Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yangi sugórish texnologiyalaridan foydalanish


Download 18.52 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi18.52 Kb.
#1592534
Bog'liq
1-maqola


Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yangi sugórish texnologiyalaridan foydalanish

Omonov Uchqun




Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi global iqlim o’zgarishi sharoitida suv resurslaridan unumli foydalanib, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarilayotgan texnologiyalar haqida fikrlar bayon qilingan. Tobora kuchayib borayotgan suv taqchilligi hamda suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib borayotgani qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvdan foydalanish samaradorligini keskin oshirishni talab etmoqda.
Kalit so’zlar: suv inshootlari, suv taqchilligi, ekin maydonlari, suv xo’jaligi texnologiyalari, samaradorlik, tomchilatib sugórish,sugóriladigan yerlar.
Hammamizga ma’lumki, hozirgi kundagi butun dunyoni qurshab olayotgan muammolardan biri bu obi-hayotimizning tanqisligi, ya’ni suv tanqisligi bo’lib qolmoqda. Albatta bu taqchillik yurtimizni ham chetlab o’tmayabdi. Suv hajmining kamayishi oqibatida dunyoda va shu jumladan mamlakatimizda ham ko’plab og’ir vaziyatlarni kuzatishimiz ham mumkin. Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarining samaradorligini oshirish, sug‘oriladigan maydonlar suv bilan barqaror ta’minlanishiga erishish maqsadida ushbu sohada ko’zga ko’rinarli bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. Orol degizi, ya‘ni Amudaryo va Sirdaryo havzasida suv resurslari cheklangan bo‘lib, jami 120 mlrd. kub metrni tashkil qiladi. Shundan, O‘zbekiston Respublikasi hududida uning 10 foiz miqdori shakllanadi. Suv manbalaridan olinayotgan suv resurslarining 90 foizidan ortiq qismi qishloq xo‘jaligida foydalanilib, bu birinchi galda, aholining oziq-ovqat havfsizligini ta‘minlash maqsadida, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ishlatilmoqda. Aholi soni oshib borayotgan va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari rivojlanib borayotgan hamda suv resursi cheklangan bunday sharoitda, iqtisodiyot tarmoqlarini suv resurslariga bo‘lgan talabini qondirish uchun birinchi navbatda, barcha sohada, ayniqsa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ya’ni qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ularni sugórishda suvni iqtisod qiluvchi texnologiyalarni joriy qilishni keskin ko‘paytirish talab etiladi. So’nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo’jaligi yerlarining samaradorligini, jumladan, suvni tejaydigan texnologiyalarni qo’llagan holda, oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari zamon talablariga moslab borilayotganligi sababli suvni tejaydigan texnologiyalar 2021 yilning o‘zida 433 ming gektar maydonda joriy etildi va ularning umumiy ko‘rsatkichi sug’oriladigan yerlarning 17 foizini tashkil etdi. Biroq, suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, xarid qilish, joylarda loyihalashtirish va o‘rnatishdagi kamchiliklar hamda ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning bu boradagi ko‘nikmalari yetarli emasligi mazkur texnologiyalarning o‘z vaqtidan kechikib joriy qilinishiga sabab bo‘lmoqda. Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, mintaqada kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurlaridan yanada samarali foydalanish maqsadida:
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2022 yilda 478 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi unga ko‘ra
230 ming gektar, shu jumladan 160 ming gektar, paxta xomashyosi yetishtiriladigan maydonlarda tomchilatib sugórish;
28 ming gektar, shu jumladan, 25 ming gektar boshoqli don yetishtiriladigan maydonlarda yomg‘irlatib sug‘orish;
2 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida diskretli sug‘orish tizimlari joriy qilinishini;
218 ming gektar ekin maydonlarining lazerli uskuna yordamida tekislanishini tashkil etsin;
O’zbekistonda suv tanqisligini yanada keskinlashtirishini, qurgóqchilikning davomiyligi va davriyligi ko’payishiga olib kelishini hamda iqtisodiyotning suv resurslariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko’rsatmoqda. Keyingi 15 yil ichida aholi jon boshiga suv ta’minoti 3048 kub metrdan 1589 kub metrga qisqaradi.shu bilan birgalikda, respublikada aholi soni yiliga o’rtacha 650- 700 ming nafarga oshib, 2030 yilga borib 39 mln nafarga yetishi, ularning sifatli va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishga, ekinlarni sugórishga bo’lgan talabi ham oshib borishi mumkin, tahminan 2.7 – 3.0 mlrd kub metrgacha.
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, agar biz hozirdan suvni isrof qilmasdan undan unumli foydalansak, uni tanqisligini oldini olishimizda katta yordam beradi. Undan tashqari chet el mamlakatlaridan andoza olgan holda yurtimizda ham yangi texnika-texnologiyalarni yaratish yoki shu mavzular tog’risida start-up loyihalarini yaratish maqsadida turli xildagi tanlovlarni tashkil qilishimiz ham lozim deb o’ylaymiz!
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. BakievM.R, Kaveshnikov N, TursunovT. Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish.-Toshkent,TIMI 2011. 412bet.
2. Davronov G.T. Gidrouzellarni loyqa cho`kindilardan tozalash muammolari. O`zbekiston qishloq xo`jaligi jurnali. 2004 y. №5, 34
Internet saytlar:

  1. https://review.uz

  2. https://yuz.uz

  3. https://cyberleninka.ru

  4. https://aniq.uz

Download 18.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling