1-Mavzu: Harakatlarga o’rgatish bosqichlari. Reja
Download 22.02 Kb.
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatlarning tavsifi
- Tananing vertikal (tik) holati
1-Mavzu: Harakatlarga o’rgatish bosqichlari. Reja: Harakatlarning tavsifi. Harakat koordinatlari,harakatning yo’li, yo’nalishi, amplitudasi, tezligi, davomiyligi. Harakat tempi,ritmi. Harakat kuchi Harakatlarning tavsifi Jismoniy madaniyat nazariyasi, jismoniy tarbiya fanining o’qituvchilari, mutaxassis trenerlar, jismoniy madaniyat mashg’ulotlarining faollarigina emas, balki jamiyat a’zolarining barchasi o’zining harakat akti yoki harakat faoliyatlarini tahlil qilibgina qolmay, kasbdoshi, tengdoshi, farzandi va boshqalarning harakatlarini ham tahlil eta olish malakasiga ega bo’lishi davrimizning talabidir. P.F.Lesgaftning qayd qilingan fikri o’zining mohiyatini hozirgacha ham yo’qotgani yo’q. Harakatlar tananing fazodagi (bo’shliqdagi) holatiga qarab, uni bajarishdagi traektoriyasiga (yo’li), harakatning yo’nalishiga, harakat amplitudasi (og’ishi)ga qarab; bajarish uchun sarflangan vaqti, harakatning tezligi, harakatning davomiyligi (uzunliligi), tempi, ritmi, kuchiga qarab tavsiflanadi. Yuqorida qayd qilingan harakat holatlarini tahlil qilish malakasiga ega bo’lsak, harakatlarni tavsiflay olishimiz mumkin. Tananing holati (pozasi) – bo’g’inlar, tananing qismlari (bo’laklari)ning harakati uni fazoda harakatlanishning ma’lum elementlarini yuzaga keltiradi. Gavda qismlarini fazoda bir tomonga og’gan, enkaygan, bukraygan, ayrim a’zolarimizni esa yig’ishtirilganligi yoki cho’zilganligi va boshqalar holatida kuzatamiz. Har qanday harakatlar davomida bu pozalar, turish holatlari uzluksiz o’zgarib turishi va o’z navbatida bu organizmga yoki ayrim a’zolarimizga jismoniy yuklamalar tushishishi bilan kuzatiladi. Bu holatlar organizmga o’z navbatida jismoniy yukning hajmini ortishi yoki pasayishi bilan kechadi. Tananing vertikal (tik) holati - osilish va tayanishlar, gorizontal (yotiq) holatlari, yotiq holatdagi muvozanat saqlashlar, aralash osilishlar, tayanishlar va boshqalar. Tanani engashtirilgan, buklangan holatlari: tayanib yotishlar, enkaygan holda oyoqlar bilan oldinga, orqaga, yon tomonlarga “katta qadamlar”. Tananing ayrim bo’g’inlari harakatlari - inson jismining ajratib olingan qismidagi ikki biologik zvenoni fazoda turish joyining o’zgarishi bo’lib, bukish va to’g’rilashdek sodda harakat vazifalarini hal qilishga yo’nalish berishi mumkin. Individning harakat faoliyati, uning jismi bo’g’inlaridagi harakatlar, bir vaqtning o’zida bajariladigan, ketma-ket, qatorasiga, ohista navbatma-navbat, yoki davomiyligi qisqa, uzun bo’lgan harakatlarga birlashishi mumkin. SHuni xisobigagina harakatlarning eng soddasidan o’ta qiyin bo’lgan harakat vazifalarini hal qilish imkoni yaratiladi. Download 22.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling