Yangi mafkuraning asosi, negizi bormi, yo‘qmi?(I.A.Karimov)
A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) ega va kesim.
Uyga vazifa:
O‘qing. Umumlashtiruvchi bo‘lak qatnashgan gaplarni aniqlang va umumlashtiruvchi bo‘lakning qanday ifodalanganini ko‘rsating.
N a m u n a : Biznikiga do‘stlarim: Karim, Salim, Ahmad mehmon bo‘lib keldi. Umumlashtiruvchi bo‘lak do‘stlarim – ot bilan ifodalangan.
1. Hamma narsa – jonli, jonsiz uyquda. (S.A.) 2. Uning bo‘ynidagi marjonlari, sochiga taqilgan chiroyli kumush chochpopuklari, egnidagi atlas ko‘ylagi – hammasi o‘sha boy savdogarning puliga kelgan.(P.Q.) 3. – Janob Qambarbiy, o‘zbek, qozoq, turkman, qirg‘iz – barchasi ham turkiy uluslardir.(P.Q.) 4. Gretsiyaning sofora daraxti, yaponlarning olhirotga o‘xshash qizg‘ish o‘simligi – hammasi markaziy maydonimizni ...bezaydi...(P.Q.) 5. Marg‘ilonlik Xo‘ja Kalonbek, uning ukasi Kichik Xo‘ja, quvalik Tohir qo‘rchi , toshkentlik Saidxon, samarqandlik Majid barlos, Yusuf Andijoniy degan bir navkar – hammalari vatanlarining daragini olib kelgan Xonzoda begimni ko‘rmoqchi bo‘lishar, ammo ichkariga kirishdan istihola qilib turishar edi edi.(P.Q.) 6. Abror bo‘lajak zinapoyalar, favvoralar, hovuzlarning hammasini ko‘z oldiga bir-bir keltirdi-da so‘ng nirigi qarag‘ay, beridagi chinor va emanlarning o‘rnini aniqlay boshladi.(P.Q.)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M. Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
Do'stlaringiz bilan baham: |