Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
O‘zbekistondagi geografik ob’ektlar, joy nomlarini, foydali qazilma konlari, daryolar, ko‘llar, kanal va suv omborlarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A2+
o‘z mamlakatidagi joy nomlarini toponimini aytib bera oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
globus va tabiiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan foydalanib, O‘zbekistonning geografik o‘rni, chekka nuqtalari va ularning geografik koordinatalarini davlat chegaralarini va poytaxtlarini aniqlaydi va ko‘rsata oladi. Mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishini yozuvsiz xaritaga tushira oladi.
A2+
xaritalardan foydalanib o‘z o‘lkasining iqlimiga, suv resurslariga, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosini tavsif bera oladi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |