Ta`lim tizimini isloh qilishning mohiyati. Reja: Kirish. Ta‘lim tizimini isloh qilish — zamon talabi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»


‘z ichiga oladi, bu sohada: tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘


Download 32.4 Kb.
bet2/2
Sana20.01.2023
Hajmi32.4 Kb.
#1103729
1   2
Bog'liq
referat

z ichiga oladi, bu sohada: tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari togrisidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, organish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi; oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; kadrlar tayyorlash jarayoini ilmiy-tadkikot jihatidan taominlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning soxalari boyicha axborot bazasi shakllantiriladi; mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integrasiyasi sodir boladi, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muxim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.
Uzluksiz ta'lim - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi.Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 1997 y. 29 avg .da qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi OʻzR qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida tamoyil sifatida qayd etilgan. Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy kismlaridan biri OʻzRning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxe, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxe shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlar yaratadi. Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi va maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlimni oʻz ichiga oladi.
Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari kuyidagilardan iborat: taʼlimning ustuvorligi — uning rivojlanishining 1darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, taʼlim va yuksak intellektning nufuzi; taʼlimning demokratlashuvi — taʼlim va tarbiya uslublarini tanlashda oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni boshqarishning davlatjamiyat tizimiga oʻtilishi; taʼlimning insonparvarlashuvi — inson krbiliyatlarining ochilishi va uning taʼlimga boʻlgan turlituman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrofmuhit oʻzaro munosabatlarining uygʻunlashuvi; taʼlimning ijtimoiylashuvi — taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi — taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari va urfodatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalklarining madaniyatini saklab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etishdir.
Xulosa.
Mustaqillik tufayli va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning odilona siyosati asosida millatimiz genofondini shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo’lmish jismoniy tarbiya va sport tobora milliy istiqlol mafkurasining "strategik quroli"ga aylanib bormoqda. Yaqinda, 2017 yil 10 avgustda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Nufuzli halqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O’zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag’batlantirish to’g’risida"gi qarori yurtimizda barkamol avlodning ma’nan va jismonan kamol topishiga hizmat qilmoqda.
Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim soxasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo`lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muxitini o`z ichiga oladi; fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish - kadrlarga bo`lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo`yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
2) Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo`lishini va hayot o’zgarishlariga moslanuvchanligini ta’minlaydi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko`rish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko`rsatish sohasida faoliyat ko`rsatadi va o`z bilimi va tajribasini o`rgatishda ishtirok etadi.
3) Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi: fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o`z malakasini oshirish hquqlari ro`yobga chiqarilishiga; majburiy va o’rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo`nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga; davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga; davlat ta’lim muassasalarini mablag`bilan ta’minlashga; ta’lim oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga; ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo`llab-quvvatlashga; sog`liq va rivojlanishda nuqsoni bo`lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o`z ichiga oladi, bu sohada: tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to`g`risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, o`rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi; oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; kadrlar tayyorlash jarayoini ilmiy-tadkikot jihatidan taominlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning soxalari bo`yicha axborot bazasi shakllantiriladi; mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integrasiyasi sodir bo`ladi, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muxim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.
4) Ishlab chiqarishning talab-extiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo`nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari so`radi, ta’limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u: turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo`lgan talab extiyojni shakllantiriladi; o`z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o`qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta’lim tizimiga ko`maklashadi; muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o`quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi: ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integrasiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o`quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


1.O’zbekiston Respublikаsi Prezidenti I.А.Kаrimovning “Jahon moliayviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yollari va choralari” nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llаnmа. i.f.d., prof.B.Yu.Xodiev va boshqаlаr – Т.: TDIU , 2009. – 120 б.Ilg`or pеdagogik tехnologiyalar asosida dars o`tish yo`llari. O`quv – uslubiyishlanmalar to`plami. Akadеmik S.S.G`ulomov umumiy rahbarligi ostida. − T.;TDIU 2005. 105 b.
2. O`quv jarayonida ilg`or pеdagogik va aхborot tехnologiyalarini qo`llashyo`llari. Uslubiy qo`llanma. Akadеmik S.S.G`ulomov umumiy rahbarligi ostida. −T.; TDIU 2005. 90 b.
3. Alimov R.Х., Alimov K.A., Novosardova S.A. Upravlеniе v usloviyaхinformatsionnoy tехnologii: Uchеbnoе posobiе. − T., 2004
4. Bеlov V.S. Informatsionno-analitichеskiе sistеmы: Uchеbnoе posobiе, − M.,MESI, 2004.
5. V.P.Bojko, M.S.Gasparian. G.N.Liхachеva. Primеnеniе informatsionnых
tехnologiy v ekonomikе i upravlеnii. Uchеbnoе posobiе, MESI, 2004
6. A.P.Pyatibratov, L.P.Gudыno, A.A.Kirichеnko. Vыchislitеl’nые mashinы,
sеti i tеlеkommunikatsionnые sistеmы. Uchеbnoе posobiе. − M.: MESI, 2004
7. Grеbеnyuk O. S., Rojkov M. I. Obщiе osnovы pеdagogiki: Uchеbnik. − M.:
VLADOS-PRЕSS, 2003.
8. Novosardova S.A., Gaynutdinova F.Х., Otajonov U.A. Mеtodika prеpodavaniya kursa “Informatika”: Uchеbnoе posobiе. − T.: TGEU, 2003.
Download 32.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling