Ta’lim tarbiya jarayonining shakl va mazmunini hamda uslublarini tadqiq


Download 39.31 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi39.31 Kb.
#1628292
Bog'liq
9 variant


9 variant.

1.

Ta’lim - tarbiya jarayonining shakl va mazmunini hamda uslublarini tadqiq



etuvchi ilm-fan bu didaktikadur. [Didaktika- ta’lim nazariyasi tushunchasini anglatadi.

Ta’lim nazariyasi ta’lim- tarbiya jarayonida amal qilinishi shart bo’lgan tamoyillar,

ta’lim usullari, ta’lim-tarbiya shakllari va padagogikadagi asosiy tushunchalarni o’z

ichiga oladi.]2 Demak, didaktika yosh avlodni “nimaga o’qitish?”, “nimani o’qitish?”,

va “qanday o’qitish?” kabi savollarga javob beradi. Didaktika o’qitishning umumiy

qonun va qonuiyatlarini aniqlab berish bilan birga, har bir o’quv fanining o’qitish

usullari uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Didaktika – grekcha so’z bo’lib, “didasko” ya’ni “o’qitish”, “o’rgatish”

ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini o’rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim

tushunchasi uning mohiyati, mazmuni va vazifalari, o’qitish prinsiplari, shakllari

haqida bilimlar bayon etiladi.3

Ta’lim- insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni o’quvchilar ijtimoiy

taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega

bo’lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir. O’qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish

bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o’quvchi talabaga ta’sir ko’rsatadi, bu esa

ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o’quvchi ta’lim jarayonining

faol ishtirokchisiga aylanadi.

Ta’lim jarayoni- ma’lumot mazmuni hamda unga oid faoliyat usullarini

o’quvchilarning o’zlashtirishi uchun o’qitish va o’qish faoliyatlarining real

aloqalashuvi, sababiyatli bog’lanishi, bir-biriga muvofiqlashuvi asosida ta’limning

aktlar, zvenolar, siklllar shaklida makon va zamonda harakatlanadigan maqsadga

muvofiq shirkat faoliyatidir.4 Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’limtarbiya bilan shug’ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik

asos vazifasini o’taydi. Ta’lim va o’qitish mazmunining nazariy masalalarini, uning

shakli va uslublarini pedagogikaning bir qismi bo’lgan didaktika o’rganadi. Umuman

pedagogika singari didaktika ham rivojlanadi. Uning rivojlanishiga Yan Amos

Komenskiy hissa qo’shdi. “Buyuk didaktika” asari o’qitishni rivojlanishiga katta ta’sir

ko’rsatdi. Didaktikaning tadqiqot ob’ekti ta’lim-tarbiya jarayonidir.

Ruslardan didaktikaning asosiy atoqli namoyandasi K.D.Ushinskiy bo’lgan. U

ham o’qish masalalarini chuqur psixologik asosini yaratdi. O’zbek xalqi orasida ham

H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi pedagoglar yetishib chiqdi.

Didaktikaga asoslangan holda o’qituvchilar o’quvchilarga bilim beradi.

Ta’limjarayonida turli usullardan foydalanishadi. Dars turini to’g’ri va muvaffaqiyatli

o’tish uslubini to’g’ri tanlasa, didaktik o’yinlar bilan olib borilsa dars yaxshi natija

beradi.

2
DARSNING MAQSADI:

a) ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

b) tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.

d) rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`anaviy, ananaviy.

Dars uslubi: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

Dars jihozlari: darslik,huquqshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI

Darsning tarkibiy qismi



(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism



5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi



3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish



25 daqiqa

5

Mustahkamlash



5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash



5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish



DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.



Yangi mavzu bayoni: Mamlakatlarning ichki boshqaruvi va mustaqilligi,
suvereniteti uning konstitutsiyasi vositasida qonunlashtiriladi. Bu esa davlat hokimiyatining konstitutsiya bilan cheklanganligini, tartibga solinishini ham anglatadi. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida konstitutsiya davlat hokimiyati bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonuniy mezonini o‘rnatuvchi asosiy vosita hisoblanadi. Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb e’tirof etiladi. Demokratik huquq va erkinliklar konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. O‘z navbatida, davlat organlari va mansabdor shaxslar fuqarolar oldida mas’uldirlar. Mazkur konstitutsiyaviy qoidalar mazmunidan inson va fuqarolar huquqlari hamda erkinliklarining ustunligi prinsipi kelib chiqadi. Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi g‘oyasiga asoslanadi. Konstitutsiyaviy qoidalar shaxs va davlatning o‘zaro munosabatlari qanday shakllanishi lozimligi va bu inson hayotida qanday ahamiyatga ega ekanligini tushunib olishga yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shaxs va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning huquqiy tartibini belgilab beradi. Bunga ko‘ra xalq, jamiyat, shaxs huquqi va manfaati birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Agar shaxs va davlat munosabatida davlat o‘rniga e’tibor berilsa, davlat manfaatining mohiyati zamirida ham inson huquqi va erki himoyasi yotadi. Biz bunyod etayotgan davlatning insonparvarlik va xalqparvarlik mohiyati shunda aks etadi, ya’ni davlat faoliyatining asosiy maqsadi insonga xizmat qilish ekanligi to‘la e’tirof etiladi. Har bir davlat o‘z hududida amal qilinadigan qonunlarini o‘zi yaratadi. Demak, qonunlar jamiyatdagi muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va xalqning xohish-irodasini ifoda etadi, turli siyosiy kuchlar, ijtimoiy tabaqalar, guruhlar manfaatlarining o‘zaro murosasini ta’minlaydi. Konstitutsiyaviy davlat deganda davlat hokimiyati idoralari konstitutsiyada belgilangan tartib va prinsiplar asosida shakllantiriladigan va konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etgan holda o‘z faoliyatini amalga oshiradigan davlat apparati tushuniladi. Konstitutsiyaviy davlat — mamlakatning butun hududida va davlat faoliyatining barcha sohalarida konstitutsiyaning hamda u asosida qabul qilingan qonunlarning ustunligini ta’minlaydigan va kafolatlaydigan davlatdir. Xalq suvereniteti oliy hokimiyat xalqqa tegishli ekanligini bildirsa, davlat
suvereniteti mustaqil hokimiyat, ya’ni mamlakatning ichki va tashqi siyosatini xalq nomidan davlat amalga oshirishini anglatadi. Davlat hokimiyati xalq erki-irodasining mahsuli bo‘lib, bunday hokimiyatni amalga oshiruvchilar xalq tomonidan saylanadi.
Konstitutsiyaviy davlatda qonun ustunligi prinsipining mantiqiy davomi sifatida yana ikki prinsip: «qonun bilan taqiqlanmagan barcha narsaga ruxsat etiladi» (fuqarolar uchun) hamda «faqat qonunda mustahkamlangan narsagagina ruxsat etiladi» (davlat organlari
va mansabdor shaxslar uchun) amal qiladi. Birinchi prinsip fuqarolarning harakatlanish erkinligi va imkoniyatlarini kengaytiradi. Qonunda man etilmagan, taqiqlanmagan har qanday xatti-harakatlarni sodir etish mumkin bo‘ladi va buning uchun yuridik javobgarlik kelib chiqmaydi. Ikkinchi prinsipning ma’nosi shundaki, bunda davlat idoralari va mansabdor shaxslar o‘zlarining qonunda belgilangan vakolatlari doirasida, ularga aynan mos ravishda harakatlanishlari lozim bo‘ladi.

Aksariyat mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda qonunning ustunligi demokratik konstitutsiyaviy davlatning asosiy prinsipi hisoblanadi. Bu yerda mazkur prinsip, avvalo, konstitutsiyaning ustunligini nazarda tutadi. Basharti, qonunni qo‘llovchi ijroiya hokimiyat organi (mansabdor shaxs) yoki sud ushbu qonun konstitutsiyaga zidligini aniqlasa, masalani bu qonun asosida emas, balki konstitutsiya asosida hal etishi lozim.


Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. «Shaxs — jamiyat — davlat» munosabatlariga misol keltiring. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat mustaqilligi, davlat boshqaruvi, davlat tuzilish shakli va siyosiy tartibot qanday ifodalangan? Fikringizni asoslang.

3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasini o‘qing. Xalq hokimiyatchiligi deganda nimani tushunasiz?


4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquqlaringizni bilasizmi?
5. Ularni to‘laqonli amalga oshirishda sizning qanday ishtirokingiz mavjud?
6. Inson huquqlari va burchlari o‘rtasida qanday munosabat mavjud bo‘lishi mumkin? Mavzu yuzasidan umumiy takrorlash amalga oshiriladi. Bunda mavzuga oid umumiy xulosalar chiqariladi hamda o‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra baholanadilar. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.

O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.

Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.Ijodiy faoliyat qismidagi berilgan mavzuga oid O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini o’rganib chiqib,yod olib kelish.

3
Annotatsiya- Izoh-bu hujjat yoki boshqa ma'lumotlarning ma'lum bir nuqtasi bilan bog'liq qo'shimcha ma'lumotlar hisoblanadi. Bu sharh yoki tushuntirishni o'z ichiga olgan eslatma ko'rinishida bo'lishi mumkin[1]. Izohlar ba'zan kitob sahifalari chegarasida taqdim etiladi. Turli xil raqamli ommaviy axborot vositalarining izohlari uchun veb-izoh va matn izohi mavjud bo'ladi.


Aksiya- farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) — aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qogʻoz. Oʻz egasining aksiyadorlar jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. A. qimmatli qogʻozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qogʻozlar turkumiga kiradi. A. chiqargan jamiyat emitent, uni sotib olganlar esa investorlar deb ataladi. A. dastlab emitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, soʻngra u ikkilamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldi-sotdi etiladi. A. bevosita emitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. A. davlat korxonalari aksiyador jamiyatlarga aylantirilgan chogʻda va yangidan aksiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda chiqariladi. Oʻzbekistondagi A. davlat mulkini aksiyadorlash jarayonida 1989-yildan boshlab chiqarilgan. A. egasining nomi yozilgan va taqdim etgan kishiga tegishli A.ga boʻlinadi. Oʻzbekistonda aholi orasida birinchi turdagi A. tarqalgan. A. oddiy va imtiyozli turlarga boʻlinadi. Oddiy A. dividend miqdori kafolatlanmagan, lekin aksiyadorlar majlisida ovoz berish huquqini taʼminlovchi A.; imtiyozli A. dividend oldindan belgilangan, lekin ovoz berish huquqini taʼminlamaydigan A. egasining oʻzida yoki depozitariylarda saqlanadi. Mas, 1995-yilda "Vaqt" milliy depozitariysida 2040 aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd. soʻmlik aksiyalari saqlandi

Broker- makler — fond, tovar, valyuta birjalarida oldisotdi bitimlari tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma. B.lar, odatda, mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʻz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Vositachilik bitimlari, asosan, B.lik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali rasmiylashtiriladi. Vositachilik qilgani uchun tomonlarning kelishuviga koʻra, birja qoʻmitasi joriy etgan taksa (qatʼiy baho)ga muvofiq, oldisotdining muayyan foiz miqdorida haq — brokeraj oladi (odatda, B. haqi amalga oshirilgan shartnoma yoki bitim qiymatining 0,25—3% ni tashkil qiladi). Yirik B.lik idoralari haridorga qarz berishda banklar bilan hamkorlik qiladi, ayrim hollarda oʻzlari kreditor boʻladilar, bitimlar bajarilishiga kafillikni ham oʻz zimmalariga oladilar. Katta B. gofbrok ye r deb ataladi.
Konsern- rasmiy jihatdan mustaqil boʻlgan, koʻp tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini oʻz ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma maʼlum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur boʻlgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sunʼiy monopoliyalarning sanab oʻtilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.

Korporatsiya- rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron bir faoliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmui. Korporatsiya bir kasb yoki faoliyat sohasida fuqarolarni birlashtirishi ham mumkin. XIX-asr oʻrtalarida paydo boʻlgan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xoʻjalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega. Korporatsiyalar negizini aksiyadorlik jamiyatlari tashkil qiladi. XIX-asrning II-yarmidan xalqaro korporatsiyalar keng rivoj topdi. Aksariyat hollarda korporatsiyalar bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chikaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Ayni paytda korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiytexnika taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardoshligi va uzoq hayotiy shaklini taʼminlaydi. Mulk egaligi maqomiga koʻra, davlat, xususiy, aralash (qoʻshma) korporatsiyalarga, tarmoqlar boʻyicha sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, aloqa va boshqa turdagi korporatsiyalarga boʻlinadi. Rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlari korporatsiyaga uyushgan hollar koʻp uchraydi (mas, „Daewoo“ korporatsiyasi). Oʻzbekistonda birinchi korporatsiyalar XIX-asrning 90-yillaridan boshlab sanoatning turli tarmoqlarida paydo boʻldi.

Privatizatsiya- Davlat yoki mahalliy boshqaruvga tegishli mol-mulkni (yer maydoni, sanoat korxonasi, bank, transport yoki aloqa vositalari, bino, uy-joy va sh.k. ni) pulga yoki tekin xususiy mulk qilib berish; xususiylashtirish. ◆ Privatizatsiya sharoit-ga qarab pulli, bepul yoki imtiyozli tarzda oʻtkaziladi.

4. Fonologiya (fono... va ...logiya) — tilshunoslikning til tovush qurilishining strukturaviy (tuzilmaviy) va funksional (vazifaviy) qonuniyatlarini, tilning eng mayda, maʼno bildirmaydigan birliklari — boʻgʻinlar, fonemalarning tuzilishi va amalda qoʻllanishini oʻrganuvchi boʻlimi. Fonologiyaning fonetikadan farqi shundaki, uning diqqat markazida fizik hodisa sifatidagi tovushlarning oʻzini emas, balki ularning nutqda yanada murakkabroq maʼnoli birliklar — morfemalar, soʻzlarning tarkibiy qismi sifatida bajaradigan vazifasini oʻrganish turadi. Shu tufayli fonologiyani baʼzan funksional fonetika deb ham ataydilar. Ruschex tilshunosi N. S. Trubetskoyning aniqlashicha, fonologiya bilan fonetika oʻrtasidagi oʻzaro munosabat shundan iboratki, har qanday fonologik tavsifning ibtidosi maʼno farqlovchi tovushiy ziddiyatlarni aniqlashdir; fonetik tavsif esa boshlangʻich nuqta va moddiy asos sifatida qabul qilinadi.

Fonologiyaning asosiy birligi — fonema, asosiy tadqiqot obyekti — fonemalarning zidlanishlari (oppozitsiyalari) boʻlib, bu oppozitsiyalar bir butun holda tilning fonologik tizimini hosil qiladi. Muayyan oʻrinda bir fonemaning ikkinchisiga qarama qarshi qoʻyilishini namoyon etuvchi soʻzlar (burborbir kabi) kvaziomonimlar (soxta omonimlar) deyiladi. Odatda, tildagi fonemalar soni kvaziomonimlar yordamida aniqlanadi va bunda biryoʻla bir fonemani ikkinchisiga qarama qarshi qoʻyish orqali ularning farqlanish elementlari tasnif etiladi. Mas, tol,sol soʻzlaridagi ikki fonema — t va s portlovchi, sirgʻaluvchi farqlanish elementlariga ega. Ularning har ikkisi ham til oldi, jarangsiz, shovqinli undoshlardir va bu belgilari farqlanmovchi elementlar deyiladi. Demak, fonema tilda oʻz vazifasini fonologik jihatdan farqlanuvchi va farqlanmovchi elementlar orqali bajaradi.

Fonologiya zamonaviy maʼnodagi mustaqil tilshunoslik fani sifatida 20-asrning 20—30-yillarida shakllandi; uning yaratuvchilari N. S. Trubetskoy, russhveysar olimi S.O.Karsevskiy, rusamerika tilshunosi R.S. Yakobsonlar boʻlib, ular 1928-yil Gaagada boʻlib oʻtgan Tilshunoslarning 1-xalqaro kongressida fonologiyaning asosiy gʻoyalarini bayon etganlar. N. S. Trubetskoyning "Fonologiya asoslari" (1939) kitobi fonologiya taraqqiyotidagi eng muhim bosqich boʻlgan. Fonologiya paydo boʻlishining ilk asoslari 19-asr oxirlarida nemis olimi I. Vinteler va ingliz olimi G. Suit asarlarida, umumnazariy jihatlari keyinchalik F. de Sossyur tadqiqotlarida shakllangan. Ayniqsa, fonologiyaning rivojlanish asoslarini yaratishga ruspolyak tilshunosi I. A. Boduen de Kurtene katta hissa qoʻshdi. Fonema gʻoyasi va uning prinsiplari ilk marta uning asarlarida ishlab chiqilgan. Boduen de Kurtene tadqiqotlari negizida Leningrad va Moskva fonologik maktablari shakllandi (oʻzbek tilshunoslarining fonologik tadqiqotlari ham asosan ana shu maktablar taʼsirida yaratilgan). Hozirgi kunda mazkur maktablarning fonologik nazariyalaridan tashqari Yevropa va AQShda yana 10 ga yaqin fonologik nazariyalar yaratilgan.

Oʻzbek tili fonologiyasini oʻrganishda Ye.D. Polivanov, V. V. Reshetov, A. Nurmonov, A. Abduazizov va boshqalarlarning ilmiy ishlari ayniqsa ahamiyatlidir.

Fonologiya ham fonetika kabi umumiy fonologiya, xususiy fonologiya, tarixiy (diaxronik) fonologiya va tasviriy (sinxronik) fonologiyaga boʻlinadi. Umumiy fonologiya fonemaning mohiyati, fonemalar oʻrtasidagi hamda fonema va tovush oʻrtasidagi munosabatlarni, fonemaning morfema va soʻzga boʻlgan pogʻonali munosabatini oʻrganadi; tilning fonologik (fonematik) tarkibini aniqlashning metod va tamoyillarini belgilaydi. Xususiy fonologiya, umumiy fonologiyaning metod va tamoyillariga asoslangan holda, u yoki bu tilning fonologik tizimini oʻrganadi; oʻz navbatida, umumiy fonologiyaga material beradi. Tarixiy fonologiya maʼlum bir til fonologik tizimining tarixiy taraqqiyotini, tasviriy fonologiya esa tarixiy taraqqiyot jarayonidagi muayyan bir davrning fonologik tizimini oʻrganadi.



5. Frazeologizm, frazeologik birlik, frazema — ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq suz birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha koʻchma maʼnoda qoʻllanadigan va boʻlinmaydigan, barqaror (turgʻun) bogʻlanmalarning umumiy nomi. F.lar, shaklan oʻzlariga oʻxshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutkda suzlarni erkin tanlash, almashtirish yoʻli bilan yuzaga kelmaydi, balki maʼno va muayyan leksikgrammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qullanadi, yaʼni F. tarkibidan biror qismni chiqarib tashlash, tushirib qoldirish mumkin emas: anqoning urugʻi, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom sanamoq, terisiga sigʻmay ketmoq, kapalagi uchmoq, kungli joyiga tushmoq, qoʻli ochiq, qulogʻi ogʻir va boshqa F.lar tarixiy qoʻllanish meʼyorlariga, usullariga ega boʻlib, ularning maʼnolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi. F.larning quyidagi turlari farklanadi: frazeologik chatishma — frazemaning maʼnosi uning tarkibidagi suzlarning maʼnosiga bogʻliq boʻlmaydi, frazemadan anglashilgan koʻchma maʼno oʻning tarkibidagi suzlarning maʼnosi bilan izohlanmaydi: toʻnini teskari kiymoq, oyogʻini qoʻliga olib chopmoq, boshini olib chiqib ketmoq va boshqa; frazeologik butunlik (birlashma) — frazemaning maʼnosi uning tarkibidagi suzlarning maʼnolari asosida izoxlanadi, shu maʼnolar asosida umumlashtiruvchi koʻchma maʼno ifoda qilinadi (koʻpincha bunday birlashmalarning oʻz maʼnosida qullanadigan variantlari ham mavjud buladi): yogʻ tushsa yalagudek, yeng shimarmoq, xamirdan qil sugʻurgandek, toʻydan oldin nogʻora chalmoq va boshqa; frazeologik qushilma — bunda frazemalar tarkibidagi bir suz koʻchma maʼnoda qoʻllanadi, boshqasi esa oʻz lugʻaviy maʼnosini saqlaydi: gapning tuzi, qoʻli gul, ishtax,asi ochildi va boshqa.

Leksema (yunoncha: lexis — soʻz, ifoda) — til qurilishining leksik maʼno anglatuvchi lugʻaviy birligi. Leksema bildiradigan maʼno soʻzning material qismi: maʼlum tovush kompleksini maʼlum obyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija. Har qanday Leksema oʻzining fonelshlari ifodalagan maʼnosi va grammatik xususiyatlari birligidan iborat. Bunday birlik soʻz va iboralarda mavjud. Ularga nisbatan glossema, lugʻaviy morfema atamalari ham ishlatiladi. Mas, uy Leksemasining leksik maʼnosi. — „kishi yashaydigan bino“, yugurmoq Leksemasining leksik maʼnosi — „bir joydan ikkinchi bir joyga shiddat bilan harakatlanmoq“ va boshqa Shunga koʻra, ular lugaviy (semantik) maʼno jihatdangina emas, balki fonetik va grammatik jihatdan ham oʻrganiladi.
Download 39.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling