Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


- mashq. Kerakli o‘rinlarga ko‘p nuqtalarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring


Download 4.13 Mb.
bet317/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

2- mashq. Kerakli o‘rinlarga ko‘p nuqtalarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. “Unday qilish kerak, bunday qilish kerak”, degan bilan hatto odam ham bu hadsiz, sirli olam qarshisida lol qolib, mardchasiga tan olibdi-ku! 2. Oxirgi marta aytyapman: agar hozir yugurib kelib, qo‘limni bo‘shatmasang (Sh.Boshbekov) 3. – Ha, shu o‘g‘limdan bezovta bo‘lyapman, - dedi Nuriddinov, to‘satdan xayoliga kelgan bu fikrdan quvonib. (O.Yo.) 4. U Moskvadagi seminarga odam yuborishdan oldin ancha bosh qotirib ko‘rdi. (O‘.Usm.) 5. – Bugun tuni bilan uxlay olmay to‘lg‘anib chiqdim, - dedi. – Yomon tushlar Siz aytgan qurbonlik Chunor (P.Q.)


3-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibida qo‘llangan vergul va nuqtali vergullarning qo‘yilish sababini izohlang.
1. Faqat klub, oshxonagina emas, baraklarga ham hir xil chaqiriqlar, shiorlar yopishtirib qo‘yildi.(J.Abd.) 2. Yo‘g‘on gavdali Sarimsoq joyidan jilmay, bir mingboshiga, bir hokimga o‘qrayib turaverdi. (M.Ism.) 3. Aziz, ehtimol, boshqa vaqtda bunga ahamiyat bermasdi, ammo hozir ajablandi.(O‘.Usm.) 4. – Ie, ie, buni qarang, Azizjon, qaynanangiz suyar ekan, oshning ustidan chiqdingiz.(O‘.Usm.) 5. Yo‘q, Shoqosim dunyodan umidini uzgani yo‘q hali! (O.Yo.) 6. Qaerda “d” uchrasa, quyrug‘i chapga qayrilgan; qaerda “b” uchrasa, quyrug‘i o‘ngga qayrilgan. (Ch.) 7. Shamol yurmasa, tabiat chehrasiga tabassum yugurmasa, unday yog‘ingarchilikdan, unday momaqaldiroqdan ne foyda? (J.Abd.) 8. - Biz paxta ekamiz, - dedi Rasul qizishib.(O.Yo.) 9. Birov yotoqxonaga muhtoj, birov iqtisod jihatdan kamchil.(J.Abd.) 10. Yo‘lchini dahshatli bir kuch egalladi; insofga, adolatga, haqiqatga yot bo‘lgan bu hayotni, zamonni, hamma narsani oyoqlari ostida ezsa, yiqitib yoqsa! (O.) 11. Bundan uch yil burun, Andijon zilzilasidan keyin, Simxaev zavodidagi yerlik ishchilar ish haqining oshirilishini, jarimalarga barham berilishini, ishchilarga odamlarcha muomala qilishini talab etib ish tashladilar.(M.Ism.)
SAVOL-JAVOB ORQALI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
1. Punktuatsiyaning o`rganish оb’yеkti nima?
2. Punktuatsiyaning qanday tamоyillari mavjud?
3. O`zbеk tilida tinish bеlgilari qanday usullarda tasnif qilinadi?
4. Nuqta tinish bеlgilari qaysi o`rinlarda ishlatiladi?
5. So`rоq bеlgisi qanday gaplarda qo`llaniladi?
6. Undоv bеlgisi qaysi o`rinlarda ishlatiladi?
7. Qavs tinish bеlgisi qaysi o`rinlarda ishlatiladi?
8. Nuqtali vеrgul ishlatilish o`rinlarini ayting?
9. Ko`p nuqta qaysi hоlatlarda qo`llanadi?
10. Tirе qaysi o`rinlarda qo`llanilishini ayting?
11. Qo`shtirnоq qaysi hоlatlarda qo`llaniladi?
12. Ikki nuqta qachоn ishlatiladi?

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling