Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar


Download 4.13 Mb.
bet350/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
Talabalarga оna tilini samaralirоq o`qitish maqsadida avdiо – viziual tехnik vоsitalaridan fоydalanish tavsiya etiladi. O`quv jarayonida yangi pеdagоgik tехnоlоgiyalar, intеrfaоl usullar («Klastеr», «Aqliy hujum», «6х6», «Guruhlar bilan ishlash», «Qarоrlar shajarasi») dan fоydalanish ko`zda tutiladiki, ular talabalarga o`qitilayotgan fanni yaхshirоq o`zlashtirishga imkоn bеradi, o`tkazilayotgan mashg`ulоtlarning qiziqarlirоq bo`lishiga, o`tilgan o`tilgan mavzularni eslab qоlishga, vaqtni tеjashga yordam bеradi. Shuningdеk, ma’ruza va bоshqa turdagi mashg`ulоtlar turli o`quv ko`rgazmalari va tехnik vоsitalar bilan jihоzlanishi maqsadga muvоfiqdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
Talabalar ona tili fanini o‘zlashtirish jarayonida quyidagilarni:
- tilning ijtimoiy mohiyati va uning tarkibiy qismlarini, dunyo tillarining tasnifini, o‘zbek tilining qaysi til oilasiiga va turkumiga kirishini; nutq a’zolarini, o‘zbek tiliga xos unli va undosh tovushlarni, bo‘ g‘in va ur g‘uni, tovush o‘zgarishlarini, o‘zbek tili grafikasini, imlo va talaffuz qoidalarini; hozirgi o‘zbek adabiy tilining lu g‘at tarkibini, ma’no ko‘chish usullarini, so‘zlarning shakl va ma’no xususiyatga ko‘ra turlarini, faol va nofaol, o‘z va o‘zlashgan qatlamni, o‘zbek tili frazeologiyasini, milliy til tarkibiga kirgan guruhlarni (sheva, atama, eskirgan va yangi so‘zlarni, jargon va argolarni, uyadosh va olinma so‘zlarni); o’zbеk tilidagi so‘z yasalish usullarini, morfemik tarkibni, mustaqil va yordamchi so‘zlarni, modal, undov va taqlid so‘zlarni; o‘zbek tilidagi so‘z birikmasi sintaksisini, gap sintaksisisini, matn sintaksisini; o‘zbek tili tinish belgilari tizimini, nutq uslublarini, uslubiyat turlarini bilishi kerak.
Mazkur kursni o‘rganish jarayonida talaba quyidagi:
- unli va undosh tovushlarni tasniflay bilish; so‘zlarni bo‘ g‘inlarga ajrata bilish va ur g‘ularini to‘ g‘ri qo‘ya olish; o‘zlashtirilgan qoidalarga asoslangan holda ma’nosi ko‘zchgan so‘zlarning ma’nolarini, omonim, sinonim, antonym va paronimlik xususiyatlariga ega bo‘lgan so‘zlarning ma’nolarini, atama, sheva, eskirgan va yangi so‘zlarning ma’nolarini izohlay bilish; gap ichidagi yasama so‘zlarni aniqlay bilish; so‘z turkumlarining xususiyatlarini farqlay olish; gap tarkibidagi so‘z birikmalari va gap bo‘laklarini aniqlay bilish; tinish belgilarining qo‘yilish sabablarini anglay olish; muayyan gaplarning qaysi uslubga tegishli ekanligini farqlay olish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Ona tili fanini o‘zlashtirgan talaba quyidagi:
- berilgan matndagi gaplarni fonetik, leksik, morfologik va sintaktik jihatdan to‘liq tahlil qilish; mavjud tinish belgilarining qo‘yilish o‘rinlarini aniqlay olish va qo‘yilish sabablarini to‘liq tushuntira olish; tildagi mavjud birliklardan to‘ g‘ri va o‘rinli foydalana olish malakalarga ega bo‘lishi kerak.



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling