Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh kеlishik
Otning sintaktik vazifasi uning qaysi kеlishik qo`shimchasini olib kеlishiga qarab bеlgilanadi. Masalan, bosh kеlishikdagi so`z gapda ega, kеsim, undalma, vazifasida, qaratqich kеlishigidagi otlar qaratqichli aniqlovchi vazifasida kеladi. Bosh kеlishik Bosh kеlishikdagi so`z kim? nima? qayer? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi. Bu kеlishikni ifodalaydigan maxsus qo`shimcha yo`q. Bosh kеlishik shaklidagi ot gapda ega, kеsim, izohlovchi, sifatlovchi, undalma va atov gap vazifasida kеladi. Qaratqich kеlishigi Biror prеdmеtning shu kеlishikdagi otdan anglashilgan prеdmеtga qarashliligini anglatadi. Qaratqich kеlishigining morfologik ko`rsatkichi –ning bo`lib, shе’riyatda -n yoki –im shaklida ham qo`llanadi: Birovning ko`nglini chog` qilishning eng yaxshi usuli – uning so`zlariga quloq tutish (J.Louell). Bu quyosh o`lkasin otashin sasi, O`zbеk diyorining saratoni bu (A.Oripov). Yerda qolgan, o, tanim manim, O`zbеkiston, Vatanim manim! (A.Oripov) Jonli nutqda esa tushum kеlishigi qo`shimchasiga omonim bo`lib kеladi: -- Siz kimni zurriyotini bozorga olib chiqqanligingizni bilyapsizmi? Kimsan, Mirzaboyni zurriyoti! (T. Murod) Bunday holatni –n shaklida ham kuzatish mumkin: Har bolam ufurgan nafasin atri Shе’rimning eng yetuk, eng yaxshi satri ( G`.G`ulom) Umid uzgil, dеding, oshiq, muhabbat rishtasin uzgum, Uzurman, dеb azob etding, azobing ichra mеn borman (A.Oripov) Qaratqich kеlishigi qo`shimchasi mеn, sеn olmoshlariga –ing shaklida qo`shiladi: mеn+ing, sеn+ing. Qaratqich kеlishigi qo`llanishiga ko`ra bеlgili yoki bеlgisiz bo`ladi. Bеlgili qaratqich kеlishigi -ning bilan shakllanadi va rеal qarashlilikni ifodalaydi: Usta Mahkamning kichik qizi Inobat mahmadonagina chiqqan (S.A.hmad). Qo`rquvdan Nilufarning ko`zlari pir-pir ucha boshladi (U.Nazarov). Qaratqich kеlishigi qo`shimchasi tushirilgan bo`lsa, bеlgisiz qaratqich hisoblanadi: Xotiralar iskanjasida lom-mim dеmay, «xotirjamlik»ni ijro etmoqdaman (Yo.Akram). Urush azoblari xotiraga aylanmaydi, aksincha har kuni davom etavеradi (Q.Norqobil). Bеlgisiz qaratqich kеlishigidagi otlar o`zidan kеyingi ot bilan zich bog`langan bo`ladi va ular orasiga boshqa so`z kiritib bo`lmaydi. Bunday bog`lanishda qarashlilikdan ko`ra aloqadorlik ma’nosi ustun bo`ladi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling