Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

2-masalaning  bayoni:  Insoniyat  tarixi  –  turli    g‗oyalar,  nazariyalar, 
ta‘limotlar,  milliy  g‗oyalar  tarixi  bilan  chambarchas  bog‗lanib  ketgan.  Negaki, 
ularda  kishilarning    asriy  orzu-istaklari,  niyatlari,  maqsad-vazifalari  о‗z  ifodasini 
topib  kelgan.    Azaldan  turli  g‗oyalar,  ta‘limotlar,  milliy  g‗oyalar    muayyan  bir 
millatning,  davlatning,  xalq  va  jamiyatning    manfaatlarini  himoya  etib,  ularni 
birlashtirib,  ma‘lum  bir  maqsad  sari  yо‗naltirib  kelgan.  Uzoq  о‗tmishimizning 
qaysi bir davrini kо‗zdan kechirmaylik,  muayyan  bir g‗oya butun-butun xalqlarni, 
millatlarni birlashtirib,  ma‘lum bir maqsadlar  sari yetaklab kelganligining guvohi 
bо‗lamiz.   
Nainki  sharq  mamlakatlarida,  balki  butun  dunyo  tarixida  о‗chmas  iz 
qoldirgan  kо‗plab  allomalarimizning    boy  madaniy,  ma‘rifiy  merosiga  nazar 
tashlar  ekanmiz,  ularda  ham      ma‘lum  ma‘noda  qaysidir  g‗oyalar  ilgari 
surilganligini  teran anglab yetamiz.  
Jamiyat    taraqqiyoti      muayyan    fikrlar,  g‗oyalar,  mafkuralar  tarixidir.    Jamiyat  
taraqqiyotida  kishilarning    tevarak    olam    sirlarini  о‗rganishi,  tabiat  va  jamiyat 
qonunlarini  kashf  etishi,  tabiiy  bilimlari  va    dunyoqarashlari  juda  muhim 
ahamiyatga  ega.  Dunyoning  tuzilishini  tushuntirgan    va  unda  qanday  yashash 
lozim-ligini kо‗rsatgan   ilmiy    bilimlarning    yuzaga   kelishida    insoniyatning  eng 
ilg‗or vakillari yaratgan  dunyoviy  g‗oyalar hamisha taraqqiyot uchun xizmat qilib 
kelgan. 
Inson tafakkuriga tayangan fan taraqqiyoti olam kabi uzluksiz  va  cheksizdir. 
Bu  jarayonda  tasdiqlanmagan, eskirgan  fikrlar  yangi  ilmiy  g‗oyalar  bilan  о‗rin  
almashaveradi. Millatlar tashkil topgan davrlar-dan, milliy  g‗oya  va  mafkuralar 
eng dolzarb,  siyosiy-ijtimoiy, ma‘naviy  masala  hisoblanib,  jamiyatni  sog‗lom, 
ezgu    maqsadlar    sari    birlashtirib,    ommani    ma‘naviy    ruhiy    jihatdan  
tarbiyalashga  katta  hissa  qо‗shgan. 
Inson  kamolotini  fikrsiz  tasavvur  qilib  bо‗lmaganidek,  jamiyat  tarixini  ham 
g‗oya va mafkuralarsiz tushuntirib bо‗lmaydi.  G‗oya va mafkura, ayniqsa, milliy 
g‗oya  birdaniga  qisqa  muddatda  paydo  bо‗ladigan  hodisa  emas.  Aslida  guyo 
birdaniga  paydo  bо‗lganday  tuyulgan  g‗oya  zamirida  ham  ongning  kо‗p  asrlik 


taraqqiyoti  yotadi.  Shu  jihatdan  qaralganda  milliy  g‗oya  uzoq  jarayonlarning 
hosilasi  bо‗lib,  о‗zida  xalqning  tarixi,  dunyoqarashi,  maqsad  va  intilishlari, 
ma‘naviyatini mujassam etadi. 
Prezidentimiz   «Tafakkur»  jurnali  bosh  muharriri  bilan  bо‗lgan    suhbatda  
mafkuraga,  xususan    milliy    mafkuraga    bо‗lgan    munosabatini    konsepsiya  
sifatida    shunday  ifodalaydi:  «Odamlarning,  ming    yillar    davomida    shakllangan  
dunyoqarashi    va    mentalitetiga    asoslangan,  ayni    vaqtda    shu    xalq,    shu  
millatning      kelajagini    kо‗zlagan      va    uning    dunyodagi    о‗rnini  aniq-ravshan  
belgilab    berishga    xizmat    qiladigan,    kechagi    va  ertangi    kun    о‗rtasida  о‗ziga   
xos kо‗prik  bо‗lishga  qodir   g‗oyani  men  jamiyat  mafkurasi deb  bilaman». 
  Darhaqiqat, mafkura  о‗tmish,  bugungi   va  ertangi  kun  о‗rtasida  о‗ziga  
xos tafakkur   kо‗prigi  va  millatni  birlashtiruvchi  bayroqdir.  О‗zbekistonda   bir  
yuz  о‗ttizdan  oshiq  millat,  elat  va  etnik   guruhlar   bir  mamlakat  hududida  
yashar    ekan,    ular-ning    bir    maqsadni  kо‗zlashi,    о‗zaro    uyg‗unlikka    ega  
bо‗lishi, milliy  birlikni  vujudga  keltirish  uchun, albatta,  о‗zaro  о‗ziga  xos  bir  
milliy    mafkurasi    bо‗lishi    hayotiy  zaruriyatdir.  Shuning    uchun    ham    mafkura  
bugungi    kunimizda    kо‗p    millatli    xalqimizni    bir    davlat    miqyosida,  bir    yurt   
xalqini    bir    hududda    birlashtiruvchi    asosiy    kuch    sifatida    ham    maydonga  
kelishi  mustaqil  taraqqiyot  talabi  hisoblanadi. 
Har    bir    xalqning    tarixi    shu    xalqdan    yetishib    chiqkan    buyuk    siymolar, 
mard    qahramonlar    va    fidoyi    insonlar    tarixi    asosida    bitiladi.  Xalqimizning  
Shiroq    va    Tо‗maris,  Spitamen    va    Muqanna,  Temur    Malik    va    Jaloliddin  
Manguberdi,  Amir    Temur    va    Bobur    Mirzo    kabi    mard    farzandlari  -  buyuk  
g‗oya  sohiblaridir. 
Ming  yillar    о‗tsa    ham,  buyuk    ajdodlarimizning    matonati    qahramonligi  
xalqning    xotirasidan    о‗chmay-di.  Chunki    ular    yuksak    g‗oyalar  -  Vatan  
ozodligi,  el-yurt    baxt-saodati,  ilmu    urfon    rivoji    yо‗lida    jon    fido    qilganlar. 
Rivoyatlarga  kо‗ra,  Ahmad    Yassaviy    60    yildan    ziyod    umrini    yer    ostida  
о‗tkazganida    ham,  Najmiddin    Kubro    mо‗g‗ul    bosqinchilariga    qarshi    jang  
qilganda  ham  ulug‗vor  g‗oyalar  ularga  sabr-bardosh  va  matonat  ato  etgan. 
Jordano  Bruno jismu  jonini  egallagan  buyuk  g‗oya   tufayli  gulxan  alangasida  
ham    о‗z    e‘tiqodidan    qaytmagan,  Nasimiy,  tovonidan    sо‗ysalar    ham,  ishqi  
ilohiy  deb  jon  bergan. 
Jahon    tarixidan,    jumladan,    xalqimizning  о‗tmishidan    ham,  qaysi    sohada  
bо‗lmasin, mardlik  va  jasorat kо‗rsatish  uchun  insonga  albatta  ulug‗vor  g‗oya  
kerak  ekaniga  kо‗plab  misollar  topiladi. 
Bizga yax‘shi ma‘lumki,  insoniyat tarixi – g‗oyalar tarixidir. Insoniyat paydo 
bо‗libdiki,  odamlarning  biror  bir  maqsadlari,  orzu  –о‗ylari,  kechinmalari  , 
e‘tiqodlari  ham  ular  birga  yashab  kelgan.    Dastlab  odamlarning  ishonch-e‘tiqodi 
tabiatni  ilohiylashtirish asosida  shakllangan.  Shuning uchun eng qadimgi g‗oya 
yoki  milliy  g‗oyalar  haqida  gap  ketganda  ,  avvalo,  odamlar  jamoa  bо‗lib, 
urug‗larga bо‗linib yashagan ibtidoiy davrlarni eslash lozim.  Chunki odamlarning 
jamoa bо‗lib. ya‘ni birgalashib  yashashgani,  tabiatdagi о‗zgarishlarga birgalikda  
javob  izlashgani  ularning  muayyan  bir  milliy  g‗oyaga  birlashganidan  guvohlik 
beradi.  Bunda  ular  yashagan  hududning  о‗ziga  xos  iqlimi,  tabiiy  sharoiti  muhim 


ahamiyat  kasb  etgan.  Odamlarning  tabiat hodisalari,  fasllarning  almashinuvi,  turli 
voqealar  haqidagi  tasavvurlari,  tushunchalari  asosida    ilk  afsona  va  rivoyatlar 
paydo bо‗la boshlagan.  Masalan, eng qadimgi davrlarda bahor -  nur, ziyo; yoz -  
farovonlik va yaxshilik, ezgulik; qish, ayoz, qorong‗ulik, zulmat esa -  yomonlik va 
vayronkorlik timsoli sifatida namoyon bо‗lgan. 
 Afsona  va  rivoyatlar,  tasavvurlarga  asoslangan  bunday  tasavvurlarni  biz 
mifologik  xususiyatga  ega  bо‗lgan  g‗oyalar  deb  ataymiz.    Totemizm,  animizm, 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling