16- mavzu: Elektroenergetika (1 soat (A2+: 2 soat))
Elektroenergetika sanoati: issiqlik elektr stansiyalari va markazlari; gidroelektrostansiyalar; atom elektrostansiyalar, noan’anaviy energiya manbalari: shamol, va quyosh elektr stansiyalari. O‘zbekiston elektroenergetikasining tarkibi va korxonalarining geografiyasi.
17-mavzu: Kimyo sanoati (1 soat (A2+: 2 soat))
Kimyo sanoati haqida tushuncha. Asosiy tarmoqlari: tog‘-kimyo sanoati, asosiy kimyo (mineral o‘g‘itlar, soda, sulfat kislotani ishlab chiqarish), organik sintez kimyosi, polimerlar kimyosi, maishiy kimyo. Kimyo sanoatining asosiy xususiyatlari: yangi materiallar yaratilishi, kombinatlashtirishda katta imkoniyatlarning mavjudligi, keng xomashyo bazasiga egaligi. O‘zbekistonda kimyo sanoatining tarmoqlari, ularning asosiy mahsulotlari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, asosiy markazlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |