Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

1-masalaning bayoni:  О‗zbekiston davlat mustaqilligini mustahkamlashni, 
yangi jamiyat qurishni amalga oshirishni, ulkan mas‘uliyatli vazifalarni bajarishda 
ommani  safarbar  etishni  muayyan  g‗oya  va  mafkurasiz  tasavvur  etish  mumkin 
emas.  Kuchli  g‗oya    ommani,  xalqni  yangi  jamiyat  qurishga  yо‗naltiradi  va 
uyushtiradi, mafkura esa amaliy harakatga undaydi.  
Bugungi kunga kelib, jamiyatimiz taraqqiyotining tub ustuvor muammolarni 
hal etilishining ilmiy asoslarini belgilab beradigan yangi g‗oyalar va fikrlar tizimi 
ishlab chiqildi. 
Mustaqillikning  dastlabki  yillaridayoq  Prezident  I.Karimov  birinchi  bо‗lib 
mafkura masalasiga kishilar e‘tiborini tortgan edi. U Oliy Kengashning 1993 yil 6 
martdagi  о‗n  ikkinchi  sessiyasidagi  nutqida  mafkura  sohasida  bо‗shliq  vujudga 
kelganini, milliy istiqlol mafkurasi hozircha yо‗qligini, uni yaratish va hayotimizga 
tatbiq  etish  oldimizda  turgan  eng  muhim,  dolzarb  masala  ekanligini  alohida 
ta‘kidlagan edi. 
 ―Mustaqillikka  erishganimizdan  sо‗ng  biz  soxta  mafkuraning  yakka 
hokimligidan  qutuldik.  Ma‘naviyatni,  mafkurani  zulmlardan  ozod  qilib,  erkin 
fikrga, milliy tafakkurga keng yо‗l ochdik. 
Endigi  asosiy  vazifa  kishilarimizning  mustaqil  fikrlashga  о‗rganishiga, 
о‗ziga  ishonchning  orta  borishidadir.  Chunki  tafakkur  ozod  bо‗lmasa,  ong  va 
shuur, tazyiqdan, qullikdan qutulmasa, inson tо‗la ozod bо‗lmaydi‖.
1
 
Bir  sо‗z  bilan  aytganda,  Prezident  I.Karimov  о‗zining  keyingi  yillarda 
yaratgan  qator  asarlarida,  ma‘ruza  va  nutqlarida  milliy  istiqlol  g‗oyamiz  о‗z 
mohiyatiga  kо‗ra,  taraqqiyot  talablarini  о‗zida  ifoda  etadigan,  ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy  va  ma‘naviy  omillarning  undagi  о‗rni,  milliy-ma‘naviy  qadriyatlar, 
umuminsoniy  tamoyillar  kabi  ustuvor  masalalarni  qamrab  olgan  nazariy  asosni 
isbotlab berdi. 
Shuni  alohida  ta‘kidlash  kerakki,  dunyodagi  bironta  ham  xalq  va  millat 
о‗zidan  boshqa  xalqlar  va  millatlardan,  umumjahon  sivilizatsiyasidan  ajralgan 
holda, о‗zining alohida ilmi, fani, madaniyati va tarixiga ega bо‗lgan holda yashay 
olmagani  singari  uning  milliy  g‗oyalari  ham  о‗zga  xalqlar  va  millatlarning 
yutuqlaridan  ijodiy  va  tanqidiy  asosda  foydalanmay  turib  yuzaga  kelmaydi  va 
                                                                 
1
 Karimov I. О‗zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.1994 y.
 


rivojlanmaydi.  Shuning  uchun  ham  har  bir  jamiyat,  har bir  millat  va uning  milliy 
g‗oyalari  о‗z  doirasida  cheklanib  qolmay,  boshqa  millat  va  xalqlar  yutuqlaridan 
bahramand bо‗lgan holda taraqqiy etadi. Shu ma‘noda milliy istiqlol g‗oyamiz ham 
umuminsoniy qadriyatlarni о‗zida aks ettiradi.  
Yuqorida  ta‘kidlanganidek,  milliy  istiqlol  g‗oyasi  xalqimizning  yuksak 
ma‘naviyati,  an‘ana  va  udumlariga  tayanadi,  adolat,  erkinlik,  mustaqillik  bilan 
bog‗liq  tuyg‗ularni  aks  ettiradi.  Prezident  I.Karimov  ta‘rifiga  kо‗ra,  u  ―xalqning 
maqsad-murodlarini  ifodalaydi,  tarix  sinovlaridan  о‗tishda  uning  ruhini  kо‗tarib, 
suyanch va tayanch bо‗ladi, shu millat, shu jamiyat duch keladigan kо‗plab hayotiy 
va  ma‘naviy  muammolarga  javob  izlaydi.  U  insonga  faqat  moddiy  boyliklar  va 
ne‘matlar  uchun  emas,  avvalo,  Alloh  taolo  ato  etgan  aql-zakovat,  iymon-e‘tiqod 
tufayli  yuksak  ma‘naviyatga  erishish  uchun  intilib  yashash  lozimligini 
anglatadigan,  bu  murakkab  va  tahlikali  dunyoda  uning  taraqqiyot  yо‗lini 
yoritadigan mayoqdir‖.
1
 
Milliy  istiqlol  g‗oyasi  xalqning  о‗tmishi  va  kelajagini  bir-biri  bilan 
bog‗laydi,  orzu-istaklarini  amalga  oshirishga  xizmat  qiladi.  Uning  mohiyati  – 
maqsadi  asrlar  mobaynida  intilib  kelingan  va  anna  shu  uzoq  yillik  kurash  orqali 
erishilgan  mustaqillikni  asrash  va  mustahkamlashdir.  U  Vatan  ravnaqi,  yurt 
tinchligi,  xalq  farovonligini  ta‘minlashga  xizmat  qilishi  kerak.  Uning  safarbarlik 
kuchi  mamlakatning  har  bir  fuqarosi  qalbida  Vatanga  –  О‗zbekistonimizga 
muhabbat, mustaqillik g‗oyasiga sadoqat ruhida tinmay mehnat qilishda namoyon 
bо‗ladi. 
Mustaqillik  yillarida  erishilgan  yutuqlar,  mavjud  muammolarni  xolisona 
tahlil qilish, tegishli xulosa hamda saboqlar chiqarish – milliy g‗oyaning zarurligi 
va  ahamiyatining  tobora  ortib  borishini  kо‗rsatmoqda.  Mamlakatimiz  Prezidenti 
I.Karimov  milliy  istiqlol  g‗oyasi  va  mafkurasini  shakllantirish  haqida 
mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fikr yuritishi tasodifiy hol emas edi. Negaki, 
―Milliy mustaqil davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an‘ana va urf-
odatlariga  tahdid  soladigan,  uni  о‗z  ta‘siriga  olish,  uning  ustidan  hukmronlik 
qilish, uning boyliklaridan о‗z manfaati yо‗lida foydalanishga qaratilgan intilish va 
harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanish qolishi muqarrar‖.
1
 
Demak, “Milliy g„oya tarixi va nazariyasi”  fanining  zarurligi, eng avvalo, 
mamlakatimiz  mustaqilligini  mustahkamlash  uchun  zarurdir.  Uning  zarurati 
quyidagi maqsadlarni amalga oshirish bilan bog‗liq holda namoyon bо‗ladi: 

oldimizga qо‗ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga, ya‘ni ozod va obod 
Vatan, farovon hayot barpo etish; 

eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bо‗lish; 

g‗oyaviy bо‗shliq paydo bо‗lishiga yо‗l qо‗ymaslik; 

uzoq  davrlar  mobaynida  odamlar  ongida  hukmron  bо‗lgan  begona  va  yot 
g‗oyalarning yana qaytadan tiklanishiga yо‗l qо‗ymaslik; 

xalqimiz  tabiatiga  zid  bо‗lgan  о‗zga  g‗oyalardan,  ayniqsa,  yosh  avlodni 
himoya qilish; 
                                                                 
1
 Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushncha va tamoyillar. T. 2000 y. 
1
 Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushncha va tamoyillar. T. 2000 y. 



har  qanday  tajovuzkor  g‗oyalarga  qarshi  tura  oladigan,  har  tomonlama 
barkamol avlodni voyaga yetkazish; 

mustaqil davlatimizning har bir fuqarosida Vatan taqdiri uchun mas‘ullik tuyg‗usi 
bо‗lishi uchun ham zarurdir. 
Mustaqillikni  mustahkamlashda  milliy  g‗oyadan  kо‗zlangan  maqsadlarning 
keng  qamrovli  ilmiy-nazariy  va  amaliy  yо‗nalishlari  Prezident  I.Karimovning 
asarlarida, nutq va ma‘ruzalarida о‗zining aniq konseptual ifodasini topgan. 
Mustaqillikni  mustahkamlashda  milliy  g‗oyaning  zarurligi  va  uning 
ahamiyati  ham  ichki,  ham  tashqi  siyosatimiz  istiqbollari,  samaradorligi  bilan 
bog‗liq.  shu  nuqtai-nazardan  milliy  g‗oyaning  zarurligi  jamiyatimizni  taraqqiy 
topgan demokratik mamlakatlardagi kabi erkin va farovon hayot barpo etish bilan 
ham  bog‗liq.  demak,  milliy  g‗oyaning  negizidagi  muhim  ustuvor  maqsad  – 
mustaqillikni bundan keyin ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash 
bо‗lib  qolaverar  ekan,  uning  zarurligi  hech  bir  davrda  о‗z  ahamiyatini 
yо‗qotmaydi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling