Ta‟lim texnologiyalari


monizm,  dualizm,  plyuralizm,  idealizm  va  materializm


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

monizm,  dualizm,  plyuralizm,  idealizm  va  materializm  singari  oqimlar,  ya‘ni 
milliy g‗oya shakllari paydo bо‗lgan.  
Monizm – olamning asosida bitta narsa yotadi, deb tushuntiradi. 
Dualizm  -    olam  xudo  tomonidan  yaratilgan,  lekin  uning  rivojlanishi 
о‗zining moddiy xususiyatlariga ham bog‗liq deb tushuntiradi. 
Plyuralizm  –  olam  kо‗p  narsalarning  birikishi  natijasida    vujudga  kelgani 
haqidagi qarashni ilgari suradi 
Idealizm -  olam va odamning  yaralishi, dunyoning yashashi va rivojlanish 
qonuniyatlari,  borliq  hamda  yо‗qlik  masalalarida    ruhiy  va  ilohiylik  tamoyillari 
ustuvor deb biladi va ularni mutlaqlashtiradi. 
Materializm  -    olam  va  odamni  ilohiy  kuch  yaratmagan,  ular  moddaning 
rivojlanib borishi natijasida paydo bо‗lgan, deb о‗rgatadi. 


Bundan  tashqari,,    dunyoda  shovinizm,  kosmopolitizm,  nigilizm    kabi 
g‗oyaviy  ta‘limotlar ham mavjud  
Shovinizm – XIX asrda Napoleonning  Shoven nomli lashkarboshisi boshlab 
bergan,  muayyan  shaxs,  davlat  yoki  millatni  boshqa  shaxs,  davlat  yoki  millatdan 
ustun qо‗yishga undaydigan ta‘limot. 
Kosmopolitizm -  kо‗proq  vatansizlikni yoqlaydigan ta‘limot. 
Nigilizm – an‘ana va qadriyatlarni mutlaq rad etuvchi ta‘limot.  
Bulardan tashqari bugungi kunda dunyoda islom, buddizm, xristianlik kabi 
bir  qancha  dinlar  mavjudki,  о‗z  о‗rnida  ular  ham  diniy  asosdagi  milliy  g‗oya 
shakllari hisoblanadi.  
G‗oyalar    hukmronligining    tamal    toshi    aynan    qadimiy    sivilizatsiyalar  
davrida    qо‗yilgan    edi.      Unga    binoan,    odatlar    va    taomillarga    emas,    balki  
g‗oyalar  yoki  biror  maqsadga  bо‗ysundirilgan  muayyan  tildagi  inson  xulq - 
atvorini  shakllantirish  mumkin  edi.  Lekin shu  bilan  bir  vaqtda,  qadimdanoq  
kishilar  ongini  nayrang va  aldovlar  vositasida,  yolg‗on  ideallar  bilan zaharlash   
imkoniyati  ham  paydo bо‗ldi. 
Qadimiy  sivilizatsiyalarda  ijobiy  g‗oya  va  qadriyatlar  bilan  birga,  salbiy  
xarakterdagi    mafkuralarning    ham    unib    chiqishi    uchun    zamin    bо‗ladigan  
tasavvur - tushuncha  maydonga  kela  boshlagan   edi.  Masalan,  qadimiy  Rimda  
bunday qadriyatlar  tizimini,  bir  qarashda  umuminsoniy  qadriyatlar  jumlasidan  
bо‗lgan,  vatanparvarlik  tushunchasini  belgilar  edi.  Ammo,  bu  tushuncha  Rim  
xalqining    xudo    tomonidan    alohida    tanlangani,    taqdirning    о‗zi  tomonidan  
zafarli    istilolar    va    Rim    saltanati    hududini  kengaytirish    uchun    safarbar  
qilingani  tо‗g‗risidagi  soxta  tasavvurlarga  asoslangan  edi. Soxtalik esa doimo 
yovuzlikga  yо‗l  ochadi.    Bunday    mafkuraviy    asoslar    imperiyalik    tafakkur  
tarzining  shakllanishiga  sabab  bо‗ldi. 
Boshqa    hududlarni    bosib    olishga    rag‗batlantiruvchi    ushbu    g‗oya  
keyinchalik    dunyoqarashlar    tizimida    bir    xalqning    boshqa    xalq    tomonidan  
mustamlakatchilik    asoratiga    solinishini    nafaqat  ahloqiy    jihatdan    oqlaydigan,  
balki    uni    qahramonlik    darajasiga    kо‗taradigan    buyuk    davlatchilik  
mafkurasining  rivojlanishiga  omil  bо‗ldi. 
О‗rta  asrlar  diniy   ekstremizmi,  о‗z  navbatida,  javob  reaksiyasi  tarzida - 
antagonizmga  asoslangan  turli  g‗oyalar  hamda  ateizmning  kuchayishiga  ham 
sabab  bо‗ldi.  Vaqt  о‗tishi  bilan  alohida  siyosiy  kuchlar  bunday  g‗oyalar  va  
xudoga    murosasizlikka    asoslangan    ateizmdan    ham    о‗zlarining    mafkuraviy 
maqsadlari  yо‗lida  foydalandilar. 
G‗oyalar    va    mustabid  mafkuralar    tarixida    bundan    foydalangan    sobiq  
kommunistik  ta‘limot  alohida  о‗rin  tutadi.   U  tashqi  jihatdan  adolat  idealini  
о‗zida  mujassam  etgan  olijanob  intilishlarni  asos  qilib  olgandek  kо‗rinsa-da,  
oxir - oqibatda  mustabid  jamiyatni  shakllantirish  mafkurasiga  aylanadi. 
Bolshevizm    bilan    bir    qatorda,    XX    asrning    boshida    ildizlari    sotsialistik  
g‗oyadan    suv    ichgan        mustabid        g‗oya    va    mafkuraning    boshqa    shakli  - 
fashizm (ital. Fashio - birlashma)    paydo  bо‗ldi.  Sobiq  sotsialist  B. Mussolini  
Italiyada    fashistlar    harakatning    asoschisi    bо‗ldi.    Germaniyada    milliy  
satsialistik    partiya    tuzgan      A.  Gitler    esa    fashizimning    «ma‘naviy    ota»  siga  


aylandi.  Fashizm  II  jahon  urushi  olovini  yoqdi,  50  mln.  dan  ortiq   kishining  
qirilib  ketishiga  sabab  bо‗ldi.  Bizning  mamlakat  ham  motam  libosiga  о‗raldi.  
Ikkinchi  Jahon  urushi  jabhalarida  kurashga ketgan  о‗zbekistonlik  jangchilardan  
263005  nafari  halok  bо‗ldi,  132670  kishi  dom - daraksiz  ketdi,  604552  kishi  
nogiron  bо‗ldi. 
Bolshevizm    va    fashizm    mafkuralari    о‗rtasida    kо‗plab    о‗xshash    jihatlar  
mavjud.    Ayni    paytda    jiddiy    tafovutlar    ham    kо‗zga    tashlanadi.    Asosiy  
farqlardan  biri,  bu  millat  omilining  turlicha  baholanishidir.  Agar  kommunistik  
ta‘limot,    xalqlarning    milliy  -  etnik    о‗ziga    xosliklarini    yо‗qotish,    «proletar  
baynalminalligi» shiori  bilan  maydonga  chiqqan  bо‗lsa,  fashizm  bir  hukmron  
millatning  «irqiy - etnik  sofligi» ni  mutlaqlashtirishini  targ‗ib - tashviq  etadi.  U  
irqchilikning  homiysi  hisoblanadi.   
«Rasizm»  sо‗zi  «rasa»  (irq)  atamasidan  kelib  chiqqan.  Bu  atama  XVII  
asrdan  boshlab  Yevropada  «insoniyat  nasli» ni  turli  irqiy  guruhlar, jumladan,  
«oq»,    «qora»    va    «sariq»    irqqa    ajratish    uchun    qо‗llana    boshladi.    Irqchilik  
ta‘limoti    «oq    tanli»larning    afzalligi,    ularning    azaldan    «oliy    irq»    etib  
tanlangani,    boshqa    irqlarning    esa    «oq»larga  qaraganda    nomukammal  
yaratilganligi    va    hamisha    taraqqiyotning    quyi    pog‗onalarida    turishini  
«asoslab»  beradi.  Uning  asosiy  g‗oyasi  о‗zining  «ilohiy» tabiatiga  kо‗ra  «oq»  
irqlarni  «quyi»  irqlar  ustida  xukmron qilishga  d‘avat  etishga  qaratilgan  edi.   
Irqchilik    milliy    mansubligi    va    terisining    rangiga    kо‗ra    ajralib    turuvchi  
kishilarga  taziyq   о‗tkazish, ularni xaqoratlash, urish  va  о‗ldirish  kabi  harakat - 
xodisalarda  yaqqol  namoyon   bо‗ldi. Ijtimoiy  hukmronlik  shakllaridan  birining  
mafkurasi    bо‗lar    ekan,  buyuk    davlatchilik,  ashaddiy    shovinizm,  «tanlangan» 
xalqlarning  milliy  afzalligi  g‗oyalari  bilan  chambarchas  bog‗lanib ketdi. 
Irqchilik - kо‗p  qiyofali. Masalan, о‗zini  oliy  irq  hisoblagan  ingliz, ispan, 
fransuz   bosqinchilari   о‗rta    asrlar   va   ayniqsa,  XVIII  -  XIX asrlarda   Amerika, 
Avstriya, Afrika  va  Osiyoda  yerli  xalqlarni  kо‗plab  qirib  tashladilar. Janubiy 
Afrika    Respublikasi    tomonidan    XX    asrda    uzoq    yillar    mobaynida    о‗tkazib  
kelingan  irqiy  ayirmachilik  siyosati - shafqatsiz  irqiy  tahqirlash  va  kamsitishda  
о‗z  ifodasini  topdi. 1865 yilda  AQShda  tuzilgan «Ku - kluks -klan»  terroristik  
tashkiloti  ham  о‗zining  oshkora  irqchilik  yо‗nalishidagi  faoliyat  bilan  ajralib  
turadi. Negrlarning  fuqarolik  huquqlariga  qarshi  kurash  va  ularni  mamlakatdan  
chiqarib  yuborish  uning  asosiy  g‗oyasi  hisoblanadi. 
 Inson  hayoti  uning  ongida  kechgan  fikrlar  kurashi,  jamiyat  hayoti  g‗oyalar, 
mafkuralar  kurashidan  iboratdir.    Shu  sababli  Prezidentimiz  asarlarida  «Mafkura 
bо‗lmasa  har  qaysi  davlat  va  jamiyat,  qolaversa,  har  qaysi  inson  о‗z  yо‗lini 
yо‗qotishi muqarrarligi», jamiyatda mafkuraviy, insonlar ongida fikriy bо‗shliqga 
yо‗l  qо‗yib  bо‗lmasligi  konsepsiyasining  ishlab  chiqilishi,  biz  о‗rganayotgan 
fanning  tamal  toshlaridan  biridir.  Hozirgi  zamonda  bunyodkor  va  buzg‗unchi 
g‗oyalarning  kurashi  ayon  kо‗rinib  turibdi.  Biroq  g‗oyaga  qarshi,  u  qanchalik 
yovuz  bо‗lmasin  qurol  bilan  kurashish,  faqat  yovuzlikni  tug‗diradi.  Shu  sababli 
Islom  Karimov  bayon  etgan:  «Fikrga  qarshi  fikr,  g‗oyaga  qarshi  g‗oya,  jaholatga 
qarshi  ma‘rifat  bilan  kurashish»  tamoyili  hozirgi  davrda  na  faqat  mustaqil 


mamlakatimiz,  balki  butun  jahon  xalqlarining  tinchligi,  farovonligi  mamlakatlari 
taraqqiyotida ulkan ahamiyatga ega. 
U  yoki  bu  g‗oyaning  milliy  g‗oya  sifatida  maydonga  chiqishi  millatning  
о‗tmishi,  mavjud  holati  bilan  bevosita  bog‗liqdir.  Zero,  ana  shu  ikki  negizga  
tayangan  holdagina  biror  millatning  qisqa  yoki  uzoq  vaqtda  erishishi  lozim  
bо‗lgan  maqsad-muddaolari  va  mо‗ljallarini  tо‗g‗ri  ifodalay  olishi  mumkin. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling