Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Elektron ta’lim resurslari
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bayoni
- 2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar
- 3. Fikrning tartibi
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz 2.www.pedagog.uz 3.www.Ziyonet.uz 4.www.edu.uz 5. tdpu-INTRANET.Ped 5.www.Google.uz 20-amaliy mashg’ulot Mavzu: Modal so‘z, undov va taqlid so‘zlar, ularning turlari ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Reja : Modal so'zlar. Undov so’zlar. Taqlid so’zlar. Undov, modal, tadliq so’zlar yuzasidan mashqlar. Mavzu bayoni: So‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini bildira¬digan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi: Ehtimol, bugun etib kelar. Modal so‘zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar: 1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qat’iyligi ta’kid¬lanadi: shubhasiz, shaksiz, so‘zsiz 3) ishonch: albatta 4) ang¬latilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o‘z-o‘zidan, 5) fikrning chinligi eslatiladi: to‘g‘ ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan. 2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar: 1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, cho¬g‘i; 2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki; 3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan; 4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay. 3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan. 4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan. 5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom. 6. Achinish: afsus, attang, esiz. 7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim. 8. Quvonch: xayriyat. 9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo‘q. Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so‘zlar ham mavjud. Modal so‘zlarning ko‘pchiligi mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqandir. 1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to‘g‘ ri, so‘zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) fe’ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so‘zidan); 4) bog‘lovchidan: balki; 5) so‘z birikmasidan: har qalay, har hol¬da; 6) gapning modal so‘zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so‘z tushirish natijasida hosil bo‘lgan: o‘z-o‘zidan (aniq so‘zi tushib qoladi). Modal so‘zlar sof va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so‘zlari sof modal so‘zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo‘llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi. Modal so‘zlar gap tarkibidagi so‘zlardan vergul bilan ajratiladi va ko‘pincha kirish so‘z vazifasini bajarib keladi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling