1-Mavzu: Harakatlarga o’rgatish bosqichlari. Reja
Harakatning yo’li (trayektoriyasi)
Download 22.02 Kb.
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatning yo’nalishi.
- Harakatning amplitudasi
Harakatning yo’li (trayektoriyasi) jismoniy mashq texnikasini o’zlashtirishda, uni texnikasini bajarishni namoyish qilishda muhim ahamiyatga
ega. Amaliyotda tananing fazodagi holatini, harakatning traektoriyasi (yo’li)ga qarab tavsiflaymiz. Harakatni bajarishda uning ijrosi uchun lozim bo’lgan traektoriyaga erishilmasa, qo’yilgan maqsadga erishish qiyinlashadi. Mashqni bajarishda tana harakati yo’lining qanday shakldadigi, yo’nalishi va harakatning amplitudasini belgilay olsak, gavda (yoki uning qismlari) harakatining yo’lini aniqlaymiz. Inson organzmi anatomiyasining turlichaligi uni bir hil harakatni bajarishda xar bir individ uchun turlicha harakat yo’lini tanlashni taqazo qiladi. Harakatning shakliga qarab, ularning to’g’ri chiziq bo’ylab bo’lishi mumkinligi aniqlandi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, individning harakati hech qachon to’g’ri chiziq bo’ylab emas, balki oddiy harakatlar ham qator muskullar guruhining turli ko’rinishdagi aylanma harakatlaridan iborat. Ularning organizmi energiya sarflashi uchun samarali tomoni yuqori bo’lib, tananing ayrim qisimlari, ma’lum bo’laklardagi harakatlar uchun katta kuch sarflashlar bilan bajariladigan harakatlarni oson bajarish imkoniyatini yaratadi. Masalan, bokschi zarbasi uchun yelka muskullarining ma’lum qismigina turlicha harakat qilsa bas, lozim bo’lgan kuchga ega bo’lgan zarba hosil bo’ladi. Harakatning yo’nalishi. Mashqning effektivligi shunda ko’zga tashlanadiki, agar, bajarilishi lozim bo’lgan harakat uchun kerak bo’lgan harakat yo’nalishini mushaklar yuzaga keltira olsa, mashq texnikasi aniq, ravon bajarilishiga guvoh bo’lamiz. Masalan, qo’llarni tirsakdan ko’krak oldiga kaftlarni pastga qilib bukkan holda “rivok” larning bajarilishi ko’krak muskullarini taranglatadi va bo’shatadi. Agar shu harakatni tirsakni bir oz pastga tushirgan xolda bajarsak, mashq o’z ahamiyatini yo’qotadi. Chunki biz ishlatishimiz lozim bo’lgan mushaklar guruhi ijroda ishtirok etmaydi, ishlamaydi. Basketbol to’pini “korzina” (savat)ga tushirish uchun uning yo’nalishini olti gradus (daraja)dan to’rt gradus (daraja)gacha o’zgartirish uni korzinaga tushish imkoniyatini yo’qqa chiqarishi mumkin. Amaliyotda harakatning yo’nalishi tananing satxiga yoki biror mo’ljaliga qarab belgilanadi. Qo’lni oldinga ko’tarishda biz gavdaga nisbatan uning holatiga qarab harakat yo’nalishini belgilaymiz. Yadroni ma’lum balandlikka o’rnatilgan “planka” - chegara tarzidagi mo’ljal ustidan oshirib irg’itishda, bizga planka muljal bo’lib xizmat qiladi. Inson tanasi pastga-yuqoriga, oldinga, orqaga, o’nga, chapga tomon yo’nalishlarda harakatlanadi. Harakatning amplitudasi - tanani, harakatning “og’ishi” bilan harakatlar. Fizikada amplituda deb mayatnikning tinch holatiga nisbatan o’ng va chapga og’ishi (graduslari) tushuniladi. Bizda esa tananing ayrim qismlarining og’ish harakatlari tushuniladi. To’g’ri yo’nalishdagi harakatning amplitudasi qadamning uzunligi (75sm) yoki shartli belgisiga qarab, yarim, to’la o’tirish va boshqalar orqali aniqlanadi. Odam tanasining ayrim qismlarining amplitudasi o’sha tananing bo’g’inlari elastikligiga bog’liq bo’ladi. Harakatlar aktiv va passiv mushak qisqarishida ro’y beradi. Sport trenirovkasida, turmush sharoitida bo’ladigan ishlar harakatning amplitudasiga bog’liq. Katta qo’zg’alish uchun moslashtirilmagan muskulni katta amplitudada harakat qilishga majbur qilish shikastlanishga olib keladi. Agarda harakatning amplitudasi qo’yilgan vazifa talablariga javob bermasa, bunday harakatlar aniq harakatlar sifatida namoyon bo’la olmaydi. Harakatlar bir-biridan ajralish vaqtlariga ko’ra ham tavsiflanadi. Download 22.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling