Amaliy mashg‘ulot: Zomin tog‘-o‘rmon va Nurota tog‘-yong‘oqzor qo‘riqxonalarining hamda Zomin Davlat tabiat Milliy bog‘ida muhofazaga olingan o‘simlik va hayvonlar ro‘yxatini tuzish.
52-mavzu: O‘rta Zarafshon tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))
Geografik o‘rni va chegaralari. Geologik tuzilishi. Zarafshon vodiysini o‘rab turgan tog‘lar hosil bo‘lishining asosiy bosqichlari. Zarafshon vodiysining antropogen davrdagi tarixi. Zilzilalari. Foydali qazilma boyliklari. Zarafshon vodiysi va uni o‘rab turgan tog‘larning yer usti tuzilishi. Zarafshon tog‘ oraliq botig‘ining yer usti tuzilishi va relyefi.
53-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi (1 soat (A2+: 2 soat))
Iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. Iqlimiga okrugni shimol tomondan o‘rab olgan Turkiston-Nurota-Oqtog‘larning ta’siri. Issiqlik va namlikning g‘arbdan sharq tomon, pastdan yuqoriga ko‘tarilgan sari o‘zgarishi. Zarafshon daryosi va uning gidrologik xususiyatlari. Undan boshlanuvchi kanallar. Vodiyning atrofidagi tog‘lardan boshlanuvchi daryo va soylar. Yer osti suvlari va suv omborlari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Tuproqlarning eroziyaga uchrashi, jarlanish. To‘qay o‘simlik va hayvonlari. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish. Zarafshon vodiy-to‘qay davlat qo‘riqxonasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |