1-Mavzu: Harakatlarga o’rgatish bosqichlari. Reja
Download 22.02 Kb.
|
1-маъруза
Harakatning tezligi deb inson jismining yoki uning ayrim a’zosining ma’lum
vaqt birligi ichida fazoda o’rin almashishi tushuniladi. Boshqachasiga - tezlik yo’l uzunpigini tananing yoki uning ma’lum qismini shu yo’lni bosib o’tish uchun sarflangan vaqtga nisbati bilan o’lchanadi. Tezlikni aniqlashda metr - sekunddan foydalaniladi. Yo’lning hamma nuqtalarida harakat tezligi bir hil bo’lsa, bu harakat maromli tekis harakat, yo’lning ayrim nuqtalarida tezlik har xil bo’lsa, bu harakat maramsiz notekis harakat, deb tushunish qabul qilingan. Tezlikni qisqa vaqt davomida oshirilishi tezlanish deb ataladi. Harakat ijobiy va salbiy ham bo’lishi mumkin. Harakat yuqori tezlikda boshlanib, maromi tezlashib va sekinlashib borsa, bu kabi harakat keskin harakat deb nomlanadi. Odamda doimiy tezlik va tezlanish bilan bajariladigan harakatlar onda-sonda uchraydi. Bundan tashqari, texnikasi to’g’ri bajarilgan jismoniy mashqlarda birdaniga tez yoki sakrashlar bilan bajariladigan mashqlar bo’lmaydi. Noto’g’ri bajarilgan mashqlar tezligi qisqa fursatli, tez sakrashlar tarzida namoyon bo’ladi. Shunday holatlar yuzaga keladiki harakat tezligi tushunchasining mazmuni, individning tanasi a’zolarining harakat tezligi tushunchasi bilan almashtirilib, uning ayrim bo’laklari (qismlari)ning tezligi ham tushuniladi. Yuqoridagilar, bo’g’inlarning uzun-kattaligi, tashqi muxit ta’siri, qarshiligi, harakat qobiliyatlarining turli-tumanligidek boshqa faktorlarga ham bog’liq bo’lib, tezlikni namoyon qilishda yetakchi o’rinni egallaydi. Sportchida harakat tezligi asosiy jismoniy sifatlardan biridir. Tezlikning yuqori bo’lishi - yuqori ko’rsatkich omili. Tezligi sifatining darajasini namoyon qilishdan ko’ra musobaqa, mashq bajarish davomida erishilganini, uni rivojlangan darajada ushlay olish tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tezlikni oldindan rejalashtirilgan jadval bo’yicha belgilangan muddat davomida ushlay olish malakasi muntazam mashg’ulotlardan so’ng yuzaga keladi. Download 22.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling