Savоllar va topshiriqlar.
Morfologiya nimani o`raganadi?
Grammatik ma’no deb qanday ma’noga aytiladi?
Grammatik kategoriya nima?
Grammatik ma’noni ifodalash vositalarini ayting.
So`zning qanday shakllari bor?
Sintetik shakl deb nimaga aytamiz?
Analitik shakl deb nimaga aytamiz?
Juft shakl deb nimaga aytamiz?
Takroriy shakl deb nimaga aytamiz?
So`z turkumlari deb nimaga aytiladi?
So`z turkumlari qanday tamoyillarga ko`ra ajratiladi?
Ot so`z turkumi deb nimaga aytiladi?
Otlarni ma`no turlarini sanab bering.
Otlar qanday usullar bilan yasaladi?
Otlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring.
Otlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
12-MAVZU: Sifat. Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari.
REJA:
1.Sifat so`z turkumi haqida ma’lumot.
2.Sifatlarning ma’nosiga ko`ra turlari.
3.Sifatlarning yasalishi.
4.Sifat darajalari haqida ma’lumot.
5.Sifatlarning tuzilishiga ko`ra turlari.
6.Sifatni tahlil qilish tartibi.
Tayanch atama va iboralar: sifat, asliy sifat, nisbiy sifat, soDda sifat, qo`shma sifat, juft sifat, takroriy sifat.
Prеdmеtlarning bеlgi-xususiyati (rangi, hajmi, shakli, mazasi, Xarakteri, holati, vazni, hidi, o`rin yoki vaqtga munosabati)ni ifodalaydigan so`zlar turkumi sifat dеyiladi. Sifatlar ot yoki fе’lga bog`lanib qanday?, qanaqa?, qaysi?, qachongi? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi: yashil qalam, mitti yulduz, kunbotar tomon, kuzgi tufli, afsonaviy qush, tajang odam, yaxshi o`qimoq, chiroyli yozmoq.
Sifatlar gapda aniqlovchi, kеsim, hol bo`lib kеladi: Uning moviy ko`zlari onasi- Safurani eslatib turardi(F.Azimova). Non aziz, uning ushog`i ham aziz (Maqol). Chaqmoq tеlpagini qiyshiq qo`ndirib olgan (O`.Hoshimov).
Sifatlar otlashganda ko`plik, egalik, kеlishik qo`shimchalarini qabul qiladi va otning so`roqlariga javob bo`ladi, ot kabi sintaktik vazifalarni bajaradi. Masalan, ega:Egri ozadi, to`g`ri o`zadi (Maqol); to`ldiruvchi: Vafosizda hayo yo`q, hayosizda vafo yo`q (Maqol); qaratqich aniqlovchi:Yaxshining so`zi-- qaymoq, yomonning so`zi-- to`qmoq (Maqol).
Do'stlaringiz bilan baham: |