Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Ko‘chirma gap bilan muallif gapining o‘rni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


Download 4.13 Mb.
bet314/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

2. Ko‘chirma gap bilan muallif gapining o‘rni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Ko‘chirma gap faqat muallif gapidan oldin keladi.
B) Ko‘chirma gap faqat muallif gapidan keyin keladi.
C) Muallif gapi faqat ko‘chirma gap orasida keladi.
D) Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin, keyin yoki uning ichida, muallif gapi esa ko‘chirma gap orasida kelishi mumkin.
3. Ko‘chirma gaplar nisbatan qaysi uslublarda ko‘proq qo‘llanadi?
A) so‘zlashuv va badiiy uslubda B) ommabop va so‘zlashuv uslubida
C) ilmiy va badiiy uslubda D) so‘zlashuv, rasmiy va badiiy uslubda
4. - Anavi erda, - u Sherzodning qo‘lidagi xatga imo qildi, - to‘g‘ri yozishibdi. Ushbu gap qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) ko‘chirma gap B) sodda yoyiq gap
C) kirish gapli gap D) qo‘shma gap
5. Ko‘chirma gap bilan birga qo‘llanadigan muallif gapi kesimining ifodalanishi haqida bildirilgan qaysi fikr to‘g‘ri?
A) faqat demoq fe’li bilan B) faqat so‘zlamoq fe’li bilan
C) faqat gapirmoq fe’li bilan D)demoq, aytmoq, so‘zlamoq, gapirmoq kabi fe’llar bilan
6. Muallif gapi kesimining qaysi fe’llar bilan ifodalanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) dedi, ko‘rdi, yog‘di, ko‘kardi; B) so‘radi, ishondi, chiqdi, chiqdi, ketdi;
C) uyg‘ondi, yuvindi, tarandi, gapirdi; D) aytdi, gapirdi, so‘zladi, buyurdi;
7. Qaysi qatordagi ko‘chirma va muallif gaplarida tinish belgilari noto‘g‘ri ishlatilgan?
A) G‘ofir: «Jamila, tur o‘rningdan», - dedi.
B) G‘ofir dedi: «Jamila, tur o‘rningdan».
C) «Jamila, - dedi G‘ofir, - tur o‘rningdan».
D) Barcha javoblarda tinish belgilari to‘g‘ri ishlatilgan.
Uyga vazifa:
O‘qing. Ko‘chirma gaplarning tinish belgilarini qo‘ygan holda beshta gap ko‘chiring.

1. Aniqroq ayt, nima gap o‘zi dedi Aziz nihoyat (O‘.Usm.) 2. To‘xta dedi Shovvoz yana cho‘yanday qoramtir mushti bilan stolni urib To‘xta Meni qo‘yib tur Men oshimni oshab, yoshimni yashagan odamman (O.Yo.) 3. Qurilish loyihasiga qanday qimmatli yangiliklar kiritganingizni bilmoqchimiz bosh injener uni siltab tashlaganday, dag‘al ohang bilan so‘radi (J.Abd.) 4. Birpasdan keyin Saltonbuvi cho‘michda suv ko‘tarib chiqdi-da G‘ulomjon hozir Qudrat taqachining do‘konida uch-to‘rt kishi bilan gaplashib o‘tirgan emish Yana allaqanday qurchoqboz ham bor, deydi dedi (M.Ism.) 5. Tog‘asi Voy jigarim, onangdan ayrilib qoldik deb quchoq ochdi (T.Malik) 6. Vazira yengil tin oldi-yu Avval masala uzil-kesil hal bo‘lsin dedi Men Nabi Sadrievichga yana bir kirganimda maslahat so‘ray-man (P.Q.) 7. Maqtovingni eshitib yuribmiz bu yoqda dedi o‘rtachadan kel-gan, burni puchuqroq qiz ikki oycha bo‘ldimi, gazetada o‘qib qoldik (J.Abd.) .



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling