Ta'lim to'G'rida


YUSUF XOS XOJIBNING "QUTADG'U BILIG ASARI ILMIY, TA'LIMIY VA AXLOQIY AHAMIYATI


Download 152 Kb.
bet13/25
Sana04.04.2023
Hajmi152 Kb.
#1329230
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
50 talik

YUSUF XOS XOJIBNING "QUTADG'U BILIG ASARI ILMIY, TA'LIMIY VA AXLOQIY AHAMIYATI
Yusuf Xos Hojib o'zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr
sharq va g'arb madaniyatining rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin Roziy, Attaftazoniy, Nosir Xisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulug'bek, Bedil, Bahmanyor ibn Marzbon kabi mutafakkir va olimlari o'z asarlarida ilm sohasidagi ta'limoti va ilmiy g'oyalarini davom ettirdilar.
Yusuf Xos Hojib ilmiy merosini o'rganish ishlari yangi davrga kelib jadal tus oldi. " Qutadg'u bilig" ning lotincha tarjimasi to'liq holda 40 marta nashr etildi. Uning ayrim qismlari nemis, ingliz va fransuz tillariga tarjima qilindi, olimning falsafiy va boshqa sohalarga oid asarlari ham jahonning bir necha tillarida nashr etildi, uning ijodiga oid qator yirik tadqiqotlar yaratildi.
Yusuf Balasog'uniy Yettisuv o'lkasidagi Kuzo'rda (Balasog'un) shahrida 1021 yilda dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy Turkiston o'lkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qo'l ostida edi. Bu sulola VI-IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari bo'lib, IX asr o'rtalaridan davlatni boshqarib keldilar. X asr boshlarida Abdulkarim Sotuq Bug'raxon (924 955) islom dinini qabul qildi va shu bilan turkiy elatlar ham uzil- kesil islom mintaqa madaniyatiga kelib qo'shildilar. X asr oxiriga kelib, Somoniylar tanazzulga yuz tutgach, Qoraxoniylar Movarounnahrni tugal egalladilar. Balasog'un ushbu ulkan mamlakatning shimolidagi poytaxti edi.
"Qutadg'u bilig" asarini 1070 yilda yozib tugatgan Yusuf o'zi haqida asar muqaddimasida shunday ma'lumot beradi: "Bu kitobni tartib beruvchi Balasog'unda tug'ilgan, sabr-qanoatli kishidir. Ammo bu kitobni Koshg'arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg'achxon dargohiga keltiribdir. Malik uni yorlaqab, ulug'lab, o'z saroyida Xos Hojiblik lavozimini beribdi. Shuning uchun Yusuf Ulug' Xos Hojib deb mashhur nomi tarqalibdi". Kitobda nomi tilga olingan xoqon Nasriddin Tavg'ach ulug' Bug'ro Qoraxon Abu Ali Hasan Xorunxon binni Arslonxon bo'lib, 1070-1103 yillar davomida Qoraxoniylar davlatini boshqargan. Asosiy qism mazmuni va mundarijasiga ko'ra "Qutadg'u bilig" dostoni mintaqa adabiyotining birinchi bosqichida yaratilgan turkiy tildagi islom ma'naviyatining badiiy-falsafiy, ijtimoiy-axloqiy qomusi deb baralla ta'riflasak arziydi. Uningdek ulug' yaxlit kitob Buxoriyning "Jome' as-sahih"idan keyin arab va fors tillarida ham yaratilmagan edi. VIII-IX asrlarda Abdulhamid Kotib, Ibn Muqaffa (720-756), Adib Ahmad Yugnakiy, Johiz (775-868) kabi yirik adiblar tomonidan asos solingan adab ilmi, Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-axloqiy falsafasi, "Shohnoma" va turk xoqonlarining yodnomalari, mintaqa xalqlarining boy man'aviy merosi bu asar mag'ziga singdirilgan. Eng asosiysi, bu kitob islom mintaqa ma'naviyatining qomusi bo'ldi. Firdavsiy "Shohnoma"si mintaqa xalqlarining o'tmish tarixini badiiy aks ettirsa, Yusuf Xos Hojib asari uning yangi davrdagi holatini badiiy tafakkur qonuniyatlari asosida mujassam etdi. Muallif o'z asarini "Shohnomayi turkiy" deb shuhrat topganini aytadi, bu qiyos shu ma'noda to'g'riki, o'tmishda mintaqa eroniy hukmdorlar - Kayoniy va Sosoniylar hukmida bo'lgan bo'lsa, Yusuf davrida Sosoniylar mulki turkiy hukmdorlar qo'liga o'tgan edi.
Balasog'undan Bag'dodgacha turkiy sulolalar hukm surar edilar. Shu sababli endi sulolalar tarixi emas, davlat boshqarish odobi muhim edi. Asarning yana boshqa shuhrat topgan nomlari "Adab ulMuluk" ("Hukmdorlar odobi") va "Oyinulmamlakat" ("Mamlakatni idora etish qoidalari") xuddi shu jihatni aks ettirar edi.
Turkiy sulolalar butun islom mintaqasida hukmronlikni o'z qo'liga olayotgan bir paytda, ijtimoiy jihatdan "Shohnoma"dan ko'ra "Qutadg'u bilig"

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling