Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

3-masalaning bayoni: “Milliy g‗oya nazariyasi va tarixi‖ fanini fan sifatida 
о‗rganishning  sabablarini  mamlakatimiz  Prezidenti  Islom  Karimovning  quyidagi 
fikrlari  bilan  izohlash    mumkin:  «Oldimizga  qо‗ygan  olijanob  maqsad-
muddaolarimizga  yetish,  eski  mafkuraviy  asoratlardan  batamom  xalos  bо‗lish, 
g‗oyaviy  bо‗shliq  paydo  bо‗lishiga  yо‗l  qо‗ymaslik  begona  va  yot  g‗oyalarning 
xurujidan  himoyalanish,  bunday  tajovuzlarga  qarshi  tura  oladigan  har  tomonlama 
barkamol  insonlarni  voyaga  yetkazish  zarurati  xalqimiz  va  jamiyatimiz 
manfaatlariga  mos  yangi  mafkurani  shakllantirishni  taqozo  etmoqda».  Ana  shu 
hayotiy  zarurat  milliy  istiqlol  g‗oyasining  asosiy  tushuncha  va  tamoyillarini  fan 
sifatida о‗rganishni taqozo etadi.
1
 
Milliy  g‗oya  mamlakatimiz  mustaqilligini  mustahkamlash,  yurtimizda 
ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan g‗oya 
tо‗g‗risidagi yaxlit, izchil ta‘limotdir.  Bu ta‘limot о‗z tushuncha va tamoyillariga, 
tarixiy negizlariga, ilmiy, falsafiy, dunyoviy va diniy, milliy hamda umumbashariy 
ildizlariga ega muayyan tarixiy zaruriyat mujassam bо‗lgan nazariyadir.   
  Bu  fanning    asosiy  vazifasi    shu  fanga  oid  bilim  va  tushunchalarning 
barchasini  pedagogik  tamoyillar  asosida    о‗quvchi  yoshlar  ongiga  singdirib 
borishdan,    yoshlarda  mustaqil  fikrlash  kо‗nikmalarini  uyg‗otishdan,  ularda 
g‗oyaviy  immunitetni  shakllantirib,    g‗oyaviy  bо‗shliqqa  yо‗l  qо‗ymaslikdan,  bir 
sо‗z  bilan  aytganda,    о‗zi,  oilasi,  dо‗stlari,    yurti  uchun  qayg‗uradigan,  har 
tomonlama yetuk, komil inson shaxsini tarbiyalab,  voyaga yetkazishdan iboratdir.  
Kurs  о‗quv  rejasida  belgilangan  ijtimoiy  fanlar,  xususan,  tarix,  falsafa, 
ma‘naviyat asoslari, geopolitika, bilan aloqadorlikda о‗rganiladi. 
Talabalarga  mazkur  fan  bо‗yicha  mustaqil  mulohaza  qila  olishlari  va 
muayyan  mavzular  bо‗yicha  о‗z  fikrlarini  yozma  yoki  og‗zaki  ravishda  yorita 
olishlari  uchun  bir  necha  mashg‗ulot  ajratilgan.  Ushbu  darslarda  ular 
(auditoriyada) о‗qituvchi tomonidan tavsiya etiladigan tayanch iboralar yordamida 
davra  suhbati  (о‗zaro),  munozara  о‗tkazadilar  yoki  mustaqil  yozma  ish 
topshiradilar. 
Talabalar  mustaqil  ravishda  uyda,  kutubxonalarda  va  auditoriyalardan 
tashqari  hisoblangan  boshqa  joylarda  seminar  mashg‗ulotlariga  tayyorgarlik 
kо‗rishlarida,  ilmiy  ishlarini  tо‗g‗ri  yozishlarida  foydali  bо‗lgan  maslahatlar 
asosida ish mazmunini tashkil etadi. 
Dars  berish  jarayonida  oliy  о‗quv  yurtlarida  milliy  g‗oya  fanini  о‗rganish 
tajribasidan hamda  yangi innovastion pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. 
Talabalarni  baholashda  faol  ta‘limning  boshqa  usullari  bilan  bir  qatorda  muloqot, 
                                                                 
1
 Karimov I.A. «Milliy istiqlol mafkurasi xalq e‘tiqodi va buyuk kelajagiga ishonchdir» T.: «О‗zbekiston», 2000, 
36-bet. 
  


bahs,  muammoli  saboq,  programmalashtirilgan  ta‘lim  va  kompyuter  texnikasidan 
ham foydalaniladi. Jumladan, proyektor, ekran, audio-video texnika lozim bо‗ladi. 
Davlat  ta‘lim  standartida  bakalavrning  tayyorgarlik  darajasiga  quyidagi 
talablar qо‗yilgan. Zero  bugun kun bakalavri: 
-  dunyoqarashni kengaytiruvchi bilimlar tizimiga ega bо‗lishi,  gumanitar va sotsial-
iqtisodiy  fanlarning  asosini,  davlatning    hozirgi  kundagi  siyosatining  dolzarb 
masalalarini bilishi, ijtimoiy muammo va hodisalarni   mustaqil tahlil qila olishga 
qodir bо‗lishi; 
-   mamlakatiimz  tarixini  bilishi,  milliy  g‗oya  va  umumminsoniy  qadriyatlar 
masalalari bо‗yicha  о‗z nuqtai nazarini ilmiy asoslash, milliy mustaqillik g‗oyasi 
asosida  faol hayotiy nuqtai nazarga ega bо‗lishi; 
-  tabiat  va  jamiyatda  sodir  bо‗ladigan  jarayon  va  hodisalar  tо‗g‗risida  yaxlit 
tasavvurga  ega  bо‗lishi,  ulardan  hayotda  va  kasbiy  faoliyatida  ilmiy  asoslangan 
holda foydalana olishi; 
-  insonning  insonga,  jamiyatga,  atrof-muhitga  nisbatan  bо‗lgan  munasabatini 
boshqarishning huquqiy va axloqiy meyorlarini bilishi, kasbiy ish jarayonida ularni 
hisobga ola bilishi; 
-   axborotni  tо‗plash,  saqlash,  qayta  ishlash  va  uni  qо‗llash  usullarini  bilishi, 
о‗zining kasbiy ish tajribasiga  asoslangan xulosalar  chiqarishi; 
-  mustaqil  ravishda  yangi  bilimlarni  о‗zlashtirishi,  о‗z  malakasini  oshirishi  va  
mehnatini ilmga asoslangan holda tashkil qilishi; 
-   sog‗lom  hayot  kechirish  tarzining  muhimligi  tо‗g‗risida  ilmiy  tushunchalarga  va 
asoslarga,  jismoniy rivojlanish borasidagi bilim va malakalarga ega bо‗lishi; 
-   kadrlar    malakasini  oshirish  va  qayta  tayyorlash  tizimida    qо‗shimcha  kasbiy 
ta‘lim olishi kerak. 
Zero,  Prezidentimiz  I.A.  Karimov  ta‘kidlaganidek,  ―Milliy  g‗oya  deganda, 
ajdodlardan  avlodlarga  о‗tib,  asrlar  davomida  e‘zozlab  kelinayotgan,  shu  yurtda 
yashayotgan  har  bir  inson  va  butun  xalqning  qalbida  chuqur  ildiz  otib,  uning 
ma‘naviy  ehtiyoji  va  hayot  talabiga  aylanib  ketgan,  ta‘bir  joiz  bо‗lsa,  har  qaysi 
millatnng  eng  ezgu  orzu-intilishi  va  umid-maqsadlarini  о‗zimizga  tasavvur 
qiladigan  bо‗lsak,  о‗ylaymanki,  bunday  keng  ma‘noli  tushunchaninig  mazmu-
mohiyatini ifoda qilgan bо‗lamiz‖
2


Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling