Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet321/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Fonetik uslubiyat nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlarini o`rganadi.
Grammatik uslubiyat ikkiga bo`linadi: morfologik va sintaktik uslubiyat. Morfologik uslubiyatda so`z turkumlarining uslubiy qo`llanilishi o`rganiladi. Shundan ayrim so`z turkumlarining uslubiy xususiyatlari bilan tanishamiz.
1.Ot turkumiga xos uslubiy xususiyatlar.
1.Kelishik qo’shimchalarning uslubiy xususiyatlari. Kelishik qo’shimchalari o’zaro almashib qo’llanishi mumkin:
1) –ni va -dan qo’shimchalari almashib qo’llanishi mumkin: Qani oshdan (-ni) oling, mehmon.
2)-ni va -ga qo’shimchalari almashib qo’llanishi mumkin : Gapingizga (-gizni) tushunmadim.
3) –ni va -da qo’shimchalari almashib qo’llanishi mumkin: Dalani (-da) aylandim.
4) –ning va -dan qo’shimchalari almashib qo’llanishi mumkin: kelganlarning biri – kelganlardan biri.
5)kelishik qo’shimchalari hamda ko’makchilar almashib qo’llaniladi:
a) –ga qo’shimchasi o’rnida uchun ko’makchisi qo’llanadi: Ukamga oldim-Ukam uchun oldim.
b)-da qo’shimchasi o’rnida bilan ko’makchisi qo’llaniladi: Xatni qalamda yozdim-Xatni qalam bilan yozdim.
c)-dan qo’shimchasi o’rnida orqali ko’makchisi qo’llaniladi: Xabarni radiodan eshitdik – Xabarni radio orqali eshitdik.
d) –ni qo’shimchasi o’rnida haqida ko’makchisi qo’llaniladi: Akasi kelganini gapirdi – akasi kelgani haqida gapirdi.
2.Egalik qo’shimchalarining uslubiy xususiyatlari.
1)otlarda qo’llangan egalik qo’shimchasi qaratqich kelishigi qo’shimchasining mavjudligini, qaratqich kelishigi qo’shimchasi esa egalik qo’shimchasining mavjudligini ko’rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab.
2)egalik (qarashlilik ma’nosi) -niki qo’shimchasi yordamida ham ifodalanishi ham mumkin, faqat bu qo’shimcha shaxs-son ko’rsatmaydi: Bizning maktab-maktab bizniki.
3) qaratqichli birikmalarda shaxs almashib qo’llanishi ham mumkin: Mening uyim shu yerda - Kaminaning uyi shu yerda.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling