Amaliy mashg‘ulot: O‘zbekiston tabiiy xaritasidan foydalanib, okrugdagi qirlar, sho‘rxok, botiq va chinklarning ro‘yxatini tuzish.
67-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (1 soat (A2+: 2 soat))
Tabiiy geografik okruglarga qiyosiy-geografik tavsif berish.
68-mavzu: Umumlashtiruvchi takrorlash (1 soat (A2+: 2 soat))
Mavzularni o‘rganish uchun- 68 soat (A1+: 102 soat))
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni, chegaralari, ma’muriy-hududiy tuzilishini tushunadi va tavsiflab bera oladi. Yer yuzasi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarini, ichki suvlari, daryolarining to‘yinishi va rejimi, suv resurslaridan qishloq xo‘jaligida va sanoatda, gidroelektrostansiyalarda foydalanish ahamiyatini; tuproq, o‘simlik va hayvonot olamining balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalishini; tabiiy geografik okruglarga bo‘linishini va ularning geografik o‘rni, tabiatining muhim xususiyatlarini kuzatadi tushunadi va aytib bera oladi.
A2+ o‘z mamlakatini tuproq, o‘simlik va hayvonot olamining balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalishini tahlil qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |