1-Mavzu: Harakatlarga o’rgatish bosqichlari. Reja
Download 22.02 Kb.
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatning tempi (sur’ati)
- Harakat ritmi
Harakatning davomiyligi - bajarilishining uzunligi. Harakatning uzoq
davom etishida asosiy rolni tananing qismlari egallaydi. Mashqni bajarilish vaqtini o’zgartirib, ya’ni bajarilish vaqtini ozaytirib yoki ko’paytirib darsning, mashtulotning umumiy nagruzkasiga ta’sir etish mumkin. Ayrim mashqlar texnikasi tarkibida harakatni (harakatlarni) ayrim zvenolarining ijrosi nisbatan uzoqroq davom etadi, masalan, uloqtirish uchun yugurish, suzishda quloch otish, chang’ida sirg’anish va h.k.larning ahamiyati katta. Shug’ullanish yoki musobaqa davomida bajarilayotgan ish yoki uning vaqti haqida axborotlar berib borish bilan harakatlarning davomiyligi haqida lozim bo’lgan tushunchalarga ega bo’lishimiz mumkin. Harakatning tempi (sur’ati) deganda harakat akti, faoliyati tsikli (davri)ning qaytarilish chastotasi yoki ma’lum vaqt birligi ichida bajarigan harakat tushuniladi. Yurish tempi minutiga 120-140 qadamdan, eshkakni suvga botirish tezligi 30-40 marotaba bo’lishi mumkin. Temp (sur’at) bilan tezlikni farqlashimiz lozim. Masalan, qo’lni bir tempda turli balandlikka ko’tarish va tushurish harakatini takrorlash mumkin, lekin bunda qo’l harakati tezligi turlicha bo’lishi, yugurish kadamlarining uzunligi bir hil bo’lmasa-da, qadam chastotasi maromli bo’lsa, yugurishning tezligi turlicha bo’ladi. Harakat ritmi deganda, aktiv muskul zo’riqishi va uni taranglashishini ma’lum vaqt ichida passiv va kuchsiz harakat fazalari bilan bog’liq holda namoyon bo’ladigan xarakterli tomonlarini tushunamiz. Bu xususiyat faqat harakat faoliyatidagina emas, har qanday to’liq harakat aktida ham mavjud bo’ladi. Shunday qilib, harakat ritmi fazoda ma’lum vaqt davomida harakat tizimi tarkibidagi muskul zo’riqishini nisbatan to’g’ri va o’z o’rnida uyushtirilishi bilan muvofiqlashish oqibatidir. Boshqachasiga aytganda harakat texnikasining umumlashtirilgan tasnifi (xarakteristikasi) harakatning ritmi deb tushuniladi. Har qanday, xatto noto’g’ri bajarilgan harakat akti tarkibida ham (harakat bo’laklarining uzun qisqaligi bilan bog’liq) ma’lum harakat ritmi mavjud. Demak, harakat ritmi ratsional, to’g’ri, yuqori natijasiga olib keluvchi yoki noratsional, noto’g’ri, natija samarasini pasaytiruvchi bo’lishi mumkin. Ritmning majburiy sharti mavjud harakat tarkibida kuchli, uni boshqa bo’laklariga nisbatan urg’u beradigan, e’tiborga loyiq, harakat tarkibidagi xodisa (harakat)ning mavjudligi va uning ma’lum vaqt intervalida takrorlanishidir. Ritm - harakat texnikasining mazmunini umumlashtirilgan tasnifi deb qaraladi. Trenirovka mashg’ulotlari ta’siridan zo’riqishning keskin kuchayishi va pasayishi hamda harakatning aktiv va passiv fazalarining davomiyligi cho’zilishi mumkin. Yuqori malakali sportchilarda harakat ritmi standart sharoitda turg’un xarakterda bo’ladi. Har qanday aniq harakat faoliyati ma’lum shaxs tomonidan texnik jihatdan yuqori harakat maqomi darajasida bajarilsa bizning e’tiborimizga shu mashqni bajarishdagi ratsional ritm diqqatimizni tortadi. Lekin bu ritmni har qanday harakatga ham abstrakt holda qo’llash mumkin bo’ladigan “ritm” deb qarab bo’lmaydi. Har bir sportchining individual xususiyatlari evaziga harakatni bajarishda o’z ritmi bo’ladi. Lekin ritmdagi variatsiya belgilangan chegarada ham ushbu faoliyatning asosiy ratsional strukturasidan chiqmasligi kerak. Shunga ko’ra, ritm harakat faoliyati tarkibidagi alohida-alohida elementlarni bir butun qilib bog’laydi, harakatni tezlashtirish yoki sekinlashtirish bilan uning umumiy ritmik shakli o’zgarmaydi. Jismoniy mashqlarning ritmlari inson tomonidan ongli ravishda ratsional texnikaning ob’ektiv qonunlari asosida shakillantiriladi va boshqariladi. Ta’lim jarayonida shug’ullanuvchi yoki o’quvchiga harakatning aktsent berilgan qismlariga vaqtning qisqa muddatida katga zo’riqishni to’plab, uni ishlata olsa, ishlayotgan asosiy muskullarni birlashtirib, ularga dam berish imkoni yaratiladi. Natijaga esa yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Yuqori malakali sportchilar, tsirk artistlari mashq bajarishdagi o’zlari uchun moslab shakllantirgan ritmlar asosida harakatning aktsent beradigan qisminigina katta zo’rikishda bajaradilar. Harakatlarning kuchini inson jismi yoki uning ayrim qismlari harakatiga ta’sir qiladigan ichki va tashqi kuchlarga bo’lamiz. Ichki kuchga: a) harakat tayanch apparatining passiv kuchi - muskulning elastikligi kuchi, muskullarning taranglashish kuchi, cho’zila olishligi va boshqalar; b) harakat apparatining aktiv kuchi - muskulni tortisha olish kuchi; v) reaktiv kuchlar - tana muskullari zvenolarining o’zaro munosabatidan vujudga keladigan yuqori tezlanish hosil qiladigan, tezlanish harakatlari bilan namoyon bo’ladigan kuch. Tashqi kuch: - inson jismiga tashqaridan ta’sir qiladigan kuchlar: tananing o’z og’irligi (vazni)dan vujudga keladigan kuch; tayanish reaktsiyasi kuchlari, tashqi ta’sir qarshiligi (suv, havo)ni yengishi va jisman tashqi taьsirga qarish (yakka kurashlar) kuch namoyon qilish inertsiya kuchi va boshqalar. Download 22.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling