Amaliy mashg‘ulot: Darslik tuproq va o‘simlik xaritalaridan foydalanib Quyi Amudaryo okrugida qanday tuproq va o‘simlik turlari mavjudligini, ularning Qizilqum okrugi tuproq va o‘simliklaridan farqini aniqlash.
64-mavzu: Orol tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))
Geografik o‘rni va chegaralari. Orol va Orolbo‘yini tabiiy geografik o‘rganilish tarixi. Orol dengizi suvi sathining pasayishi hamda Orol va Orolbo‘yi muammosining yuzaga kelishi va rivojlanishi. Okrugning yer usti tuzilishi. Iqlimi. Iqlim elementlarining xususiyatlari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlari. Landshaftlari. Havoning chang-to‘zon va tuzlar bilan ifloslanishi, tuproqlarning sho‘rlanishi. Orol tabiiy geografik okrugi hududidan foydalanish istiqbollari va tabiatini muhofaza qilish muammolari.
Do'stlaringiz bilan baham: |