Ta’lim tizimini moliyalashtirish amaliyoti U. Yu. O’roqov Sh. B. Abdulazizov B. R. Amirqulov Toshkent moliya instituti


Download 121.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.11.2023
Hajmi121.07 Kb.
#1776562
1   2   3   4   5
shu jumladan: 
30 635,4 
100 
2. 
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar 
27 500,10 
89,8 
3. 
Kommunal xizmatlari 
208 
0,7 
4. 
Joriy ta’mirga xarajatlar 
285,3 
0,9 
5. 
Ko‘mir sotib olish 
121,3 
0,4 
6. 
Asosiy vositalarni sotib olishga xarajatlar 
138 
0,5 
7. 
Boshqa xarajatlar 
2 382,70 
7,8 
Ish haqi va ijtimoiy to‘lovlar ulushi o‘sishi maktab ta’limini rivojlantirish 
doirasida, maktab o‘qituvchilari va direktorlarini rag‘batlantirishni takomillashtirish 
choralarining amalga oshirilishi natijasidir. Jumladan, o‘qituvchilar ish haqi sinfdan 
tashqari ish uchun 15,0%, ishda ko‘rsatgan yuqori ko‘rsatkichlari va maktab ta’lim 
jarayoni sifatini oshirishda qo‘shgan hissasi uchun 25,0% oshirildi. Barcha 
maktablarda Direktorlar jamg‘armasi tashkil etilgan. Unda o‘qituvchilarga 
rag‘batlantiruvchi to‘lovlar uchun ish haqi fondining 15,0% miqdorida qo‘shimcha 
byudjet mablag‘lari o‘tkaziladi.
Joriy ta’mirlar uchun sarf-xarajatlar salmog‘ining keskin kamayib borishi 
kuzatilyapti. Mazkur xarajatlar etishmasligi maktab binolarining jismonan eskirishi 
tezlashishiga olib keladi, kommunal xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘liq miqdorda haq 
to‘lash, o‘quv uskunalari va materiallarini ta’mirlash zaxirasini tashkil etish imkonini 
bermaydi. Umuman olganda, bu holatlar oxir-oqibat o‘quv jarayoni sifatini pasaytiradi. 
Bundan tashqari, maktabni rivojlantirish doirasida yangi barpo etilgan ta’lim 
muassasalari ko‘pligi va ularni ta’mirlash uchun qo‘shimcha mablag‘lar talab 
etilayotgani ham vaziyatni biroz qiyinlashtirmoqda. Hukumatning yangi kapital 
qurilish va yangi ta’lim muassasalarini uskunalar bilan jihozlash, pedagoglarning ish 
haqini oshirib borish, ta’lim ehtiyojlarini qondirish kabi vazifalarni bir paytning o‘zida 
hal qilishi, albatta, murakkabdir. Shu sababli, mustaqillikka erishilganidan so‘ng, 
mamlakatimizda ta’limni moliyalashtirish manbalarini tabaqalashtirishga oid chora-
tadbirlar ko‘rilyapti. Ya’ni, ta’lim muassasalari byudjet daromadlarini byudjetdan 
tashqari tushumlar - ota-onalar, ayrim shaxslar, mahalliy hamjamiyatlar, boshqa 
homiylik badallari, foydalanilmayotgan binolar, uskunalarni ijaraga berish, o‘quv 
dasturlaridan tashqari kurslar tashkil etilishidan tushadigan va boshqa daromadlar 
hisobidan to‘ldirilmoqda. Barcha oliy o‘quv yurtlarida, xususan, Xalq ta’limi vazirligi 
tasarrufidagi oliy o‘quv yurtlariga ham davlat grantlari bo‘yicha kirish uchun test 
11
Tegishli yillardagi “Fuqarolar uchun byudjet” nashrlari asosida tuzligan 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
400


sinovlarida etarlicha ball to‘play olmagan talabalar to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga 
qabul qilish shakli joriy etilgan.

Download 121.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling