Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

3-masalaning bayoni:
    Bugungi kunda mafkuraviy jarayonlarning yangilanib 
borishi  ,  milliy  g‘oyani  omma  ongiga  uzluksiz  singdirib  borilishi  pedagogik 
tafakkurni ham o‘zgartirmoqda. Olimlar oliy maktab o‘qitish tizimida ma‘ruzaning 
o‘rnini alohida e‘tirof etib, uning kamchiliklarini ham ko‘rsatmoqda: 

ma‘ruza  talabani  o‘zgalar  fikrini  sust  qabul  qilishga  o‘rgatib  quyadi, 
mustaqil fikrlashini bo‘g‘adi; 

ma‘ruza mustaqil shug‘ullanishga moyillikni pasaytiradi; 

ma‘ruza darsliklar yuq yoki kam bo‘lgan hollardagina kerak; 



ma‘ruza  davomida  ba‘zi  talabalar  mulohaza  yuritishga  ulgurishadi, 
biroq aksariyati matnni mexanik tarzda yozib boradi; 

 auditoriyani  boshqarish  murakkablashadi,  teskari  aloqaning  yuqligi 
uqituvchiga o‘z foaliyatini kuzatishga imkon bermaydi. 
   Pedagogik  texnologiya  mavzulari  bo‘yicha  oldindan  loyixalanib,  o‘qitish 
jarayoniga ko‘chirilsa, yakuniy natijani (talabaning o‘quv materialini kamida 55% 
o‘zlashtirishini) kafolatlash  mumkin.  SHu  bilan  birgalikda  har  qanday  pedagogik 
texnologiya  asosini  ilmiy  jihatdan  qurildgan  didaktik  jarayon  tashkil  etadi.uni 
ajratilgan  o‘quv  vaqti  doirasida  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  oliy  o‘quv  yurti 
o‘qituvchisining pedogogik mahorati darajasini belgilab beradi. 
  
Asosiy  kanal  (1)  orqali  o‘rganilayotgan  mavzu  bo‘yicha  o‘quv 
elementlarining  ro‘yxati  mazmuni  ma‘lum  vaqt  oralig‘ida  talabalarga  etkaziladi. 
Bu  jarayonda  yangi  bilimlarni  qabul  qilish,  tushulash,  o‘zlashtirish  amalga 
oshiriladi. 
 
Talabadan teskari aloqa (3) vositasi orqali tegishli aloqalar o‘qituvchiga etib 
boradi,  ya‘ni  o‘qitish  jarayoni  natijalari  to‘g‘risida  ma‘lumot  olinadi.  Bugun 
qo‘llanilayotgin  reyting  tizimi  aynan  shu  vazifani  bajarish  lozim.  O‘qituvchida 
talabalarning  o‘zlashtirish  darajasi  to‘g‘risida  aniq  ma‘lumot  bo‘lsagina,  u  o‘quv-
bilish  faoliyatini  samarali  boshqarishi,  tegishli  axborotning  mazmuniga  zaruriy 
tuzatishlar  kiritishi  mumkin.    SHu  o‘rinda  biz  ziddiyatli  holatga  e‘tibor 
qaqrtmoqchimiz:  professor-o‘qituvchilar  tortishuvlarga  sabab  bo‘layotgan  holatni 
aniqlashtirib  olish  kerak.  Talabalar  bilimigi  qaysi  uslub  yordamida  nazorat  qilish 
va baholash kerak? Yozma yoki og‘zaki so‘rov maqulmi, yo test-reyting maqulmi? 
Biroq o‘qituvchi e‘tiboridan reytingdpn ko‘zlangan maqsad – natijalar asosida o‘z 
faoliyatini  korrektsiyalash  (tuzatib  borish)  zarurati  chetda  qolib  ketyapti. 
O‘qituvchi  nima  uchun  bir  xil  sharoitda  talaba  A.  o‘quv  materiallarini  yaxshi 
o‘zlashtirayapti, degan savolga javob topishp kerak. 
SHunday  qilib,  mazkur  texnologik  jarayon  tuzilmasi  samaradorligini 
oshirish uchun: 
1)  talabalarga  etkazilayotgan  ilk  o‘quv  axborotlarining  to‘liq  mazmunini 
aniqlash; 
2)  talabalarning bilish faoliyatini samarali boshqarishni rejalashtirish va amalga 
oshirish; 
3)   ―o‘z-o‘zini  o‘qitish‖  asosida  talabaningo‘quv  materialini  o‘zlashtirish 
imkoniyatlaridan keng foydalanish; 
4)  Talabalarning o‘zlashtirish darajasini nazorat qilishni tashkil etish zarur. 
Endi  bevosita  fan  mavzulari  bo‘yicha  o‘qitish  texnologiyalarini  loyihalash 
qonunlari xususida to‘xtalamiz. 
    O‘qitish texnologiyasi (jarayn sifatida) – pedagogik muolajalar, amal va usullar 
ketma-ketligi (qat‘iy tartib shart emas) bo‘lib, yaxlit didaktik tizimni tashkil etadi, 
u pedagogik amaliyotga joriy etilishi bilan kafolatli o‘quv maqsadiga erishiladi va 
talaba  shaxsning  to‘liq  rivojlanishiga  imkon  yaratadi.  Texnologiyani  tashkil 
etadigan  muolajalar,  amal  va  usullarni  muayyan  pedagogik  natijaga  erishish 
yo‘dini batafsil yoritadigan algoritm sifatida talqin qilish yaramaydi. Ularga yaxlit 


tarzda  ta‘lmi  sub‘ektlarining  berilgan  maqsadlarga  harakatlanishini  ta‘minlovchi 
tayanch didaktik vositalar sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. 
    SHunday  qilib,  o‘qitish  texnologiyasi  deganda,  didaktik  masalalar  echimiga 
yo‘naltirilgan yoki oldindan loyihalangan pedagogik jarayonni amaliyotga rejali va 
izchil  tadbiq  etadigan  pedagogning  ketma  –ketli  o‘zaro  bog‘liq  harakatlari  tizimi 
tushuniladi.  Ta‘kidlash  joizki,  o‘qtish  texnologiyasi  nafaqat  didaktik  jarayonning 
o‘zi  sifatida,  balki  uni  pedagog  faoliyatining  loyihalash  nattijasi  sifatida  ham 
qaralishi mumkin. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling