1-Mavzu: Harakatlarga o’rgatish bosqichlari. Reja
Download 22.02 Kb.
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- «dastlabki holati» (DX)
Harakat koordinatlari - to’g’ri chiziq va burchak o’lchovlarida
aniqlanadigan, tananing boshqa qismiga nisbatan fazoviy chegarasi, xisoblash boshlangungacha gavdaning bo’laklarini nisbatan turishi holati, shakli (start chizig’i, gimnastika jihozi, uni o’qi va boshqalar)ga nisbat berib baholanadi yoki aniqdanadi. Tananing holatlari ichida mashq bajarishni boshlashdan oldingi holat - «dastlabki holati» (DX) deb ataladigan qismi, mashq texnikasini o’zlashtirish yoki bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oldiniga u anatomo-fiziologik vazifani hal etishi e’tiborga olinsa, boshqa tomondan, shu harakatning bajarilishiga ijobiy yordam beradi. Dastlabki holat harakatni bajarishni boshlash uchun eng optimal holat bo’lib, harakat boshlangandan keyin bajariladigan harakatlarning ketma-ketliligiga qulaylik yaratadi. Sprinter (qisqa masofaga yuguruvchi) uchun “past start”, darvozabon uchun “to’pni kutish holati” va h.k.lar. Bu holatlarni akademik Uxtomskiy optimal holat deb atadi. Ko’rinishidan dastlabki holat osoyishta turgandek ko’rinsa ham, aslida, organizm bo’lajak harakatga energiya sarflayotgan, qator mushaklar guruhi esa muskul ishi uchun puxta tayyorgarlik ko’rayotgan, nafas olish, nerv, yurak-tomir tizimi, modda almashinuvidek keng fiziologik jarayon avjida bo’ladi. Dastlabki holatni jismoniy mashq bajarishdagina ahamiyati katta bo’lmay, mashq davomida tanani qanday holda (holatda-pozada) turishi ham muhim ahamiyatga egadir. Sprinter, stayer (inglizcha so’zlar - qisqa va o’rta masofaga yuguruvchilar), marafonchi, chang’ida, konьkida yuguruvchilarning gavdalarining vertikalligini ma’lum gradusga pasaytirilgan yoki ko’tarilgan holda ushlashi mashqni samaradorligiga ma’lum darajada (uzunlikka, balandlikka, sakrovchining depsinishdan keyingi holati) ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Ayrim sport turlari yoki jismoniy mashqlarni bajarishda tananing umumiy holati bilan uning ayrim qismlari (bo’laklari)ning holati biomexanik maqsadga yo’naltirilgan bo’libgina qolmay (konkida figura yasab uchuvchilar, gimnastlar, akrobatlar, suvga sakrovchilar va badiiy gimnastlarning) harakatlarni kuzatayotganlarda yoki bu mashqlarning bajaruvchilarida estetik his tuyg’uni shakllantiradi va ularga zavq beradi. Harakatlarning ravonligi, ketma-ketligi, erkinligi, qiyinchiliksiz bajarilishi inson jismining qanday holatdaligiga bog’liq va u jismoniy mashqlar texnikasini egallashda, harakatni o’zlashtirish jarayonida, xatolarni aniqlash va ularni tuzatishda muhim rol o’ynaydi. Download 22.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling