Ta`lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini


FLIPCHART VA UNDAN FOYDALANISH


Download 192.98 Kb.
bet4/8
Sana30.10.2023
Hajmi192.98 Kb.
#1734627
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
gdaMYoLO2w9jVQqQoRet5swziiGhLsfPwI96d7pE

FLIPCHART VA UNDAN FOYDALANISH





  • Flipchart- doskaga juda o`xshashligiga qaramasdan, ko`pgina farqlar ham mavjud. Flipchartning eng asosiy qulayligi – bu matnni o`chirmasdan yozib ketaverish imkoniyatining borligi, ya`ni joy etishmasligidan yozilgan yozuvlarni o`chirishga hojat yo`q, faqat yetarlicha qog`oz bo`lishi talab etiladi. Shunday qilib, barcha fikr-mulohazalarni saqlash mumkin, hatto bir necha kundan so`ng bu qog`ozni yana osib qo`yish va munozarani davom ettirish mumkin. Flipchartning boshqa qulayligi, sinfdagi devor yoki doskaga birin-ketin hamma varaqlarini yopishtirish imkoniyati hisoblanadi. Butun guruh ishining natijalarini bir paytda ko`rish, taqqoslash va saqlab qolishning bunga teng boshqa imkoniyati yo`q. Flipchartdan nima maqsadda foydalaniladi?

  • • guruhiy bahs-munozaralarning natijalarini saqlash va ularni kelajakdagi

tadbirlarda ishlatish uchun;

  • • jarayonning bosqichlarini ko`rsatish uchun;

  • • taqdimotni tashkillashtirish uchun;

  • • turli masalalar bo`yicha asosiy qismlarini ajratib ko`rsatish uchun.

FLIPCHART VA UNDAN FOYDALANISH




  • Flipchartning afzalliklari:

  • • flipchartni kerakli joyga siljitish mumkinligi;

  • • foydalanishning qulayligi;

  • • taqdimot uchun foydalanish mumkinligi;

  • • varaqalarni saqlab qo`yib, kerakli vaqtda undagi ma`lumotlardan takror foydalanish mumkinligi;

  • • o`quvchilarning diqqatini jalb etish uchun foydalanish mumkinligi.
  • Flipchartning kamchiliklari:

  • • yozuv tushunarli bo`lishi kerak, aks holda uni o`qish qiyin bo`ladi;

  • • xato yozmaslikka harakat qilish kerak, aks holda hamma to`g`rilangan joylar doim ko`rinib turadi;

  • • varaqlarni nusxalashtirish faqat fotosurat yoki ko`chirib yozish orqali mumkin xolos;

  • • ko`p flipchart qog`ozlari talab etiladi.

Download 192.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling