Ta’lim tizimini moliyalashtirish amaliyoti U. Yu. O’roqov Sh. B. Abdulazizov B. R. Amirqulov Toshkent moliya instituti
Download 121.07 Kb. Pdf ko'rish
|
jami byudjet xarajatlari
55,2 53,8 53,8 51,5 52,2 49,0 7 Образование в цифрах: 2019 : краткий статистический сборник / Н.В. Бондаренко, Л. М. Гохберг, Н. В. Ковалева и др.; Нац. исслед. ун-т “Высшая школа экономики”. – М.: НИУ ВШЭ, 2019. – 96 с hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlangan 8 Tegishli yillardagi “Fuqarolar uchun byudjet” nashrlari asosida tuzligan "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 397 tarkibidagi ulushi, foizda 1.1.1 Ta’lim xarajatlari 15980 20632 33536 29961,1 34590 46713,8 jami ijtimoiy soha xarajatlari tarkibidagi ulushi, foizda 58,7 48,1 52,8 40,4 39,9 44,4 jami byudjet xarajatlari tarkibidagi ulushi, foizda 32,4 25,9 28,4 20,8 20,9 21,7 3-jadval ma’lumotlaridan shuni guvohi bo‘lishimiz mumkinki, 2017 yilda ijtimoiy soha xarajatlari jami byudjet xarajatlarining 55,2 foizini tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021 yilda 52,2 foizni tashkil etgan. 2022 yilga kelib esa ijtimoiy sohaxarajatlari byudjet xarajatlarining 49,0 foizini tashkil etmoqda. Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan guvohi bo‘lishimiz mumkinki, davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablag‘lar hajm jihatdan o‘sishiga qaramay, jami byudjet xarajatlari tarkibida ularning ulushi 2022 yilda 2017 yilga qaraganda 6,2 foizga kamaygan. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ta’lim xarajatlari eng katta ulushga ega bo‘lib, 2017 yilda ijtimoiy soha xarajatlarining 58,7 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 44,4 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Davlat byudjeti jami xarajatlari tarkibidagi ulushi esa mos ravishda 2017 yilda 32,4 va 2021 yilda 20,9 foizni tashkil etgan holda, 2022 yilda 21,7 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Mamlakatimizda ta’lim tizimini byudjetdan moliyalashtirish hajmi 2022 yilda 2017 yilga qaraganda 2,5 barobarga ortishi rejalashtirilayotganligiga qaramay, uning jami byudjet xarajatlari tarkibidagi ulushi qariyb 11,7 foizga kamaygan. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda xususiy ta’lim muassasalarining ko‘payganligi e’tirof etish mumkin. Shuningdek, so‘nggi yillarda butun dunyo bo‘ylab o‘zining ham iqtisodiy, ham ijtimoiy zararini ko‘rsatayotgan pandemiya tufayli ko‘plab davlatlarning asosiy xarajatlari sog‘liqni saqlash sohasiga sarflanmoqda. Bunday holatni mamlakatimizda ham yuzaga kelishi hamda davlat byudjeti tarkibida davlat qarzlarini qaytarish bo‘yicha xarajatlarning ham ortishi davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ta’lim xarajatlarining ulushini past darajada qolishiga sabab bo‘lmoqda. 2019 yilda ijtimoiy xarajatlarning yarmidan ko‘pini (56,5%) ta’lim xarajatlari tashkil etdi. Ta’lim xarajatlari 33 536,1 mlrd. so‘mga (ya’ni tasdiqlangan parametrlarga nisbatan 5 141, 8 mlrd. so‘mga ortiq) ijro etildi. 2020 yilda ta’limga xarajatlarning 73 foizini umumiy ta’lim xarajatlari tashkil etdi, 16,3 foizi maktabgacha ta’limga va 10,7 foizi kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirildi. 2021 yilda ijtimoiy xarajatlarning 40 foizi ta’lim xarajatlarini tashkil qiladi. 2022 yilda avvalgi yillar kabi ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini ta’limga xarajatlar (44,4%) tashkil etishi kutilmoqda. 2022 yilda ta’limga 46,9 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2021 yilda belgilangan xarajatlarga nisbatan 7,1 trln. so‘mga ko‘proqni tashkil etadi (4-jadval). "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 398 4-jadval Ta’lim xarajatlari tarkibi (mlrd. so‘m) 9 Yillar Ta’limga ajratilgan xarajatlar Shundan: Maktabgacha ta’lim xarajatlari Umumiy o‘rta ta’lim xarajatlari Ta’limning boshqa xarajatlari 2019 33 536,1 5 314,40 19 499,60 8 722,10 2020 29 961,1 4 895,50 21 860,40 3 205,20 2021 34 590,3 6 459,20 23 802,30 4 328,80 2022 46 713,8 8 607,10 30 635,40 7 471,30 2019 yilda umumiy o‘rta ta’limga davlat byudjeti xarajatlari 2018 yilga nisbatan 55% ga o‘sdi va 19 499,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 2020 yilda umumiy o‘rta ta’limga davlat byudjeti xarajatlari 2019 yilga nisbatan 12 foizga o‘sdi va 20 736,1 mlrd so‘m miqdorida tasdiqlangan bo‘lib haqiqatda ijrosi 21 860,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2021 yilda umumiy ta’lim yo‘nalishiga Davlat byudjetidan ta’lim sohasiga ajratilgan mablag‘larning qariyb 70 foizi to‘g‘ri keladi. 2022 yilda umumiy o‘rta ta’limga xarajatlar 1,18 baravar oshiriladi. 2022 yilda o‘qituvchilarga to‘lanadigan ish haqini tabaqalashtirilgan holda oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ta’lim xarajatlari tarkibida hajm jihatdan eng katta ulushni umumta’lim muassasalarini moliyalashtirish uchun sarflangan xarajatlar tashkil etsa, keyingi o‘rinlarda mos ravishda maktabgacha ta’lim xarajatlari turadi. Umumta’lim maktablariga ajratilayotgan mablag‘lar ta’lim xarajatlaridagi ulushi 2019 yilda 58,1 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 65,6 % ni tashkil etishi rejalashtirilgan (2.7-rasmga qarang). 4-rasm. Ta’lim xarajatlari tarkibida umumiy o‘rta ta’lim xarajatlarining ulushi, foizda 10 Xalq ta’lim sohasi xarajatlari tarkibida xodimlarning ish haqi xarajatlari (yagona ijtimoiy to‘lovni hisobga olgan holda) salmoqli ulushga ega bo‘lib, 2022-yilda jami xarajatlarning 89,8 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etishi kutilmoqda. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning oylik maoshlari oshirilib borayotganligiga qaramasdan ish xaqi xarajatlarini jami xarajatlardagi ulushining kamayishi boshqa xarajatlar ulushini ortishi hisobi, aniqroq aytadigan bo‘lsak, ta’mirlash, yangi qurilish, 9 Tegishli yillardagi “Fuqarolar uchun byudjet” nashrlari asosida tuzligan 10 Tegishli yillardagi “Fuqarolar uchun byudjet” nashrlari asosida tuzligan "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 399 rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash xarajatlarini ortishi evaziga yuzaga kelgan(5- jadval). 5-jadval 2022 yilda xalq ta’limi sohasi xarajatlari tarkibiy tuzilishi 11 № Ko‘rsatkichlar Miqdori, mlrd. so‘mda Ulushi, foizda 1. Jami xarajatlar, Download 121.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling