Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet285/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

2. Shaxsi noma’lum gaplar. Bunday gaplarda ega konkret bo`lmaydi. Kesimning formulasidagi gapning egasi shaxs ekanligi anglatib tursa-da, kesim noma’lum shaxslar tomonidan uch zamonning birida sodir bo`ladigan harakatni ifodalaydi : Qush edim qanotimni qayirdilar.To`rt g`oz, tuman pul, yigirmata qo`yga go`zal qiz Oyshani sotadigan bo`ldilar.
Shaxsi noma’lum gaplarda egani ifodalashga ehtiyoj bo`lmaydi, chunki so`zlovchining e’tibori shaxsga emas ish-harakatga qaratilgan bo`ladi. Tinglovchining e’tibori faqat ish-harakatga jalb qilinadi. Mas: Maktabni bitirgach, o`qidim, ishladim, uylandim, uy joyli bo`ldim.
3. Shaxsi umumlashgan gaplar. Egasi konkret bo`lmagan, kesimi orqali ifodalangan harakat umumga qaratilgan gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Shaxsi umumlashgan gaplarning kesimi odatda ikkinchi shaxsning birligi formasidagi fe’l bilan ifodalanadi. M: Bugungi ishni ertaga qo`yma.
4. Shaxsi topilmas (shaxssiz gaplar). Egasi bo`lmagan gaplar shaxssiz gaplar deyiladi. Shaxssiz gaplar shaxsi ko`rsatilmaydigan ish proseslarini ifodalaydi.
Shaxssiz gaplar eganing ifodalanmasligi bilan emas, balki umumiy uning bo`lmasligi bilan xarakterlanadi. Mas: Hurlik uchun yig`lash emas, kurashish kerak.
5. Atov (nominativ) gaplar. Narsa va predmetlarning hozirgi zamonda mavjudligini tasdiq yo`li bilan ko`rsatadigan gap nominativ gap deyiladi. Nominativ gaplar atov gaplar deb ham yuritiladi. Nominativ gaplar narsa-predmet voqea-hodisani atabgina qolmasdan balki uning mavjudligini maxsus intonatsiya bilan tasdiqlaydi. Natijada bir yoki birdan ortiq so`zlar birikmasi ma’lum bir sharoitda mustaqil bir fikr ifodalaydi. Mas: Bahor. Hammayoq yashil libosga burkangan.Tun. Dunyoni zulmat bosgan.
6. Infinitiv gap. Hokim komponenti infinitiv bilan ifodalangan gaplar infinitiv gaplar deyiladi. Mas: Oyga uchish, yulduzlarni ko`rish bu chinakam zavqli bo`lsa kerak.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling