Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllari (formalar)


Download 4.13 Mb.
bet221/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllari (formalar). O‘zbek tilida fe’l o‘ziga xos turli modal ma’nolarga (qo‘shimcha ma’nolarga) ega. Fe’llardagi modal ma’nolar sintetik shakl, analitik shakl, juft va takroriy shakllar vositasida ifodalanadi.
Fe’ldagi modal ma’no sintetik shakl vositasida ifodalanganda, fe’l negiziga ish-harakatning davomliligi, takroriyligi, kuchsizligi kabi qo‘shimcha ma’nolarni qo‘shadigan shakl yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shish bilan hosil qilinadi. Fe’llarda modal ma’no yasovchi affikslar quyidagilar:
1) –la affiksi fe’l negiziga qo‘shilib, takror, davomiylik ma’nosini bildiradi: savala, ishqala, tirnala, cho‘qila kabi;
2) –gila (-kila, -qila, -g‘ila): yugurgila, turtkila, tortqila, ezg‘ila kabi. Bu affikslar ham fe’l negiziga qo‘shilib, harakatning davomiyligi, takror ma’nosini bildiradi;
3) –(i)msira, -(i)nqira: yig‘lamsira, kulimsira, oqarinqira kabi. Bu affikslar fe’l negiziga qo‘shilib, harakatning kuchsizlanishini bildiradi;
4) –(i)sh affiksi ham harakatning kuchisizligini bildiradi: oqarishdi, to‘lishdi kabi;
5) -qilla: chopqilla. Bu affiks fe’l negiziga qo‘shilib, harakatning zudlik bilan bajarilish ma’nosini bildiradi.
Fe’ldagi modal ma’no analitik shakl vositasi bilan ham ifodalanadi. Bunday shakl ko‘makchi fe’llar va to‘liqsiz fe’llar yordamida hosil qilinadi: yozib ko‘r, aytib chiq, ko‘ra qol, so‘zlay boshla, borar edi, kelgan emish, olgan ekan kabi.
Ko‘makchi fe’llar bilan shakllangan qo‘shilmalar ikki so‘z shaklidan tashkil topib, birinchi qism leksik ma’no ifodalaydi. SHu tufayli etakchi fe’l deb yuritiladi; ikkinchi qism esa unga birikib grammatik ma’no ifodalaydi va ko‘makchi fe’l sanaladi. Ko‘makchi fe’llar etakchi fe’lning ma’nosiga qo‘shimcha modal ma’nolar qo‘shadi.
Fe’l tahlili namunasi:
1. So‘rog‘i.
2. Bo‘lishli yoki bo‘lishsiz¬ligi.
3. O‘timli yoki o‘timsizligi.
4. Nisbati.
5. SHaxs-soni
6. Zamon turi.
7. Mayl turi.
8. To‘liq yoki to‘liqsizligi.
9. Yetakchi, ko‘makchi fe’llar aniqla¬nadi.
10. Vazifadosh (xoslangan) shakllari.
11. Tuzilish turi.
12. Tub yoki yasamaligi.
13. Gapdagi sintaktik vazifasi
Namuna: Yana o`shanday qayg`uli ovoz eshitildi (T. Qaipbеrgеnov).
Nima qildi? Bo`lishli, o`timsiz, majhul nisbat –il, aniqlik xabar maylida, III shaxs birlik shaklida, o`tgan zamon, yaqin o`tgan zamon shakli, sodda fе’l, gapda kеsim vazifasida kеlgan.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling