakligini so‘raganda, Kamolov hyech narsa olmay, shunday kelaverishini tayinladi. (H.G‘.) 8. Tog‘am qancha nasihat qildi, men bilan qancha gaplashdi. (O.) 9. Jiyan, aqling bo‘lsa, kishining bir tiyiniga xiyonat qilma. (O.) 10. Qachon ko‘rsang, kutubxonada yoki yotoqxonada muk tushib mutolaa qilayotgan bo‘ladi. (Sh.) 11. Ko‘zimga allanima ko‘rindi, o‘zimni bosishga harakat qildim. (Mopassan)


12. Katta davrada nimanidir tomosha qilishyapti. (I.R.)
3-mashq. Fe'llarni tuzilishiga ko‘ra turlarga ajratib yozing.
1. Shokir ota uncha ro‘yxush bermaganini payqaganidan gapning po‘skallasini aytdi-qo‘ydi: - Unsin qalay? – so‘radi tishlarini tirjaytirib. (O.) 2. Shoyad qizim yayrab-yashnab ketsa, deb umid qilgan edim, shu vajdan menga ma'qulday ko‘ringan edi... (O.) 3. – Ie, ana, qara, qara! – deydi Hulkarga. – Ana u soch qo‘ygan yigit Akmalmi? (P.Q.) 4. Qani og‘zimga gap kelsa, tilim o‘lgurga kaltak keldi-qo‘ydi. (S.Ahm.) 5. – Ovora bo‘psiz-da. Qancha yo‘l! – Nimaga ovora bo‘larkanman – samolyotga o‘tirdim-u lip etib uchdim-keldim! (E.A'zamov) 6. Qandayin hol, ekib-yig‘ib o‘zing qolsang g‘aramsiz, Bola-chaqa...mahsharda ham azob... paymona to‘lsa! (T.Ibrohimov) 7. U o‘rtada uyilib yotgan xil-xil to‘nlarni mol ko‘rmagan, dunyo ko‘rmagan kishi zavqi va maroqi bilan emas, bunday molu matolarni ko‘ra-ko‘ra, qo‘lidan o‘tkaza-o‘tkaza shinavanda bo‘lib qolgan savdogar sovuqqonligi bilan bir-bir ko‘zdan kechira boshladi. (M.I.) 8. Qosimtoy filbonlarni hind tarjimoni orqali so‘roq qila boshladi. (P.Q.) 9. Kishi ziyofat tadorikini qilgandan keyin, albatta, bordi-keldini taroziga tortib pishirmaydi...(A.Qod.) 10. Bir oydan beri keldi-ketdi, uyda halovat yo‘q...(O.Yo.) 11. Jiyani Otaqo‘zi bosh-qosh bo‘lib, bir kunda ko‘chirdi-keldi.(O.Yo.)

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling