Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet51/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Savоllar va topshiriqlar.

  1. Morfologiya nimani o`raganadi?

  2. Grammatik ma’no deb qanday ma’noga aytiladi?

  3. Grammatik kategoriya nima?

  4. Grammatik ma’noni ifodalash vositalarini ayting.

  5. So`zning qanday shakllari bor?

  6. Sintetik shakl deb nimaga aytamiz?

  7. Analitik shakl deb nimaga aytamiz?

  8. Juft shakl deb nimaga aytamiz?

  9. Takroriy shakl deb nimaga aytamiz?

  10. So`z turkumlari deb nimaga aytiladi?

  11. So`z turkumlari qanday tamoyillarga ko`ra ajratiladi?

  12. Ot so`z turkumi deb nimaga aytiladi?

  13. Otlarni ma`no turlarini sanab bering.

  14. Otlar qanday usullar bilan yasaladi?

  15. Otlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring.

  16. Otlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?



12-MAVZU: Sifat. Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari.


REJA:
1.Sifat so`z turkumi haqida ma’lumot.
2.Sifatlarning ma’nosiga ko`ra turlari.
3.Sifatlarning yasalishi.
4.Sifat darajalari haqida ma’lumot.
5.Sifatlarning tuzilishiga ko`ra turlari.
6.Sifatni tahlil qilish tartibi.
Tayanch atama va iboralar: sifat, asliy sifat, nisbiy sifat, soDda sifat, qo`shma sifat, juft sifat, takroriy sifat.

Prеdmеtlarning bеlgi-xususiyati (rangi, hajmi, shakli, mazasi, Xarakteri, holati, vazni, hidi, o`rin yoki vaqtga munosabati)ni ifodalaydigan so`zlar turkumi sifat dеyiladi. Sifatlar ot yoki fе’lga bog`lanib qanday?, qanaqa?, qaysi?, qachongi? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi: yashil qalam, mitti yulduz, kunbotar tomon, kuzgi tufli, afsonaviy qush, tajang odam, yaxshi o`qimoq, chiroyli yozmoq.


Sifatlar gapda aniqlovchi, kеsim, hol bo`lib kеladi: Uning moviy ko`zlari onasi- Safurani eslatib turardi(F.Azimova). Non aziz, uning ushog`i ham aziz (Maqol). Chaqmoq tеlpagini qiyshiq qo`ndirib olgan (O`.Hoshimov).
Sifatlar otlashganda ko`plik, egalik, kеlishik qo`shimchalarini qabul qiladi va otning so`roqlariga javob bo`ladi, ot kabi sintaktik vazifalarni bajaradi. Masalan, ega:Egri ozadi, to`g`ri o`zadi (Maqol); to`ldiruvchi: Vafosizda hayo yo`q, hayosizda vafo yo`q (Maqol); qaratqich aniqlovchi:Yaxshining so`zi-- qaymoq, yomonning so`zi-- to`qmoq (Maqol).

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling