Uyga vazifa:
1-topshiriq. Modal so‘zlarni topib, har bir modal so‘zning ma'no ottenkasini ayting.
1. Baxtimizga, havo ochilib ketdi.
2. To‘yga taklif qilinganman, afsuski, borolmadim.
3. Aytmoqchi, bugun kim navbatchi bo‘ladi? Shavkat bo‘ladi, shekilli.
4. Menimcha, kecha tayyora uchmadi. Havo bulut edi, chog‘i.
5. Lektor, odaticha, avval mavzuni yozib, keyin tushuntirib ketdi.
6. Darhaqiqat, kosmosni zabt etishda o‘zbek olimlarining ham hissasi bor.
7. Bilish uchun qunt bilan o‘qish kerak.
8. Savodxonlik jamiyatning barchasi uchun zarur.
9. Nutq madaniyatiga ahamiyat berish lozim.
2-topshiriq. Taqlid so‘zlarni ma'no jihatdan guruhlarga ajratib yozing.
1. Ummatali o‘zini qanchalik og‘ir tutmasin, dag‘-dag‘ titrardi. (Sh.)
2. Nazirpolvon yalt etib unga qaradi. (O‘.Umarbekov) 3. Qo‘lidagi bo‘r polga tushib singandan keyin, butun sinf qah-qah urib kulib yuborgach, u o‘ziga keldi. (J.Abd.) 4. Daraxtlarda to‘kilmay qolgan barglarni shirt-shirt yulib, har yoqqa uchiraverdi. (O.) 5. Otaning gaplari yuragiga jiz-jiz tegadi-yu, piq-piq kulayotgan Qo‘chqorga qarab o‘shqiradi. (O.Yo.)
3-topshiriq. Matndagi undovlarni topib, ma'no va grammatik xususiyatlarini aniqlang.
1. Men yetim o‘sganman, oh u yetimlik...;
Voy bechora jonim, desam arziydi. (G‘.G‘.)
2. Ey, ulug‘ naslimning yuragi, joni!
Kiprigingga ilinmas yig‘idan zarra. (G‘.G‘.)
3. Bay-bay, zap choy bo‘libdi-da... (A.Q.)
4. Uh, endi qaysi yuzim bilan bu xonadonga qaytaman.
5. O...uzuging juda chiroyli. qani menga ber-chi! (Uyg‘un va Izzat Sulton.)
6. Ehhye, ish katta-ku! (O.)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |