Ta'lim tarbiya jarayonini loyihalashda internetdan foydalanish mundarija kirish


Download 0.74 Mb.
bet3/11
Sana03.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1152344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
TA\'LIM TARBIYA JARAYONINI LOYIHALASHDA INTERNETDAN FOYDALANISH

I.2 Multimediali proektor
Men birinchi marta kinoga borib, “Eramizdaen million yil ilgari” deb nomlangan filmni tomosha qilganman, unda dinozavrlarni ko’rib, qo’rqqanimdan o’rindiqlar tagiga berkinib olib, butun film davomida yashirinib o’tirganman. O’shanda men besh yoshda edim va shu sababli bo’lsa kerak, film juda qo’rqinshli tuyulgan edi. Bu vaqtda men televizorda ko’plab filmlarni ko’rgan bo’lsamda, katta ekrandagi qahramonlardan qattiq qo’rqqandim. Faqatgina kinoteatrda haqiqiylik hissi yuqoriroq bo’lgan.
Bir necha yil o’tgach, men kinomatografiya tarixida aka – uka Lyumerlar tomonidan “Poezdning yetib kelishi” kinoroligini ommaviy rayishda namoyish etganlarida xatto katta yoshdagi kishilar ham o’rinlaridan turib, qochib ketganlarini bilib oldim. Ular ekranda ko’rganlaridan juda qattiq ta`sirlanganlar. O’sha kunlardan boshlab, insoniyat kino dunyosini maksimal darajada haqiqatga yaqinlashtirish maqsadida turli apparatlar yordamida haqiqiy dunyoning proektsiyasini yaratishga intilganlar.
Professional kinoda bularning hammasi tushunarli bo’lsa ham juda sifatli havoskorlik filtmlarini suratga tushirishni biz xatto orzu ham qilmagandik. O’n besh yil ilgari savdoda faqatgina 8 mm kinoplyonkali, ovozsiz portativ kinoproektorlari (“Rus” turidagi) va to’g’risini aytish kerak, sifati kinoteatrdagidan ancha yomon bo’lgan kinoni suratga olish uchun to’rt minutlik rolikni plyonkaga yozib olish, uni chiqarish, elim bilan yopishtirish, 15 minutlik qilib ulash kerak bo’lar edi. Rangli televizor va videokamera (aytaylik videomagnitofon ham) paydo bo’lishi bilan shaxsiy “portativ” video muammosi qisman hal etildi.
Nima uchun qisman? Chunki katta ekranga oddiy foydalanuvchining hali ham chiqishining iloji yo’q edi, faqatgina kinoteatrlarda va gap tamom. Ammo o’tgan asrning to’qsoninchi yillarining boshlarida multimedia proektor nomi bilan ataluvchi apparatning paydo bo’lishi bilan hamma narsa o’zgardi.
“Multi” so’zi ko’pchilik deganini, media esa, video va audio bilan bog’liq jihatlarning hammasi, proektorning ma’nosi tushunarli, albatta, proektor – tasvirni proektsiya qilish (ko’rsatish) uchun qurilmani bildiradi. Zamonaviy videoproektor boshidan raqamli qurilma hisoblanadi, shuning uchun unga videomagnitofonni ham, DVD – pleer, videokamerani, televizor xamda kompyuterni ulash mumkin.
Tasvirni oddiy ekranda ham ko’rsatish mumkin, yorug’lik o’tkazuvchi ekranga ham (proektor ekran orqasida turgan holat) tushirish, proektorni ekranga burchak ostida (gorizontal ham, vertikal ham) qo’yish mumkin, shipga «oyog’ini osmondan» qilib osib qo’yish mumkin. Multimediaproektor bir aniq belgilangan fokus masofasiga emas, shuning uchun proektorni turli joylarda va har xil masofada qo’yish mumkin. Zamonaviy proektorlardan xonani qorong’u qilmasdan uni kun bo’yi ishlatish mumkin. Eng portativ proektor tasvirni diagonalli 8 metrgacha o’lchamda ko’rsatishi, eng kuchlisi esa – 36 metr diagonalgacha ko’rsatishi mumkin. Uning ana shu har tomonlama «imkoniyatlariga» qaramay, bu qurilma foydalanishda maxsus bilimlarni talab etmaydi, og’irligi 1,5-5 kg. va kitob hajmidan to diplomat hajmigacha kattalikka ega. Eng kuchli professional proektorlar 38 kg og’ir bo’lmaydi.
Proektordan turli joylarda ham foydalanish mumkin. Undan quyidagi sharoitlarda foydalanish mumkin:
- uy kinoteatri uchun;
- prezentatsiyalar uchun;
- ma’ruza (leksiya) mashg’ulotlari uchun;
- kontsert va tamoshalar uchun;
- restoran va kafelarda;
- stentdlarda ko’rgazma faoliyati uchun;
- va nihoyat kinoteatrlarda ham.
Bizda Toshkentda deyarli hamma kinoteatrlarda aynan raqamli multimediyaproektorlardan foydalanadilar. chet davlarlarda qimmat kinoteatrlarda eng yangi plyonkali kinoproektorlardan foydalanadilar, lekin ovoz raqamli hajmli bo’ladi. Shunday qilib bu ma`noda tarix aylana harakat bilan ilgari bormoqda.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling