Ta'lim tizimini modellashtirish texnologiyasi hamda ta'lim tizimida dasturli ta'lim
Download 85.4 Kb.
|
TA\'LIM TIZIMINI MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI HAMDA TA\'LIM TIZIMIDA DASTURLI TA\'LIM.
O'qitilayotgan borliqni markazlashtirish. Respublikamiz va xorijlik olimlar hamda mutaxassislarning bilim va tajribalarini qo’llash, zamonaviy o’quv qurollaridan foydalanish e'tiborda tutiladi. Bunda turli o’quv manbalaridan foydalanish, talabalarni axborot bilan ta'minlash, bu axborot esa o'z navbatida, butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron kutubxonalardan olingan axborotlardan foydalanish talaba va talabalar hamda ularning o’qituvchilari uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
O’qituvchiga talabni kuchaytirish. Ta'lim jarayonining standart holda jamlanishi, o’qituvchi(pedagog)larning bilim darajasini oshirish majburiyatini yuklaydi. Bu uslublar ularning ish natijasi va bilim darajasining ko'tarilishiga yordam beradi. Erkin va standartlatirilgan ta'lim berish jarayonining ta'minlanishi, uzluksiz monitoring imkoniyati, o’quv jarayonlarining to’g’ri nazorat qilinishi va boshqarilishi, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va o’quv yurtlari tomonidan o’qituvchi va talabalarning bilim saviyasining tekshirilishi (ta'lim jarayonida talaba va o’qituvchilarning harakatlarini nazorat qilish, bunga talabaning faolligi va o’qituvchi ishining unumliligi, talabalarni attestatsiyadan o'tkazish bilan bog’liq amallar ham kiradi) masofaviy ta'limda ham yo'lga qo'yilishi shart. O’qituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimlarining samaradorligini oshirishda ham bunday tadbirlar amal qiladi. O’qitish turining egiluvchanligi. qulay vaqtda shug’ullanish mumkinligi, qulay joyda va qulay tezlikda talabalarning bilim qabul qilishining turli shakllarini qo’llash mumkinligi, ular tomonidan modellashtirish va ko'rgazmali vositalarni joyida qo’llash, axborot va bilimlarni etkazishda ko'rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan unumli foydalanish ikoniyatlarining mavjudligi ta'limning ushbu shakli egiluvchanligini ifodalaydi. O’qituvchining roli va uning pedagogik imkoniyatlari. O’qituvchining talabaga nisbatan shaxsiy yondashuvining turli shakllarini qo’llash va har bir talabaning bilim darajasi va tayyorgarligini har tomonlama o'rganish sharoitining mavjudligida ko'rinadi. Talabaning bilim va tadqiqot motivlari hamda stimullarini rivojlantirish. Talabaning o’qituvchi(pedagog)ga va o'zaro muloqotida ishonchsizlik hissiyoti bilan bog’liq psixologik to'siqlarni yo'qotish, talabaning intellektual va ilmiy imkoniyatlarini hamda o'zini o'zi tarbiyalash va takomillashtirish shart-sharoitlarini kengaytirishga yordam beradi. Shuningdek, bilim oluvchilarning aqliy va jismoniy mehnati uyg’unligini ta'minlaydi. Iqtisodliligi. Bu tizim o’qitishdagi kechikishlarni kamaytirishni ta'minlaydi. O’qitish xonalaridan foydalanish, yo'l xarajatlari va taklif qilishga malakali o’qituvchi(pedagog)lar uchun ularning asosiy ish joyidan haq to'lash haratlarini kamaytiradi. Ular o'z bilimlarini masofadan o’qitish shaklida uzatishlari mumkin. Sog’ligi, ijtimoiy va moddiy ta'minlanganligidan qat'iy nazar, bilim olishning keng imkoniyatlari yaratilib, ijtimoiy tenglik yuzaga keladi. O’qitish doirasida musobaqa muhitini rasmiylashtirish. Masofadan o’qitish texnologiyasi bu – jamiyatni axborotlashtirish umumiy oqimi va yo'llari bilan jipslashgan bo'lib, masofaviy o’qitishning texnik vositalarini axborotlash-tirish tizimlari va oliy o’quv yurtlaridagi o’qitish jarayonini avtomatlashtirish tizimlari bilan zamonaviy axborotlashtirish texnologiyasi asosida birlashuvini ta'minlaydi. Masofaviy o’qitish usulidan foydalanishning kamchiligi – o’qituvchi va talaba o'rtasidagi bevosita muloqot va psixologik birlikning chegaralanganligidir. Umuman olganda, masofaviy o’qitish tizimi talabalarda ta'lim tizimidagi bo'layotgan dunyoviy o'zgarishlar, texnik vositalardan foydalanish yo'llari, uning qanchalik afzallik tomonlari va shu bilan birgalikda qanday kamchiliklari mavjudligi haqida ma'lumot beradi. Modulli o‘qitish XX asrning 60-yillarida paydo bo‘ldi va ingliz tilli mamlakatlarda tez tarqaldi. Modulli o‘qitish nazariyasida modul tushunchasi qandaydir bir tizimining aniq funksional vazifasini bajaradigan (yukini ko‘taradigan) mustaqil biror bir qismini bildiradi. Modul deganda, ma’lum o‘quv predmeti bo‘yicha aniq maqsadni ko‘zda tutib, ob’ektlarning muhim jihatlarini mantiqan tugal va mukammal holda yorituvchi o‘quv materialining didaktik birligini tushunamiz. Modulli ta’lim – bu bilimlarni nazorat qilish bilan hamohanglashgan, qandaydir mantiqiy yaxlitlik va tugallanganlikka ega o‘quv axborotidagi mantiqiy belgilangan qism. Ta’limiy modul – unga tegishli metodik materiallar bilan birgalikdagi o‘quv kursining mazmunli qismi. O‘quv moduli – har bir o‘quv topshiriqlarini bajarish vaqti, nazorat va hisobga olish usullari, o‘quv materiallari (paragraf, mavzu, bo‘lim, fan, integrallashgan kurs)ni o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatmalar. Ko‘proq oddiy va o‘ziga xos tarzda o‘quv moduli uni o‘rganishning ko‘proq oqilona shakl va metodlari bilan birgalikda odatiy o‘kuv dasturlari mavzu(bo‘lim)larini aks ettiradi. Modulli o‘qitishning mohiyati shundani iboratki, ta’lim oluvchi (talaba) o‘ziga taqdim etilgan individual o‘quv dasturi asosida mustaqil ish olib boradi. Bu o‘quv dasturida xarakatlarning rejasi, axborotlar bloki, o‘qitish natijalariga erishish bo‘yicha metodik tavsiyanomalar bo‘lishi kerak. O‘qituvchi bu sharoitda nazorat qilishi, maslahat berish, axborotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha xarakatlarni muvofiqlashtirish vazifalarini bajaradi. Modulli ta’limning o’ziga xosliklari. O‘qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil, YuNESKOning Tokiodagi Butunjahon Konferensiyasida so‘z yuritilgan edi. Modulli o‘qitish texnologiyasi funksional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogika va psixologiyalarping umumiy nazariyasidan kelib chiqadi. Bu sohalardagi izlanishlarga ko‘ra, to‘qimasi modulli tashkil topgan inson miyasi, axborotni kvant ko‘rinishda (boshqacha aytganda, ma’lum hissalar ko‘rinishida) eng yaxshi jihatdan qabul qiladi. Modulli o‘qitish, kasbiy ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatlarini yaratadi: modul - faoliyatlik asosida o‘qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlash; o‘qitishni individuallashtirish; amaliy faoliyatga o‘rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash darajasida o‘qitish samaradorligini nazorat qilish; kasbiy motivatsiya (qiziqtirish) asosida, o‘qitish jarayonini faollashtirish, mustaqillik va o‘qitish imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish. Modulli o‘qitishning hozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xil yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin: fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi va tizimli faoliyat yondashuvi. Bu yondashuvlar doirasida modul asosida mutaxassislar tayyorlashning bir qator konsepsiyalari ishlab chiqilgan. Barcha konsepsiyalar zamirida faoliyat yondashuvi yotadi va bu nuqtai nazardan, o‘qitish jarayoni to‘laligicha yoki muayyan fan doirasida, modulli ta’lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy faoliyat elementlarini o‘quvchi tomonidan ketma-ket o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Turli konsepsiyalar doirasida, modulli ta’lim dasturlari, turli xil tarkib va tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi, turli shakldagi hujjatlarda taqdim etiladi, ammo ularning barchasi quyidagi uchta asosiy tarkibiy qismni majburiy ravishda o‘z ichiga oladi: maqsadli mazmuniy dastur; turli ko‘rinishlarga taqdim etilgan axborotlar banki; o‘quvchilar uchun uslubiy ko‘rsatmalar. Download 85.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling