Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

2-masalaning bayoni: 
Milliy  g‘oyani targ‘ib etishda  pedagogika fani talabalar 
faoliyatini  interfaol  usullar  asosida  tashkil  etishda  muayyan  imkoniyatlarga  ega. 
Bunday  usullarga  «aqliy  hujum»,  «ajurli  arra»,  «tanqidiy  fikrlash»,  «munozara» 
kabilarni  kiritish  mumkin.  Ular  yordamida  mustaqil  fikrlashga,  tadrijiylikka,  o‘z 
mavqeini  mustahkamlashga  va  o‘zgalar  fikrini  xurmatlashga  o‘rgatish  mumkin. 
Atrofimizda  ro‘y  berayotgan  voqealarning  Vatan  ravnaki,  yurt  tinchligi  va  xalq 
farovonligi masalalari bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi 


«O‘qitish  texnologiyasi»  atamasining  paydo  bo‘lishi  tasodif  emas.  Mustaqillik 
sharofati  ila  barcha  sohalarda  tub  islohatlar  amalga  oshirildi:  mamlakatimizni 
iqtisodiy  rivojlantirishning  O‘zbek  modeli  yaratildi;  kadrlar  tayyorlashning  milliy 
dasturi  ishlab  chiqildi  va  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilmoqda.  Bunday 
sharoitda  inson  faoliyatining  nazariy  va  amaliy  qirralari  ham  uzluksiz  yangilanib 
turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mexnat turi sifatida 
bundan mustasno emas.  
Bugun  davr  o‘zgardi,  ayniqsa,  zamonaviy  mutahassis  talablar  davlat  ta‘lim 
standartlari  doirasida  kuchaytirildi:  mustaqil  bilimlarni  to‘ldirish  va  yangilash 
ko‘nikmasi, izlanish olib borish, yangi echimlar topish, ijodkor shaxs bo‘lish, mu 
staqil fikr yuritish kabilar shaxs sifatlari tarkibiga kirib ulgurdi. 
Bundan  o‘qitish  jarayoniga  tegishli  qator  holatlar  kelib  chiqadi,  chunonchi, 
mustaqil  ta‘lim  salohiyati  kuchaydi,  yakka  tartibda  o‘qitishga  ehtiyoj  sezilyapti, 
uning metodologik ahamiyati oshmoqda, ijodiy tafakkurni shakllantirishga jiddiy  
e‘tibor  qaratilmoqda.  Xo‘sh,  ta‘limda  izoxli  tasvirli  yondashuv  —  an‘anaviy 
o‘qitish  texnologik  yondashuvga  o‘z  o‘rnini  bo‘shatib  berayotgani,  ya‘ni  o‘qitish 
jarayonini  texnologiyalashtirish  XXI  asrda  ustuvorlik  kasb  etayotganining  boisi 
nimada? 
Birinchidan,  an‘anaviy  o‘qitish  yozma  va  og‘zaki  so‘zlarga  tayanib  ish 
ko‘radi hamda «axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanadi. Bunda o‘qituvchi nafaqat 
talaba-yoshlarning o‘quv bilish faoliyatini boshqaruvchisiga, balki nufuzli bilimlar 
manbaiga aylanib qolayotganligi xavfli holatdir. 
Ikkinchidan,  axborotlar  hajmining  ko‘payib  borishi,  ulardan  foydalanish 
uchun  vaqtning  cheklangani  hamda  ularni  saralash  va  tizimlashtirishning 
birmuncha murakkabligi xam yangicha yondashuvlarni takozo etadi. 
Uchinchidan,  sanoat  va  boshqa  texnologiyalarning  auditoriyaga  uzluksiz 
kirib  kelishi  va  jonli  o‘quv  ob‘ektlariga  aylanishi  o‘qituvchining  an‘anaviy 
metodika doirasidan chikib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni 
qo‘llashga extiyojni tug‘dirmokda. 
SHunday  kilib,  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  ilk  bor  mamlakatimiz 
ta‘lim  tizimida  texnologiyalashtirish  muammosi  davlatning  muhim  buyurtmasi 
sifatida e‘tirof etildi: uquv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy  majmualar, ilg‘or 
pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta‘minlandi. 
Bugun «o‘qitish texnologiyasi» tushunchasi bilan bir katorda, ilmiy-metodik 
va  ommabop  adabiyotlarda  ―pedagogik  texnologiya‖,  ―ta‘limiy  texnologiya‖, 
―tarbiya  texnologiyasi‖  xatto  ―rivojlantirish  texnologiyasi‖  atamalari  keng 
qo‘llanilmoqdaki, hozirgacha ular o‘rtasidagi farqli jihatlar aniqlangani yo‘q. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling