18-mavzu: Metallurgiya sanoati. Qora metallurgiya (1 soat (A2+: 2 soat))
Metallurgiya tushunchasi, uning tarmoqlari. Qora metallurgiya sanoati va uning asosiy mahsulotlari. Qora metallurgiya korxonalarining joylanishidagi omillar (xomashyo va yoqilg‘i bazasi). Texnologik bosqichlari (rudani qazib olish, cho‘yan, po‘lat eritish, prokat va turli qotishmalar ishlab chiqarish). O‘zbekiston metallurgiya zavodi (Bekobod) va uning joylashish omillari.
19-mavzu: Rangli metallurgiya (1 soat (A2+: 2 soat))
Rangli metallurgiya, uning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati, rangli metallar guruhlari. Tarkibiy qismlari: rudani qazib olish, boyitish, eritish va qotishmalar ishlab chiqarish. Korxonalarning elektroenergiya va xomashyo manbalariga yaqin joylashtirilishi.
20-mavzu: O‘zbekistonda rangli metall konlari va ekologiya (1 soat (A2+: 2 soat))
Mamlakatimizdagi rangli metallurgiya tarmoqlari (mis, oltin va boshq.) va markazlari (Olmaliq, Chirchiq, Angren, Navoiy, Zarafshon va boshq.). Metallurgiya sanoati bilan bog‘liq ekologik muammolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |