Amaliy mashg‘ulot:Qashqadaryo viloyati tabiiy xaritasi yordamida tabiiy geografik okrugdagi tog‘larning orografik sxemasini mustaqil ravishda tuzish.
56-mavzu: Surxondaryo tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))
Geografik o‘rni va chegaralari. Yer yuzasining geologik tuzilishi va rivojlanish bosqichlari. Zilzilalar. Qazilma boyliklari. Tog‘ tizimlari va ularga tavsif. Surxon-Sherobod botig‘i, u yerdagi tepaliklar, qumliklar, relyefning boshqa shakllari.
57-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))
Okrug O‘zbekistonning eng janubida joylashganligi, atrofini sovuq havo oqimidan to‘sib turuvchi tog‘lar tufayli quruq subtropik iqlimning vujudga kelganligi. Iqlim elementlarining xususiyatlari va hududiy tafovutlari. Afg‘on shamoli va uning vujudga kelish sabablari. Asosiy daryolari, ularning to‘yinishi va suv rejimi. Yer osti suvlari, suv omborlari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik muammolari, Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi ekologik vaziyat. Surxon qo‘riqxonasi va Denov o‘simliklar stansiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |