Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMLARNI MUSTAHKAMLASH


Download 4.13 Mb.
bet288/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMLARNI MUSTAHKAMLASH

  1. Bir bоsh bo`lakli gap dеb nimaga aytiladi?

  2. Bir bоsh bo`lakli gap turlarini sanang.

  3. Ega tarkibli gap dеganda nimani tushunasiz?

  4. Shaхsi tоpilmas gaplarni tushuntiring.

  5. Shaхsi nоma’lum gapga misоllar kеltiring.

  6. Kеsim tarkibiga tushuncha bеring.

  7. Atоv gap haqida nimalarni bilasiz?

  8. Bir bоsh bo`lakli gaplarda sinоnimiya tushunchasini izоhlab bеring.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR
1. Yomon urug‘dan yaxshi hosil kutma. Ushbu gap grammatik asosiga ko‘ra qanday gap?
A) shaxsi ma’lum gap B) shaxsi topilmas gap
C) shaxsi umumlashgan gap D) shaxsi noma’lum gap
2. Ikki bosh bo‘lakli gap qaysi qatorda?
A) Kulmoq hamisha umrni uzaytiradi. B) Har kuni sport bilan shug‘ullaning. C) Paxtakorlik kasbini ulug‘layapmiz. D) Sharqda hamma keksalarni shoir hisoblashadi.
3. Shaxsi topilmas gapni toping.
A) Xalqimizning baxt-u saodati yo‘lida xizmat qilishga tayyorman.
B) Do‘stini yomonlagandan qoch.
C) Kiyimni bo‘yga qarab bichadilar.
D) Yaxshilikning qadriga etish kerak.
4. Shaxsi noma’lum gapni toping.
A) She’rda aql bovar qilmas sehr bor.
B) Sharqda savdogarlarga alohida hurmat bilan qaraganlar.
C) Go‘zallikka boshqa yaxshi fazilatni qo‘shishga intiling.
D) Yolg‘onni hazil bilan ham, jiddiy ham gapirib bo‘lmaydi.
5. Shaxsi ma’lum gaplarda egani anglatib turuvchi grammatik shakl asosan qaysi?
A) fe’ldagi shaxs-son qo‘shimchasi
B) 1-, 2-shaxsni ko‘rsatuvchi olmoshlar
C) egalik qo‘shimchasi
D) kesimga berilgan so‘roq
Uyga vazifa:
Ko‘chiring. So‘z-gaplarni aniqlab, ma'nosini izohlang.


N a m u n a : To‘g‘ri! – tasdiq ma'nosida

1. Nizom uning ko‘z ochganidan yengil tortib: - Xayriyat! – dedi.(P.Q.) 2. – Biz xonalar keng, baland bo‘lsa, deymiz. Toki xastalar toza havoga muhtoj bo‘lishmasin. - Ma'qul. Rasadxonaga hyech yo‘lingiz tushganmi? - Ha. Faqat tashidan ko‘rganman. (T.Malik) 3. Uning chakka tomirlari chiqqan, nafas olishi bejo edi. – Ha? - dedi Haydar ota. - Hyech... Chilim elitgandir.(A.Q.) 4. - Kechikmang, o‘g‘lim, biz bunda uzoq turolmaymiz, - dedi Me'mor. - Xo‘p, ustod. (Mirm.) 5. – Ofarin, G‘avvos! - dedi Zavrak yana sakrab aravaga chiqib. (Mirm.) 6. - Uylanganmisiz? - Ha. - Bolalaringiz bormi? - Yo‘q. (X.T.) 7. Hormang, Do‘simboy ota! - dedi Abduqodir o‘sha tomonga yurib. - Salomat bormisiz? (O‘.Umarbekov) 7. O‘rmon aka o‘rmak to‘qiyotgan ayolning qoshiga keldi. - Qalaysiz opa? Hormang! - Bor bo‘ling, uka. Kelib zap ish qildilaring-da...(Sh.X.) 8. Assalomu alaykum, domla! – dedi yugurib kelib uning qo‘lidan sumkani olarkan. – Qalay, tuzaldingizmi, domlajon? – Rahmat! - dedi Bashirjon kabinaga chiqib o‘tirayotib.(N.Aminov).



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling