Amaliy mashg‘ulot: O‘zbekiston tabiiy xaritasidan va darslikdan foydalanib, Qizilqumdagi qoldiq tog‘lar, botiqlar va qumliklar ro‘yxatini tuzish.
62-mavzu: Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))
Geografik o‘rni va chegaralari. Amudaryoning ko‘hna (eski) va yangi delta tekisliklarining vujudga kelishi. Okrugning yer usti tuzilishi.
63-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.(1 soat (A2+: 2 soat))
Iqlimi va uning shakllanishida yer usti tuzilishining (shimolning ochiqligi tufayli sovuq havo massalarining to‘siqsiz va o‘zgarishsiz kirishligi) holati. Iqlim elementlarining xususiyatlari va ularning hududiy tarqalishi. Orol suv sathi pasayishining okrug iqlimiga ta’siri. Amudaryo, uning eski va yangi o‘zanlari, asosiy kanallari. Eng muhim ko‘llari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlari. To‘qay o‘simlik va hayvonlari. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari, havoning chang-to‘zon va tuzlar bilan ifloslanishi, tuproqlarning sho‘rlanishi. To‘qay landshaftlari va u yerdagi o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati.
Do'stlaringiz bilan baham: |